Мавзу: Кириш
Reyting ishlanmasi
1. Har bir amaliy mashg’uloti 2 balda baholanadi. Amaliy mashg’ulotlarini to’la bajargan, ishlanmalarning to’g’ri echimini topgan talabaga ishning sifatiga qarab 1,5 — 2 ball, mashg’ulotlarini to’la bajargan, ishlanmalarini to’g’ri echgan, ammo ayrim kamchiliklarga yo’l qo’ygan bo’lsa 1 — 1,5 ball, echimlarida 2 — 3 ta kamchiliklari bo’lsa 0,5 — 1 ball qo’yiladi. 2. Talabalarga mustaqil ravishda o’rganishga tavsiya qilingan 10 ta mavzuning bar biri 1 ballik tizimda baholanadi. • Mavzu to’liq o’rganilgan, savollarga to’g’ri javoblar berilgan, tayanch tushuncha va iboralar yoritilgan, mavzu tanqidiy tahlil qilingan bo’lsa 0,8 — 1 ball beriladi. • Mavzu to’liq ochilgan, savollar yoritilgan, tayanch tushuncha va iboralarni izohlashda kamchiliklari bo’lsa 0,5 — 0,8 ball qo’yiladi. • Mavzu ochilgan, savollar umumiy yoritilgan, ayrim kamchiliklari bo’lsa 2,6 —3 ball bilan baholanadi. 3. Talabalar sessiya oralig’ida tegishli variantlardagi 10 tadan nazorat savollariga javob yozib keladilar. Har bir savol hajmi va sifatiga qarab 0,6 — 1 ball oralig’ida baholanadi. 4. Har bir talaba seminar mashg’uloti mavzulari bo’yicha 2 ballda baholanadi. 5. ON da nazorat ishi yoziladi va talaba 5 ta savolga javob yozadi. Har bir savol 3 ballda baholanadi. 6. YN yozma holda o’tkazilib, 5 tadan savol beriladi. Javoblar sifati va hajmiga qarab 1 — 3 ballik tizimda baholanadi. To’plangan ballar quyidagicha baholanadi: Qoniqarli —55 — 70 ball A’lo - 86-100 ball Yaxshi —71— 85 ball Saralash bali —55 1-Mavzu: Kirish. «Qadimgi turkiy adabiyot poetikasi» fanining maqsad va vazifalari Asosiy savollar 1. «Qadimgi turkiy adabiyot poetikasi» fanining maqsad va vazifalari. 2. Qadimgi turkiy adabiyotni davrlashtirish tamoyillari. Mavzuga oid asosiy tayanch tushunchalar: Turk atamasi, turkiylar, yozma adabiyot, og’zaki adabiyot, mif, afsona, Turon, so’g’d yozuvi, moniylik yozuvi, uyg’ur yozuvi. Mavzuga oid muammolar: 1. Ma’lumki, turkiy yozma adabiyotning shakllanishi uzoq davrlarga borib taqaladi. Nima uchun sho’rolar davrida qadimgi turkiy adabiyotni keng miqyosda o’rganish va targ’ib etishga keng yo’l berilmadi, deb o’ylaysiz? 2. Turkiy yozma adabiyotning taraqqiyotida turkiy qavmlar e’tiqod qilgan diniy oqimlar ham katta rol o’ynagani ko’rinadi. Buning sababi nimalarda deyish mumkin? 1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga turkiy adabiyot tarixini fan sifatida o’qitish orqali ularda o’z adabiyoti, madaniyati va qadriyatlari bilan faxrlanish tuyg’usini uyg’otish. Identiv o’quv maqsadlari: 1.1. Qadimgi turkiy adabiyotni fan sifatida idrok etadi. 1.2. Qadimgi turkiy adabiyot tarkibi bilan tanishadi. 1.3. Qadimgi turkiy adabiyotning manbalarini izohlaydi. 1- asosiy savolning bayoni: «Qadimgi turkiy adabiyot poetikasi» fani islomgacha bo’lgan turkiy yozma adabiyotning tarixiy taraqqiyot jarayonini o’rganadi va o’rgatadi. Turkiylar qadimiy va boy madaniyatga ega xalqlardan biridir. Ular jahon ilmu fani, san’ati va adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi, buyuk olimlarni, san’atkorlarni, yozuvchi va shoirlarni etishtirdi. Turkiylar keyinchalik mustaqil millat va xalq sifatida shakllangan o’zbek, qozoq, qirg’iz, boshqird, qoraqalpoq, turkman, uyg’ur, ozarbayjon, gagauz, usmonli turk, tatar, yoqut va boshqa xalqlarning ajdodlaridir. Shuning uchun ham qadimgi turkiylar qoldirgan ulkan madaniy va adabiy meros bu xalqlarning mushtarak yodgorligi hisoblanadi. Qadimgi turkiylar o’z tili, madaniyatiga ega bo’lishgan. Ularga aloqador dastlabki yozma manbalar 6-8 asrlarga tegishlidir. Qadimgi turkiy adabiyotning namunalari sharqda O’rxun-Enasoy obidalarida, shimoliy-g’arbda xristian dini shaklidagi yozuvlarda, janubiy-sharqda budda dinida so’g’d, uyg’ur yozuvlarida, moniylik dinida moniy va uyg’ur yozuvlarida, keyinroq islom dinida arab yozuvi bilan yozilgan. Ma’lumki, eramizdan oldingi 6-5 asrlar boshlarida O’rta Osiyoda ilk qadimiy davlatlar vujudga kelgan edi. Ularga qarshi Eron podsholarining (Kir) yurishlari qadimiy afsonalar (To’maris, Shiroq)da ham aks etgan. 6-8 asrlarda hukmronlik qilgan birinchi turk xoqonligi 630-680 yillarda inqirozga yuz tutgan. O’rxun-Enasoy yodgorliklarida buning bir qator sabablari ochib berilgan. «Qadimgi turkiy adabiyot poetikasi» fani turkiylarning eng qadimgi zamonlardan boshlab islomgacha bo’lgan davrda yaratgan badiiy adabiyotini o’z ichiga oladi. Bu badiiy ijod namunalarida ularning o’ziga xos dunyoqarashi, orzu va intilishlari aks etgan. Qadimgi turkiylar yuksak madaniyatga ega bo’lishgan. Ular dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik bilan ko’proq shug’ullanishgan. Ayniqsa, yilqichilik ular hayotida asosiy o’rin tutgan. Bu ko’pgina mifologik, folklor va tasviriy san’at asarlarida ham o’z ifodasini topgan. Savdo aloqalarining kengayishi turli tillar va yozuvlarning ham keng tarqalishiga sabab bo’lgan. Oromiy va yunon yozuvlari iste’molda edi. Oromiy yozuvidan shakllangan so’g’d va xorazmiy yozuvi ham qo’llanila boshlaydi. Bu yozuv yodgorliklari tangalar, muhrlar, kumush buyumlar va ayrim hujjatlarda aks etgan. Turkiy run yozuvining ham keng iste’molda bo’lgani O’rxun-Enasoy obidalari orqali yaxshi ma’lum. Islomdan oldin turkiylar orasida keng qo’llangan yana bir yozuv – uyg’ur yozuvidir. U 6-8 asrdan boshlab qo’llanila boshlagan. Uyg’ur yozuvi arab yozuvi bilan yonma-yon tarzda 15-asrgacha, uyg’urlar orasida esa 19-asrgacha iste’molda bo’lgan. Mazkur yozuvda bitilgan buddaviya, moniy, xristian dinlariga oid axloqiy-ta’limiy asarlar, huquqiy va moliyaviy hujjatlar saqlanib qolgan. Yüklə 0,61 Mb. Dostları ilə paylaş: |