Мавзу: Кириш



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə24/34
tarix16.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#181912
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
portal.guldu.uz-QADIMGI TURKIY ADABIYOT POETIKASI

Nazorat savollari:

1.1. Yig’i va marsiya atamalari o’rtasida farq bormi?


1.2. Marsiyaning turkiy adabiyotda paydo bo’lishi haqida nimalar bilasiz?
1.3. Bu janrga xos xususiyatlarni sanang.
1.4. Marsiyaning keyingi davrlardagi taraqqiyotida boshqa xalqlar adabiyotining ta’siri bormi?

2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:


Talabalarga to’rtlik shaklining paydo bo’lishi, taraqqiyoti haqida ma’lumot berib, uning turkiy adabiyotning ichki imkoniyatlari asosida shakllanganligiga e’tibor qaratish.


Identiv o’quv maqsadlari:


1.1. Moniylik she’rlaridagi to’rtliklarni tahlil qiladi.


1.2. Buddaviylik she’rlaridagi to’rtliklarga baho beradi.
1.3. Qadimgi turkiy adabiyotdagi mavjud to’rtliklarni islom davridagi to’rtliklar bilan qiyoslaydi.
2- asosiy savolning bayoni:
To’rtliklar Sharq adabiyotida, xususan, turkiy xalqlar adabiyotida uzoq tarixga ega bo’lib, qadimdan turkiy xalqlar she’riyatida keng qo’llanilib keladi. Hozirgi mavjud manbalarga tayangan holda aytish mumkinki, bizgacha to’rtliklarning turkiy yozma adabiyotdagi eng qadimgi namunalari Moniy va Budda muhitida yaratilgan she’rlar orqali etib kelgan. Mazkur she’rlar buddaviylik va moniylik dini g’oyalari bilan sug’orilganligi sababli g’oyaviy jihatdan keyingi davr she’rlaridan farqlanadi. Har ikkala diniy oqimdagi mavjud she’rlarni shakliy-poetik tomondan kuzatish ularda to’rtliklarning etakchi mavqega ega ekanligini tasdiqlaydi.

Tang tengri kelti, Tong tangrisi keldi,


Tang tengri ozi kelti. Tong tangrisi o’zi keldi.
Tang tengri kelti, Tong tangrisi keldi.
Tang tengri ozi kelti. Tong tangrisi o’zi keldi.
Korugme kun tengri, Ko’ringan kun tangri,
Siz bizni kuzeding. Siz bizni qo’riqlang.
Korunugme ay tengri, Ko’ringan oy tangri,
Siz bizni kurtgaring. Siz bizni qo’riqlang.

«O’lim tasviri» nomli she’r tarkibidagi to’rtlikka e’tibor qilaylik:


Tuzun bilge kishiler tirilelim,
Tengrining bitigin biz ishidelim,
To’rt ilig tengrilerke tapinalim,
To’rt ulug’ emgekde qurtulalim. (ETS, 24-bet)

Asil, bilimli kishilar to’planaylik,


Tangrining kalomini tinglaylik.
To’rt hokim tangriga sig’inaylik,
To’rt og’ir azobdan qutulaylik.

Ko’rinadiki, dastlabki bandning barcha misralari o’zaro qofiyalangan bo’lib, «tirilelim», «ishidelim», «tapinalim» va «qurtulalim» so’zlari «a-a-a-a» ko’rinishda misralar orasidagi qofiyadoshlikni yuzaga keltirgan. Bunday qofiyalanish tizimi she’rning ikkinchi, to’rtinchi, beshinchi bandlarida ham davom etadi.


Moniyni ulug’lashga bag’ishlangan madhiyadagi ohangdoshlik tovushlar takrori asosiga qurilgan. She’rning har bir to’rtligida vertikal holdagi tovushlar takrori (alliteratsiya) mavjud. Jumladan, dastlabki to’rtlik «a» tovushi asosidagi ohangdoshlikdan tarkib topgan bo’lsa, bunday xususiyat keyingi to’rtlikda ham davom etadi, ya’ni uning misralari ham «a» tovushli so’zlar bilan boshlangan:

Anuntumuz sizinge,


Asra ko’ngulin yukungeli.
Aling amti umug’ inag’,
Alqunung barcha yukunchin. (ETS, 36-bet)

Olchoq ko’ngul ila topinaylik deb


so’ng ko’ngildan egilgani.
Har kishining butun bu ta’zimlarini
endi qabul eting, ey umid, ishonchimiz

She’r davomida to’rtliklarning o’zaro qofiyalangan o’rinlari ham ko’zga tashlanadi, lekin ularning qofiyalanish tizimi birday shaklga ega emas. Qofiyalangan to’rtliklarni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:



  1. «a-b-v-b» shakldagi juft misralari qofiyalanib kelgan to’rtliklar.

  2. «a-b-a-v» ko’rinishdagi toq misralari o’zaro qofiyaga ega bo’lgan to’rtliklar.

3. «a-a-a-a» tarzida hamma misralari qofiyalangan to’rtliklar.

  1. «a-a-a-b» shaklda dastlabki uch misrasi qofiyalangan to’rtliklar.

  2. «a-b-b-b» tarzida birinchi misra ochiq holda keyingi misralari qofiyalangan to’rtliklar.

  3. «a-b-a-a» ko’rinishdagi qofiyaga ega bo’lgan to’rtliklar.

Ko’rinib turibdiki, qofiya tizimi qanday shaklga ega bo’lishidan qat’i nazar, to’rtliklarning har birida unli tovush (assonans) yoki undosh tovushlarning (alliteratsiya) vertikal holdagi takrori ko’zga tashlanadi. Ularning she’rdagi ohangdoshlikni ta’minlashga va misralarning mazmunan bog’langanligiga xizmat qilganligi shubhasizdir.
Nima uchun qadimgi turkiy moniylik she’rlarining qofiyalanishida ma’lum bir qoida yo’q, degan savol tug’iladi. Moniylik she’rlari qofiyalanish tizimining birday shaklga ega emasligi, bizningcha, ularda alliteratsiyaning etakchilik qilishi bilan izohlanadi. Aytish mumkinki, alliteratsiya moniylik she’rlarining asosiy xususiyatidir. Zero, bo’g’inlar miqdorining erkinligi, misralarning birday tovushlar bilan boshlanishi, tovushlar takrorining she’r ritmini hosil qilishdagi etakchiligi kabilar ayni alliteratsion she’rning belgilari hisoblanadi.
To’rtliklarning qadimgi turkiy adabiyotdagi namunalarini Buddaga topingan turkiylarning she’riyatida ham kuzatish mumkin:

O’ng bashlap adqang’ularqa biligler qachar,


O’kush qara ayig’ yo’llug’ urug’ug’ sachar.
O’glug kishi istim tutchi yasmaqsiz bachar,
O’seliksiz yig nirvanning qapig’in achar.

Mazkur to’rtlik «Sergaplik rangi» nomli she’r tarkibida uchraydi.


Buddaviylik she’rlari orasida «Inonch» nomli she’r ham to’rtliklar shaklida yozilganligi alohida xususiyatga ega. U besh band - 20 misradan tashkil topgan. She’rning dastlabki bandlariga e’tibor qilaylik:

Alqu qamag’ uch o’dki burqanlarqa,


Arish arig’ nirvan to’zlug iduq nomqa.
Ayag’ulug’ arya sangga quvrag’larqa,
Ayap kulep alqu o’dte inanurmen.

Burqanlarning ulushining pramanusi,


Bo’lsar neche ancha sanlig’ ulush sayu
Bo’dlar o’ze alqu o’dte burqanlarqa,
Bulidlayu tapig’ o’ze tapinurmen.
Ko’rinadiki, birinchi to’rtlikning uch misrasi o’zaro ketma-ket qofiya asosiga qurilib, to’rtinchi misra ochiq qolyapti. Ikkinchi to’rtlik misralari orasida esa qofiyalanish holati mavjud emas. Faqat to’rtinchi misradagi «tapinurmen» so’zi avvalgi bandning oxirgi misrasidagi «inanurmen» so’zi bilan ohangdoshlik hosil qilib, bandlararo qofiyalanishni yuzaga keltiryapti. Bu - bandlararo qofiyadoshlik butun she’r oxirigacha davom etadi va uni amalga oshirishda keyingi bandlarda «o’kunurnen», «o’girurmen», «ildinurmen» so’zlari xizmat qiladi. Shu jihati bilan she’r xalq og’zaki ijodi she’rlariga yaqinlashadi. O’zbek xalq og’zaki ijodidagi qofiya tizimini maxsus o’rgangan Farmon Rayhonov bunday tadrijli qofiyalanish usulini folklor xususiyatlaridan kelib chiqqan holda voqeaband qofiya deb atash lozimligini qayd etadi23. Demak, buddaviylik she’rlarining yaratilishida mualliflar qadimgi turkiy og’zaki ijod namunalari yutuqlariga tayanganlar hamda folklor an’analarini she’riyatga singdirishga harakat qilganlar. Bundan qadimgi turkiy adabiyotda janrlarning folklor adabiy tizimi mavjud bo’lgani singari shakliy-poetik xususiyatlari ham og’zaki ijod asosida shakllangan, degan fikrga kelish mumkin. Chunki bandlararo qofiyadoshlik «O’n turli niyoz usuli», «Jonlilarga foydali bo’lmoq», «Itifar», «Yaxshi tilak» kabi she’rlarda ham uchraydi.
To’rtliklar Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida ham mavjud bo’lib, mazkur to’rtliklarning ko’pchiligi xalq og’zaki ijodi namunalari hisoblanadi va ular asosan turkiy xalqlar folklorida ming yillardan beri etakchi mavqega ega bo’lib kelgan barmoq vaznida yaratilgan. «Devonu lug’otit turk» orqali etib kelgan badiiy ijod namunalarining vazni xususida olimlarning fikrlari turlichadir. Jumladan, ayrim tadqiqotchilar ularni barmoqda yaratilganligini e’tirof etishsa, ba’zilar esa aruz vazniga mansub deb hisoblashadi.
«Devonu lug’otit turk»dagi she’riy parchalarning yaratilish ildizi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. «Devon» bilan maxsus shug’ullangan olim Solih Mutallibovning fikricha, «Devon»da keltirilgan adabiy, she’riy parchalar, umuman, xalq og’zaki ijodi namunalari faqat XI asr adabiyotininggina namunasi bo’lmay, balki ayni paytda ularning katta bir qismi juda uzoq davrlar mahsulidir24. Darhaqiqat, «Devon»dagi qo’shiqlar, she’riy parchalarni maxsus o’rganish, tahlil qilish yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi.

Nazorat savollari:


2.1. Moniylik va buddaviylik she’rlaridagi to’rtliklar o’rtasida o’zaro o’xshash va farqli jihatlar mavjudmi?


2.2. Moniylik she’rlaridagi to’rtliklarga xos xususiyatlarni bilasizmi?
2.3. Qadimgi turkiy adabiyotdagi to’rtliklar islom davri to’rtliklari tarqqiyotida qanday rol o’ynagan?
2.4. To’rtlik shakli asosida qanday janrlar yuzaga kelgan?

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin