2.Ilashish muftasining tuzilishi. Ilashish muftasi yuritmasidagi kuchaytirgichlarning tuzilishi va ishlashi.
Bir diskli ilashish muftalari avtomobillarda keng tarqalgan. Dvigatel maxovigi 1 ga (12.3-rasm) boltlar yordamida ilashish muftasining po’latdan shtamplangan g’ilofi biriktirilgan. Cho’yan siquvchi disk 2 g’ilofdan siquvchi diskka aylanma harakatni uzatuvchi to’rt juft prujinali plastin 4 lar yordamida g’ilofga biriktirilgan. g’ilof va siquvchi disk orasida prujina 5 lar o’rnatilgan. har bir prujina g’ilof va siquvchi diskda ishlangan bo’rtiqlar bilan markazlashtirilgan. Prujina va siquvchi disk orasida issiqdan himoyalovchi shaybalar o’rnatilgan.
12.3.-rasm. Bir diskli friksion ilashish muftasi
To’rt dona ilashish muftasini ajratish richaglari 9 ignasimon podshipnikli o’qlar bilan birga siquvchi disk va vilka 11 bilan birlashtirilgan. g’ilofda vilkalarning tayanchi bo’lib vilkalarga siquvchi diskni surishda tebranma harakat qilishga yo’l qo’yadigan sferik gaykalar xizmat qiladi. Ilashish muftasini yig’ishda bu gaykalar bilan ajratish richaglarining xolati rostlanadi.
Ajratish muftasi foydalanish jarayonida to’ldirilmaydigan, moylash materialining doimiy zaxirasiga ega tayanch podshipnik 7 bilan ta’minlangan. Vilka 8 karter 10 da vtulkalarda aylanadi.
Burovchi tebranishlarni prujina-friksion so’ndirgichi (dempfer) ilashish muftasining yetaklanuvchi diski 6 da o’rnatilgan. Ingichka po’lat disk 6 ning 2 tomonidan metall asbest kompozitsiyalardan iskanjalangan friksion nakladka 18 yopishtirilgan. Disk uzatmalar qutisining yetakchi vali 13 da, o’rnatilgan gupchak 12 bilan burovchi tebranishlarni so’ndirgichning 8 ta prujinasi 14 bilan bog’langan. Prujinalar disklar 15, 20 va gupchakning o’zaro moslashtirilgan darajalarida oldindan siqilgan holatda joylashtirilgan. Disklar 15 va 20 moy qaytargichlar 17, 19 bilan birga gupchagning ikkala tomonidan parchinlar 16 bilan qotirilgan va disk 6 ga qotirilgan suxar 21 ga siqilgan.
Burovchi tebranishlarni so’ndirgich dvigatelning burovchi momentining tebranishi natijasida hosil bo’ladigan burovchi momentlardan transmissiyani himoya qiladi. Burovchi momentning tebranishlarida so’ndirgich prujinalari diskka gupchakka nisbatan o’zaro surilishga imkonberadi. Ular burovchi moment ortganda siqiladi va kamayganda cho’ziladi. Bunda disklar 15, 20 larning suxar 21 ga ishqalanishi ro’y beradi va burovchi tebranishlar energiyasi issiqlikka aylanadi. Umuman olganda burovchi tebranishlarni sundirgich transmissiya, ayniqsa tishli g’ildiraklar va kardanning umrini uzaytiradi. Bundan tashqari, u ilashish muftasining ravon ishga tushishini oshiradi.
Bir diskli ilashish muftasida, 12.4,a-rasmda ko’rsatilgan, markaziy diafragmali prujina 7 qo’llanilgan. Erkin xolatda u uning ichki chetlaridan ketadigan radial qirqimli kesik konus ko’rinishiga ega. Diafragma prujina 7 parchinlar 8 va 2 tayanch uzuk 1, 11 yordamida ilashish muftasi g’ilofi 6 ga qotirilgan. Bunda siquvchi disk 5 bilan ta’sirlashayotgan diafragma prujinaning tashqi cheti prujinadan disk 5 ga kuch uzatadi.
Pedalga bosilganda podshipnik 10 frikg’ion uzukka 9 tayanadi, tayanch flanets 3 ni prujinaning ichki chetiga siqadi va uni maxovik 4 tomonga suradi. Prujina qarama-qarshi tomonga buklanadi, uning tashqi cheti fiksatorlar 12 bilan siquvchi disk 5 ni yetakchi disk 2 dan ajratadi va ilashish muftasi ajraladi.
2 diskli ilashish muftasi (12.4,b-rasm) quyidagi detallarga ega: yetakchi qism maxovik 4, o’rta yetakchi disk 13, siquvchi disk 5 va g’ilof 6 yetaklanuvchi qism-burovchi tebranishlarni so’ndirgichlar bilan 2 ta yetaklanuvchi disk. Disklarni siquvchi kuch siquvchi prujinalar 14 bilan hosil qilinadi. Moment dvigateldan ilashish muftasini ishga tushirish va o’chirishda maxovikka nisbatan o’q bo’yicha suriluvchi, disklar 13 va 5 ning bo’rtiqlari kirib turuvchi maxovikdagi 4 ta paz yordamida uzatiladi.
12.4-rasm. Bir va ikki diskli ilashish muftasi.
O’rta yetakchi disk 13 da richag mexanizmi 15 o’rnatilgan. Uning prujinasi ilashish muftasi o’chirilishida Z simon richagni buradi, richag esa maxovik 4 va siquvchi disk 5 ga tayanib, o’rta yetakchi disk 13 ni maxovik va siquvchi diskdan bir xil masofada turishini ta’minlaydi. O’chirish richaglari 16 ilashish muftasini o’chirish muftasi podshipniki 10 ning tashqi oboymasi ilashish muftasi o’chirilishida tayanadigan tayanch uzuk 9 bilan biriktirilgan.
Ilashish muftasini asosiy aylanuvchi detallari statik balansga keltiriladi. Bundan tashqari, ilashish muftasini dvigatelning maxovigi va tirsakli vali bilan yig’ilganda balanslashtiriladi. Balans aniqligi ilashish muftasini o’lchamlari va dvigaiyelning tezligiga bog’liq. Siquvchi diskni g’ilof bilan jamlanmasini uning babishkalaridan metalni o’yib olib balanslashtiriladi, yetakchi diskka esa balanslovchi plastinalar 22 o’rnatiladi (12.3-rasm). Maxovikdan ilashish muftasini yechishda ularning o’zaro jamlangan xoldagi balansini buzmaslik uchun ularning o’zaro joylashishini belgilab olishi kerak.
Ilashish muftasining mexanik yuritmasi odatda pedal ilashish muftasiga yaqin joylashganda qo’llaniladi. Ilashish muftasini o’chirish vilkasi vali 7 da biriktirilgan richag 6 pedal 1 richagi 2 bilan tortqi vositasida birlashtirilgan. Vilka tayanch podshipnik 8 li muftana ta’sir ko’rsatadi. Ilashish muftasi ishlayotgan paytda o’chirish richaglarining uzugi 9 va podshipnik orasida a tirqish mavjud bo’ladi. Mexanik kuchaytirgichning servoprujinasi 10 pedal kabina poliga yoki yurishni chenaralagichga tayanganda yuritma detallarini boshlang’ich xolatda ushlab turadi. Pedal harakatining boshida servoprujina uning surilishiga to’sqinlik qiladi. Servoprujina o’qi pedal o’qidan pastlashib qolganda, servoprujina ilashish muftasini o’chirishga harakat qiladi. Servoprujina pedaldagi eng katta kuchni 20-40% ga kamaytiradi.
12.5-rasm. Ilashishmuftasigidravlikyuritmasi
Ilashish muftasining gidravlik yuritmasi bosh silindr 3 (12.5-rasm), bajaruvchi silindr 10 va ularni tutashtiruvchi quvur 11 dagi suyuqlik vositasida pedaldan ilashish muftasini o’chirish vilkasiga kuch uzatadi. Bosh silindr bo’shlig’i o’tkazuvchi A va kompensatsion B teshiklar orqali bachok 5 bilan munosabatda bo’ladi.
Ilashish muftasi 1 ga bosilganda bosh silindr porsheni 4 o’ngdan chapga suriladi va kompensatsion teshik B yopilgandan so’ng suyuqlikning quvur orqali bajaruvchi silindrga siqib chiqaradi. silindr porsheni 7 shtok 8 orqali ilashish muftasini o’chirish vilkasi 9 ni buraydi. Pedalda hosil qilingan kuch bosh silindrda suyuqlik bosimiga aylanadi va suyuqlik orqali ilashish muftasini ajratish vilkasiga uzatiladi.
Pedal qo’yib yuborilganda detallar boshlang’ich holatga qaytadi. Ilashish muftasi ishga tushadi va silindr va quvurlardagi suyuqlik bosimi atmosfera bosimiga tenglashguncha kamayadi.
Pedal tez qo’yib yuborilganda, agar suyuqlik quvurdan kelib porshen 4 dan chapda joylashgan bo’shliqni to’ldirishga ulgurmasa bosh silindrda siyraklanish vujudga kelishi mumkin. U xolda suyuqlikning bir qismi bachokdan o’tkazuvchi teshik A orqali porshen 4 va jipslovchi monjet chetlarini siqib porshendan chapdagi bo’shliqqa o’tadi. Shu bilan siyraklanish oqibatida suyuqlik bug’larining paydo bo’lishning oldi olinadi. Suyuqlikning quvurdan kelayotgan xajmiga qarab, ortiqcha suyuqlik bosh silindrdan kompensag’ion teshik B orqali bachok 5 ga qaytadi. Bajaruvchi silindrda texnik paytida gidrotizimni prokachka qilishda havoni chiqarib yuborish uchun klapan 6 mavjud.
12.6 – rasm
Ilashishmuftasininggidravlikyuritmasidao’rnatilganpnevmatikkuchaytirgich (12.6-rasm) 3 asosiyqismdantashkiltopgan:energiyamanbai (berilganxolatdakompressorvaressiversiqilganhavobilan), bajaruvchimexanizm-bajaruvchisilindr 13 vasilindr 13 niishiniboshqaruvchitaqsimlovchimoslama 6.
Pnevmokuchaytirgich korpusi oralarida kuzatish moslamasining membranasi 10 o’rnatilgan 2 qism 12 va 18 dan iborat. Oxiriga porshen 3, klapan 4, egar 5, kiritish 8 va chiqarish 7 klapanlari ham tegishli.
Gidravlik yuritma bajaruvchi silindri 16 pnevmokuchaytirgich korpusiga joylashtirilgan. Bosh silindr shtoki ilashish muftasi pedali bilan ulangan, bu silindrdan suyuqlik teshik 14 orqali yig’ilgan zichlikli bajaruvchi silindr 2 va porshen torozi 3 ga keltiriladi. Siqilgan havo teshik 9 orqali klapan 8 ga keltiriladi. Pedal qo’yib yuborilgan paytda, klapan 8 yopiq, klapan 7 esa ochiq bo’ladi.
Ilashish muftasi pedali bosilganda suyuqlik bosimi porshen 17 ga uzatiladi va undan ilashish muftasi ajratish vilkasi turtkichi 1 ga uzatiladi. Bir vaqtning o’zida suyuqlik bosimi, egar 5 orqali kiritish klapani 8 ni ochadigan va chiqarish klapani 7 ni yopadigan porshenga qabul qilinadi. Porshen 11 ning o’ng tomonidagi havo bosimi pedaldagi kuchga proporsional o’rnatiladi. Kuch porshen 11 dan shtok 15 orqali porshen 17 ga uzatiladi. Shuning uchun turtkichni chapga suruvchi va shu bilan ilashish muftasini o’chiruvchi turtkichdagi kuch 2 ta tashkil etuvchiga ajratiladi: pedaldagi kuchga proporsional silindr 16 dagi suyuqlik bosimining kuchlari va bajaruvchi silindr 13 dagi havo bosimi kuchlari. Oxirgisi pedaldagi kuchga xuddi shunday proporsional bo’ladi.
Klanan 4 klapan 7 ochilayotgan paytda, pnevmokuchaytirgichga tashqaridan chang, iflos, namni kirishini oldini olib siqilgan havoga pnevmokuchaytirgichdan chiqib ketishga sharoit yaratadi.
Ayrim yengil avtomobillarda qo’llanadigan ilashish muftasining elektrovakuum boshqaruvi (12.7-rasm). O’zida pedal 2, bosh g’ilindr 3 bilan bachok 1, bajaruvchi silindr 4 va quvurlarni mujassamlashtirgan ilashish muftasining gidravlik yuritmasiga joylashtirilgan. Elektrovakuum boshqaruv servokameralar 8, elektromagnit 7 bilan avtomat blok 17 va o’chirgich 16 hamda boshqaruvchi gidrotsilindr 9 dan tashkil topgan.
Jipslashtiruvchi membrana 13 porshen bilan servokamerani ikki qismga ajratadi: atmosfera bosimli 12 va rostlanuvchi bosimli 15. bo’shliq 15 klapan 6 va qaytish klapani 5 orqali dvigatelning chiqarish kollektori bilan ulanishi mumkin. Elektromagnit 7 avtomat blok 17 yordamida klapan 6 ga ta’sir qilib, ilashish muftasining ishga tushirish jarayonini shtok 11, richag 10 va boshqaruvchi gidrotsilindr 9 porsheni orqali avtomat boshqarishni amalga oshiradi. Agar prujina 14 kuchi elektromagnit kuchidan ortib ketsa, u holda uning langari klapan tomonga suriladi. Bunda bo’shliq 15 atmosfera bilan bog’lanadi.
12.7-rasm
Elektromagnit kuchi uning uramidan o’tayotgan tok kuchiga bog’liq. Tok kuchi avtomat blok 17 yordamida dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasining ortishiga binoan kamayadi. Elektromagnit o’ramidagi tok kuchi qanchalik kam bo’lsa, prujinalarning kam siqilishi natijasida ularning kuchi elektromagnit kuchiga tenglashadi. Boshqa tomondan, prujinalar 14 kuchi servokameradan shtok 11 ning chiqishiga qarab kamayadi. Shuning uchun dvigatel tirsakli vali aylanish chastotasiga ko’ra shtok 11 asta-sekin servokameradan chiqadi, uning hisobiga dvigatel maxovigiga yetaklanuvchi diskning asta-sekin siqilishi amalga oshadi va shu bilan ilashish muftasining ravon ishga tushirilishi ta’minlanadi.
Avtomobilni elektrovakuum boshqaruv bilan jihozlanganda ilashish muftasini boshqarish imkoniyati saqlab qolinadi va oddiy usul bilan-bachok 1 bilan bog’langan bosh silindr 3 ga ta’sir qiluvchi ilashish muftasi pedali yordamida. Faqat buning uchun mavjud bo’lgan o’chirgich 18 yordamida avtomat blokni o’chirish kerak.
Elektrovakuum boshqaruvining barcha uzellari osma hisoblanadi, seriyali agregatlar bilan mexanik bog’liqlikka ega emas va shuning uchun seriyali agregatlarning tuzilishini o’zgartirmagan xolda avtomobilni istalgan yerida o’rnatilishi mumkin. Elektrovakuum boshqaruvidan foydalanilganda ilashish muftasining yarim avtomat ishga tushirilishi ta’minlanadi.
Ilashish muftasi pedalining erkin yurishini rostlash ishqalanuvchi yuzalarining yeyilishi bois kerak bo’ladi. Yeyilish natijasida podshipnik va richaglar orasidagi tirqish, jumladan, ilashish muftasi pedalining erkin yurishi ham kamayadi. Agar tirqish yo’qolsa va richaglar mufta podshipnikiga tegib qolsa, u xolda disklarni siquvchi kuch va ilashish muftasi vositasida uzatilayotgan moment kamayadi, chunki ilashish muftasi to’liq o’chmaydi. Bunday ilashish muftasining yetaklanuvchi diski yetakchilarga nisbatan ishqalanadi. Ilashish muftasi ishqalanganda avtomobilni ko’p muddat ishlatish yetaklanuvchi disklarning friksion qoplamalarini tez fursatda yeyilishiga, ularni kuchli issiqlik natijasida qirilishiga, ilashish muftasini uchirish muftasining podshipnigini erta yeyilishiga olib keladi. Tirqish va pedalning erkin yurishi juda ham kattalashib ketsa ilashish muftasi to’liq o’chmaydi.
Ilashish muftasining pedalining erkin yurishi gidroyuritmada mufta podshipnigi va richaglar orasidagi tirqish, bosh silindr porsheni va porshen shtoki orasidagi a tirqish hamda kompensatsion teshik B ning diametriga qarab aniqlanadi. Birinchi tirqishni shtok 8 ning erkin7 yurishiga qarab tekshiriladi va uning uzunligini o’zgartirish bilan rostlanadi. Bu tirqish pedal erkin yurishining katta qismini belgilaydi. Ilashish muftasi pedalining erkin yurishining kam qismini shtok 2 ni uzunligini o’zgartirish bilan rostlanadigan bosh silindr porsheni va shtoki orasidagi tirqish «a» belgilaydi.
GAZ-3102 avtomobilning ilashish muftasi yuritmasidagi vilka 9 ni shtok 3 ga siquvchi prujina shtok 8 ni vilka 9 ga siquvchi va bajaruvchi silindr 10 da o’rnatilgan prujina bilan almashtirilgan (12.7-rasm). Shuning uchun GAZ 3102 ilashish muftasida mufta podshipnigi va tayanch halqa orasida tirqish yo’q. Ilashish muftasining bunday yuritmasidan foydalangandi rostlashning hojati yo’q va shtok 8 rostlovchi gaykalarga ega emas. Yetaklanuvchi diskning qoplamalarining yeyilish o’rni bajaruvchi g’ilindr 10 dagi prujina yordamida porshenni avtomatik surib to’ldiriladi.
Dostları ilə paylaş: |