Мавзу: Кириш



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə26/34
tarix16.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#181912
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
portal.guldu.uz-QADIMGI TURKIY ADABIYOT POETIKASI

Asosiy savollar:

1.Buddaviylik oqimi taraqqiyoti va uning turkiylar hayotida tutgan o’rni.


2. Buddaviylik oqimi ta’sirida yaratilgan turkiy she’riyat.
Mavzuga oid asosiy tayanch tushunchalar:

Budda, buddaviylik, «Oltin yoruq», braxmanizm, braxman, Ku tay, Mag’astvi, Siddxartxa, to’rt oliyjanob haqiqat.


Mavzuga oid muammolar:


1. Buddaviylik oqimining asoschisi bo’lgan Siddxartxa nima uchun dabdabali hayotni tark etib, zohidlikni afzal bildi. Buning sabablari nimalarda deyish mumkin?
2. Ma’lumki, buddaviylik oqimiga o’z davrida turkiylarning ko’pchilik urug’lari ham e’tiqod qilishdi. Bu oqimning qaysi jihatlari turkiylarni o’ziga jalb qildi?


1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:

Talabalarga buddaviylik oqimining shakllanishi, taraqqiyoti va turkiylar muhitiga kirib kelishi haqida ma’lumot berish.


Identiv o’quv maqsadlari:


1.1. Buddaviylik oqimining paydo bo’lishi, mohiyati va taraqqiyoti haqida ma’lumot beradi.


1.2. Buddaviylik oqimining turkiylar hayotiga kirib kelishi sabablarini izohlaydi.
1.3. Turkiy buddaviylik adabiyotining yuzaga kelish omillarini tahlil qiladi.
1-asosiy savolning bayoni:

Buddaviylik dunyodagi yirik va keng tarqalgan dinlardan biridir. Uning vatani – Hindiston. O’rta va Markaziy Osiyoda bu dinning kirib kelishi uzoq tarixga ega. Ayniqsa, Kushon imperiyasi davrida buddaviylikning mavqei ancha baland bo’ldi.


Budda tarixiy shaxs sifatida talqin qilinadi. Tirik mavjudodlarni azob-uqubatlardan qutqarish Buddaning asosiy maqsadi bo’lgan. Uning asl ismi – Siddxartxa. Bu ismning ma’nosi «topshiriqni bajaruvchi» deganidir.
Otasi Siddxartxaning diniy ruhda tarbiya topishini istamadi. U hayotning salbiy tomonlarini o’g’lidan yashirib dabdabali hayotni muhayyo qildi. O’g’liga haqiqiy dunyoviy tarbiya berdi, chiroyli qizga uylantirdi.
Bir kuni Siddxartxa Gautama shahri bo’ylab sayr qilib yurgan edi, qartaygan bir cholni ko’rdi. Uning butun tanasiga yara toshgan, tarkidunyo qilgan, yillar davomida qaddi bukulgan edi. Shu tariqa, Siddxartxa jonli mavjudotlarning muqarrar azob chekishini bildi. Shu kechasi hech kimga bildirmay saroyni tark etdi va zohidlikda azoblarda qutqarish yo’llarini izlay boshladi. Etti yil davomida kohin braxmanlarning muqaddas kitoblarini o’qidi. «To’rt oliy janob haqiqat»ni fahmladi.
Siddxartxa Bug’u tog’i degan joyda birinchi marta va’z aytdi va aytgan va’zi Budda ta’limotiga asos bo’lib qoldi. U 40 yil davomida shahar va qishloqlar bo’ylab kezdi, o’z ta’limotini targ’ib qildi.
Afsonaga ko’ra, Budda 80 yoshida vafot etgan. U o’limi oldidan odamlarga shunday degan ekan: «Ey odamlar, hamma yaratilgan narsalar buzilishga mahkum qilingan. Kuchingiz boricha qutqarishga intiling!».
Buddaviylik o’z asosiga ko’ra braxmanizm bilan zich bog’langan. Ruhning ko’chishi braxmanizm ta’limotidir.
Buddaviylikda qayta tug’ilishga ishonch katta rol o’ynaydi. Xuddi shu g’oya Ku Tay afsonasida bor.

Nazorat savollari:


1.1. Buddaviylik oqimi qaysi davrlardan boshlab shakllana boshlagan?


1.2. Buddaviylik oqimining mohiyatini tushuntirib bera olasizmi?
1.3. Siddxartxa haqida nimalar bilasiz?
1.4. Ku Tay afsonasining mohiyati nimalardan iborat?
1.5. Mag’astvining o’zini qurbon qilishi sababini qanday izohlaysiz?

2- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:


Talabalarga buddaviylik ta’sirida yaratilgan turkiy she’riyatning shakllanishi to’g’risida ma’lumot berib, ular idrokida bu she’riyatning o’ziga xos xususiyatlari haqida tushunchalar hosil qilish.


Identiv o’quv maqsadlari:


1.1. Qadimgi turkiy buddaviylik she’rlarini yuzaga kelishi haqida so’zlaydi.


1.2. Buddaviylik she’rlarini tahlil qiladi.
1.3. Buddaviylik she’rlarining janr xususiyatlariga baho beradi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin