Nazorat savollari:
2.1. Qadimgi turkiy buddaviylik she’rlarini yuzaga kelish omillari haqida nimalar deya olasiz?
2.2. Buddaviylik adabiyoti qanaqa janrlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi?
2.3. Buddaviylik davrida yashab ijod qilgan qaysi shoirlarni bilasiz?
2.4. Buddaviylik she’riyatiga xos xususiyatlarni sanang.
8-amaliy mashg’ulot mavzusi: Buddaviylik ta’siridagi
turkiy adabiyot
Darsning maqsadi: Talabalarda turkiylarning buddaviylik adabiyoti namunalari xususida tasavvur uyg’otish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.Turkiy buddaviylik adabiyoti namunalarining yuzaga kelish omillari haqida ma’lumot beradi.
2. Budda g’oyalarining turkiy yozma adabiyot namunalarida qanday aks etganligini tahlil qiladi.
Kerakli jihozlar: Buddaviylik adabiyoti namunalari va ular haqidagi ilmiy–ma’rifiy manbalar.
Ishni bajarish tartibi:
1. Buddaviylikning turkiylar hayotida tutgan o’rni haqida so’zlang.
2. Buddaviylik oqimining turkiy yozma adabiyotga ko’rsatgan ta’siriga baho bering.
3. Qadimgi turkiy tarjima adabiyotining yuzaga kelishini tahlil qiling.
4.Buddaviylik adabiyotida qaysi janrlar imkoniyatidan kengroq foydalanilganligini aniqlang.
5. Buddaviylik adabiyoti namunalarini g’oyaviy jihatdan o’rganing.
Asosiy adabiyotlar:
1. Rahmonov N. Ruhiyatdagi nur murodi. Toshkent, Xalq merosi, 2002. B. 81-90
2. O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-jild. Toshkent, Fan, 2003. B. 83-93.
3. Arat R.R. Eski turk siiri. –Ankara: 1991
Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Malov S.E. Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti. M.L. Nauka, 1951. S. 139-199.
2. Mamatqulov M. Qadimgi turkiy adabiyotda to’rtlik va marsiya. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2006. B. 15-20.
6-seminar mashg’uloti mavzusi: «Oltin yoruq» dostoni
Darsning maqsadi: «Oltin yoruq» dostonining mohiyati haqida tushunchalar hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadalari:
1. Dostonning mohiyati haqida so’zlaydi.
2. Dostondagi afsonalarni tahlil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |