19-Mavzu:Ilashish muftasi. Reja: 1.Ilashish muftasining vazifasi va turlari.
2.Ilashish muftasining tuzilishi. Ilashish muftasi yuritmasidagi kuchaytirgichlarning tuzilishi va ishlashi.
1.Ilashish muftasining vazifasi va turlari.
Vazifasi. Ilashish muftasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Dvigatel tirsakli valini uzatmalar qutisidan vaqtincha ajratish va ravon ulash.
dvigatelni to’xtatmay turib avtomobilni to’xtatish imkonini beradi.
Keskin tormozlanish jarayonida kuch uzatmasi detallarning ortiqcha yuklanishidan saqlaydi va ularning xizmat muddatini uzaytiradi.
Ilashish muftasi yetaklovchi va yetaklanuvchi qismlardan tashkil topgan:
Yetaklovchi qismga tirsakli val bilan bog’langan (doimo aylanuvchi) detallar kiradi.
Yetaklanuvchi qismga ilashish muftasi dvigatel va kuch uzatmasi o’zaro ajratilganda yetaklovchi qismdan ajraladigan detallar kiradi.
Turlari: Yetakchi va yetaklanuvchi qismlar orasidagi bog’lanish tasnifiga asosan ilashish muftalarini friksion, gidravlik va elektromagnit (kukunli) turlarga ajratiladi. Eng ko’p tarqalgan-bu friksion ilashish muftalaridir. Ularda burovchi moment yetakchi qismdan yetaklanuvchi qismga, shu qismlarning ta’sirlashish yuzalaridagi ilashish kuchi yordamida uzatiladi. Gidravlik (gidromufta) ilashish muftalarida yetakchi va yetaklanuvchi qismlar bog’lanish, shu qismlar orasida harakatlanayotgan suyuqlik oqimining bosimi bilan amalga oshiriladi, elektromagnit ilashish muftalarida esa magnit maydon yordamida amalga oshiriladi.
Burovchi moment ilashish muftasi orqali o’zgarmas holda uzatiladi-yetakchi qismdagi moment M1 yetaklanuvchi qismdagi moment M2 ga teng.