Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot


-Mavzu:Krivoship shatun mexanizmini qismlarga ajratish va yig`ish



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə34/160
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#211388
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160
Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish-hozir.org

6-Mavzu:Krivoship shatun mexanizmini qismlarga ajratish va yig`ish .
Reja:
1.Krivoship shatun mexanizmining vazifasi
2.Krivoship shatun mexanizmining tuzilishi
3.Kshmni qismlarga ajratish
Krivoship-shatunli mexanizm silindrda yonilg‘i aralashmasi yonganidan hosil bo‘lgan gaz bosimini qabul qilib porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o‘zgartirib beradi.
Krivoship-shatunli mexanizmning barcha detallari harakatlanuvchi va harakatsizlarga bo‘linadi. Harakatsiz detallari dvigatelning korpusini tashkil etib, ularga silindr, uning kallagi va karterlar kiradi. Harakatlanuvchi detallari, porshen, uning barmog‘i, shatun, tirsakli val va maxoviklardan tashkil topadi (16-rasm).
Avtomobil dvigatellarida keng tarqalgan krivoship-shatunli mexanizmi bir qatorli silindrlari vertikal joylashgan turidir (“Neksiya”, VAZ-2108, “Tiko”, “Damas”, “Matiz” avtomobillari).
Silindrlar bloki.
Dvigatelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida sodir bo‘ladi. Silindrlar bloki yaxlit bo‘lib, u o‘z navbatida karter bilan birga quyib tayyorlanadi. Silindrlar bloki dvigatelning asosi bo‘lib, uning ichki qismida krivoship-shatunli mexanizm va gaz taqsimlash mexanizmlarining detallari, shuningdek, sovitish tizimining suv g‘iloflari
va moylash tizimining moy kanalchalari joylashgan. Uning tashqi qismiga esa dvigatel mexanizmi va uning tizimlariga kiruvchi ba’zi detallari biriktirilgan bo‘ladi (16-rasm).

-Klapanqopqog’i-Klapanqopqog’iningqistirmasi

16-rasm. Dvigatelning harakatsiz detallari.

-Silindrlarblokikallagi-Silindrlarblokikallaginingqistirmasi-

17-rasm. Bir silindrli benzinli ichki yonuv dvigateli.
a) stakan ko‘rinishi; b) ko‘ndalang kesimi.
1-silindrlar kallagi; 2-silindr; 3-porshen; 4-porshen halqalari; 5-porshen barmog‘i;
6-shatun; 7-tirsakli val; 8-moxovik; 9-posangi; 10-taqsimlash vali;
11-taqsimlash valining turtkisi; 12-koromislo; 13-klapan; 14-o‘t oldirish shami.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin