Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə95/160
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#211388
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160
Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish-hozir.org

Friksion ilashish muftasi 12.1-rasmda ko’rsatilgan. Yetakchi qismga dvigatel maxovigi 3, g’ilof 1 va siquvchi disk 2, yetaklanuvchi qismga-yetaklanuvchi disk 4 tegishli. Siquvchi disk 2 g’ilof 1 bilan bikr plastinkalar 5 yoki bir boshqa o’zaro harakatchan bog’lanishga ega. Bu g’ilofdan siquvchi diskka burovchi momentni uzatishni va ilashish muftasi ajratilganda yoki ulanganda siquvchi diskni o’q bo’yicha harakatini ta’minlaydi. Bundan tashqari, friksion ilashish muftasini ulashni, ajratishni amalga oshiruvchi va ilashish muftasining yuritmasini tashkil etuvchi detallar alohini guruxni tashkil etadi.
12.1–rasm. Friksion ilashish muftasi sxemasi.

Ilashish muftasini ulash prujinalar 6 hosil qilgan kuch ta’sirida amalga oshiriladi, ajratish esa richaglar 7 ni (odatda ular 3 yoki 4 ta bo’ladi) g’ilof 1 ga mahkamlangan nuqtalariga nisbatan burganda yuqoridagi siqish kuchini yengish tufayli amalga oshiriladi. Richaglar 7 g’ilof bilan birga aylanadi, shuning uchun ularga aylanmayotgan detallardan harakatni uzatish uchun ularga aylanmayotgan detallardan harakatni uzatish uchun ezuvchi podshipnikli ajratish muftasi ishlatiladi.



Mufta vilka 9 yordamida suriladi. Ilashish muftasining mexanik yuritmasi peda 10, tortqi 12, prujina 11, vilka 9 dan iborat.
Agar pedal 10 erkin holda bo’lsa, ilashish muftasi ulangan bo’ladi (yetaklovchi va yetaklanuvchi qismlar ulangan) bo’ladi, chunki yetaklanuvchi disk 4 maxovik 3 bilan siquvchi disk 2 o’rtasida prujinalar 6 yordamida siqib qo’yilgan. Burovchi moment yetakchi qismdan yetaklanuvchi qismga yetaklanuvchi diskni maxovik bilan va siquvchi disk bilan ta’sirlashuvchi ilashish yuzalari orqali uzatiladi. Pedal 10 ga kuch ta’sir qilganda (bosilganda) ilashish muftasi ajratiladi chunki ajratish muftasi podshipnik 8 bilan o’q bo’ylab maxovik tomon harakatlanib, richaglar 7 ni buradi (harakatga keltiradi) va siquvchi disk 2 ni maxovikdan qarshi tomonga suradi va yetaklanuvchi disk 4 dan ajratadi.
Avtomobilni joyidan qo’zg’alish jarayonini ko’rib chiqamiz. Avtomobilni harakatga keltirish uchun kerak bo’lgan uzatishlar soni uzatishlar qutisi yordamida ta’minlanadi. Avtomobil joyida turgan holda uzatmani ulaganda ilashish muftasining yetaklanuvchi diski transmissiya vali orqali avtomobilning tinch turgan yetakchi g’ildiraklari bilan ulanadi. Pedal asta bo’shatilib, aylanma harakat qilayotgan maxovikni va siquvchi diskni tinch turgan yetaklanuvchi disk bilan birlashtiriladi. Yuzalarning o’zaro ishqalanuvchi kuchi hisobiga yetaklanuvchi diskka burovchi moment uzatiladi. Ishqalanish kuchi harakatga qarshilik kuchini yengish darajasiga yetganda , yetaklanuvchi disk va g’ildiraklar aylanishni boshlaydilar, avtomobil joyidan qo’zg’aladi va tezlashishni boshlaydi.Ilashish muftasi ulanish jarayonida ayrim vaqt mobaynida yetaklanuvchi diskning yuzalarida unga siqilgan maxovik va siquvchi disk yuzalariga nisbatan sezilarli miqdorda issiqlik ajralishi bilan sodir bo’ladigan sirpanish hosil bo’ladi. Bunda yetaklanuvchi diskning aylanish chastotasi ortadi, maxovikning aylanish chastotasi esa odatda kamayadi. Dvigatelni o’chib qolishini oldini olish uchun ilashish muftasi pedalini ravon bo’shatib bir vaqtning o’zida maxovikdagi momentni va uning aylanish chastotasini ko’paytirish uchun yonilg’i uzatish pedalini ravon bosish kerak. Ilashish muftasini juda sekin ulash, avtomobilni juda ravon qo’zg’alishini ta’minlaydi, lekin uzoq vaqt dozalarni o’zaro ishqalanishi oqibatida ilashish muftasini qizib ketishiga olib keladi. Bunda avtomobil juda sekin tezlashadi. Ilashish muftasini juda tez ulanganda g’ildiraklarga uzatilayotgan burovchi moment juda tez ortib ketadi, bunda avtomobil joyidan juda tez qo’zg’aladi. Bunday holda dvigatelga tushayotgan qarshilik yuklamasi oshib ketish hisobiga dvigatel o’chib qolishi mumkin. Bundan tashqari bunday holda kuch uzatmasidagi detallarga ta’sir etuvchi dinamik yuklamalar oshib ketadi. Jumladan, ilashish muftasini ishga tushirish paytida avtomobilning joyidan qo’zg’alishini ravonligi va uning tezlanishini intensivligi boshlang’ich fazada sezilarli darajada haydovchining maxoratiga bog’liq bo’ladi. Ilashish muftasining ish jarayonida uzatmalar qutisida pog’onalarni o’zgartirgandan so’ng ilashish muftasini ulash jarayonida hosil bo’ladigan yuklama va ishqalanish, avtomobilning joyidan qo’zg’alishida ilashish muftasida hosil bo’ladigan yuklama va ishqalanishdan ancha kam bo’ladi.
Ilashish muftasini ish jarayonida undan ajralib chiquvchi issiqlikni tarqatishni tezlatish maqsadida havoni aylanib turishi uchun g’ilof va karterda maxsus darchalar ishlanadi. Maxovik va siquvchi diskning massasini katta bo’lishi ham ilashish muftasini haroratini pasaytirishga yordam beradi.
Ilashish muftasini ajratish uchun yetaklanuvchi diskning har bir tomonidagi 0,8-1 mm tirqish bo’lishi kerak (siquvchi diskning surilish yo’li 1,6-2 mm). Bunga odatda pedalning 70-130 mm ga teng ishchi yo’li to’g’ri keladi. Ilashish muftasi pedalining to’la yurish yo’li (100-180 mm) ishchi yurish yo’li va erkin yurish yo’li (30-50 mm) dan tashkil topgan. Erkin yurish yo’lining to’la bajarilishi ilashish muftasini to’la ulanishini kafolatlaydi. Pedal erkin yurish yo’lining kattaligi asosan richaglar 7 va podshipnik 8 orasidagi «a» tirqish bilan aniqlanadi.
Ilashish muftalari yetaklanuvchi disklarning soniga qarab bir diskli, ikki diskli va ko’p diskli bo’lishi mumkin. Friksion ilashish muftalarini ulash uchun bitta markaziy prujina yoki bir nechta aylana bo’yicha joylashgan (periferiyniy) prujinalar, ayrim hollarda suyuqlik bosimi, magnit maydon, markazdan qochirma kuchlardan foydalanish mumkin.
Friksion ilashish muftasining yuritmasi mexanik, gidravlik, elektromagnit bo’lishi mumkin. Ko’pgina yengil va yuk avtomobillarida mexanik va gidravlik yuritmalar ishlatiladi. Elektromagnit yuritmalarni asosan yengil avtomobillarda ilashish muftasini boshqarishni avtomatlashtirishda qo’llaniladi. Ilashish muftasini boshqarishni osonlashtirish uchun mexanik (servoprujinalar) pnevmatik yoki vakuumli kuchaytirgichlardan foydalaniladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin