3-amaliy mashg’ulot mavzusi: Moniylik mifologiyasi
Darsning maqsadi: Talabalarda moniylik oqimining o’ziga xos mifologiyasi haqida tasavvur uyg’otish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Moniylik mifologiyasining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi.
2. Moniylik mifologiyasi va zardushtiylik munosabati masalalariga baho beradi.
3. Moniylik oqimiga aloqador mifologik obrazlarni tahlil qiladi.
Kerakli jihozlar: «Xuastuanift» asari hamda moniylik mifologiyasiga aloqador ilmiy-ma’rifiy manbalar.
Ishni bajarish tartibi:
1. Moniylik mifologiyasining paydo bo’lishi omillari haqida ma’lumot bering.
2. Moniylik va zardushtiylik mifologiyasidagi o’xshash xususiyatlarni aniqlang.
3. Xo’rmuzd mifologik obraziga xos jihatlarga izoh bering.
4. Axriman obrazining moniylik mifologiyasidagi tasvirini o’rganing.
5. Zervan obrazini tahlil qiling.
Mustaqil ish topshiriqlari:
Moniylik mifologiyasi mohiyatini o’rganish.
Mifologiyaning moniylik oqimida tutgan o’rniga baho bering.
Moniylik mifologiyasiga xos xususiyatlarni aniqlang.
Asosiy adabiyotlar:
1. O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari (Tuzuvchilar: N.Rahmonov, H.Boltaboev). 1-jild. Toshkent, Fan, 2003. B. 31-41
2. Rahmonov N. Ruhiyatdagi nur murodi. Toshkent, Xalq merosi, 2002. B. 13-37.
Qo’shimcha adabiyot:
1. Malov S.E. Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti. M.L. Nauka, 1951. S. 95-130.
3-Mavzu: Qadimgi turkiy moniylik she’rlari badiiyati
Asosiy savollar:
1. Qadimgi turkiy adabiyot namunalarida tashbih, takrir, tashxis kabi badiiy tasvir vositalarining o’rni.
2. Moniylik she’rlarida talmih, ruju, mubolag’a va nido usulining qo’llanilishi.
Dostları ilə paylaş: |