Kerakli jihozlar: «Oltin yoruq» dostoni va u haqidagi ilmiy manbalar.
Ishni bajarish tartibi:
1. Singku Seli Tutung haqida ma’lumot bering.
2. «Oltin yoruq» dostonini tajrima qilishdan asosiy maqsad nima ekanligini izohlang.
3. «Shahzoda va bars» afsonasini tahlil qiling.
4. «Ku tay» afsonasiga baho bering.
5. «Oltin yoruq» dostonining bugungi kundagi ahamiyati haqida gapiring.
Mustaqil ish topshiriqlari:
«Oltin yoruq» dostonidagi afsonalarni o’rganish.
Mag’astvi obraziga baho bering.
Ku tay obrazini tahlil qiling.
Asosiy adabiyotlar:
1. Rahmonov N. Ruhiyatdagi nur murodi. Toshkent, Xalq merosi, 2002. B. 81-90
2. O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-jild. Toshkent, Fan, 2003. B. 83-93.
3. Arat R.R. Eski turk siiri. –Ankara: 1991
Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Malov S.E. Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti. M.L. Nauka, 1951. S. 139-199.
2. Mamatqulov M. Qadimgi turkiy adabiyotda to’rtlik va marsiya. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2006. B. 15-20.
7-seminar mashg’uloti mavzusi: Turkiy buddaviylik she’riyati
Darsning maqsadi: Buddaviylik adabiyotining o’ziga xos she’riyati to’g’risida tushunchalar hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Buddaviylik she’rlarini g’oyaviy jihatdan tahlil qiladi.
2. Buddaviylik she’rlarida qo’llanilgan poetik obrazlarga baho beradi.
Kerakli jihozlar: Buddaviylik she’rlaridan namunalar hamda ilmiy-ma’rifiy manbalar.
Ishni bajarish tartibi:
1.Bizgacha etib kelgan buddaviylik she’rlari haqida ma’lumot bering.
2. Bu she’riyatga buddaviylik dinining ko’rsatgan ta’sirini izohlang.
3. Buddaviylik oqimi ta’siridagi she’rlarni tahlil qiling.
4. Sakkizlik shaklida yaratilgan she’rlarga baho bering.
5. Buddaviylik she’rlari qadimgi turkiy adabiyotda qanday o’ringa ega ekanligini aniqlang.
Mustaqil ish topshiriqlari:
Turkiy buddaviylik she’rlarini tahlil qilish.
1. Buddaviylik she’rlariga xos xususiyatlarni aniqlang.
2. Buddaviylik she’rlariga baho bering.
Dostları ilə paylaş: |