Ishni bajarish tartibi:
1. Moniylik she’rlarida qo’llanilgan she’r san’atlari haqida ma’lumot beradi.
2. Moniylik she’rlaridagi mavjud badiiy tasvir vositalarini tasnif qiladi.
3.Moniylik she’rlarida qaysi badiiy san’atlardan kengroq foydalanilganligini aniqlaydi.
4. Moniylik she’rlarining yaratilishida badiiy tasvir vositalarining tutgan o’rniga baho beradi.
Mustaqil ish topshiriqlari:
Moniylik she’rlari badiiyatiga baho berish.
1. Moniylik she’rlaridagi badiiy tasvir vositalarining islom davri adabiyotida qo’llanilishini tahlil qiling.
2. Badiiy tafakkur taraqqiyoti she’r san’atlarining takomilida qanday rol o’ynaganiga baho bering.
Asosiy adabiyotlar:
1. O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-jild. Toshkent, Fan, 2003. B 41-44.
2.Arat R.R. Eski turk siiri. –Ankara: 1991
Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Rahmonov N. Ruhiyatdagi nur murodi. Toshkent, Xalq merosi, 2003. B.28-37.
2. Mamatqulov M. Qadimgi turkiy adabiyotda to’rtlik va marsiya. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2006. B. 44-54.
4-Mavzu: Fol kitoblari
Asosiy savollar:
Irq bitigi - qadimgi turkiy adabiyotning namunasi sifatida
Fol kitobi va turkiy mifologiya
Mavzuga oid asosiy tayanch tushunchalar:
Irq, Irq bitigi, fol, Fol kitobi, folbin, ta’bir, Ta’birnoma, ta’birchi.
Mavzuga oid muammolar:
1. Ma’lumki, bizgacha ikkita Irq bitigining namunasi etib kelgan. Ular o’rtasida o’zaro uyg’un va farq qiluvchi holatlar mavjudmi?
2. Irq bitigi qadimgi turkiy adabiyotning namunasi sifatida baholanadi. Ularda yozma adabiyotga xos qaysi jihatlar aks etgan?
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Irq bitigining paydo bo’lishini tahlil qilish orqali uning qadimgi turkiy adabiyot tarqqiyotida tutgan o’rniga baho berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Irq bitigining shakllanishi haqida ma’lumot beradi.
Irq bitigini didaktik asar sifatida tahlil qiladi.
Irq bitigini turkiy yozma adabiyot namunasi sifatida baholaydi.
Dostları ilə paylaş: |