4-amaliy mashg’ulot mavzusi: Moniylik she’riyati
Darsning maqsadi: Moniylik adabiyotining o’ziga xos she’riyati to’g’risida tushunchalar hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Moniylik she’rlarini g’oyaviy jihatdan tahlil qiladi.
2. Moniylik she’rlarida qo’llanilgan poetik obrazlarga baho beradi.
Kerakli jihozlar: Moniylik she’rlaridan namunalar hamda ilmiy-ma’rifiy manbalar.
Ishni bajarish tartibi:
1. Bizgacha etib kelgan moniylik she’rlari haqida ma’lumot bering.
2. Bu she’riyatga moniylik dinining ko’rsatgan ta’sirini izohlang.
3. «O’lim tasviri» nomli she’rni tahlil qiling.
4. «Do’zax tasviri» nomli she’rga baho bering.
5. Aprinchur tiginning she’rlari moniylik adabiyotida qanday o’ringa ega ekanligini aniqlang.
Mustaqil ish topshiriqlari:
Moniylik she’rlarini tahlil qilish.
1.Moniylik she’rlariga xos xususiyatlarni aniqlang.
2.Moniylik she’rlariga baho bering.
Asosiy adabiyotlar:
1. O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-jild. Toshkent, Fan, 2003. B 41-44.
2. Arat R.R. Eski turk siiri. –Ankara: 1991
Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Rahmonov N. Ruhiyatdagi nur murodi. Toshkent, Xalq merosi, 2003. B.28-37.
2. Mamatqulov M. Qadimgi turkiy adabiyotda to’rtlik va marsiya. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2006. B. 44-54.
5-amaliy mashg’ulot mavzusi: Moniylik she’rlari badiiyati
Darsning maqsadi: Moniylik she’rlarining yuzaga kelishida badiiy tasvir vositalarining o’rni va roli haqida tasavvur uyg’otish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Moniylik she’rlarida ma’naviy san’atlardan foydalanish mahoratiga baho beradi.
2. Moniylik she’rlarida qo’llanilgan lafziy san’atlarni tahlil qiladi.
Kerakli jihozlar: Moniylik she’riyati namunalari va she’r san’atlari haqidagi ilmiy manbalar.
Dostları ilə paylaş: |