Havo o`tkazgich - po`lat listdan bo`lib, qalinligi 0,55…1,0 mm aylana yoki to`g`ri burchak bo`ladi. 1 zvenoning uzunligi havo o`tkaz-gichi 2,8 m. Markazdan qochma ajratgichlar siklon sifatida foyda-laniladi. Hajmiy ajratgichlar effektivligi: ular ko`p joy egallaydi va havo oqimi qarshiligi katta bo`ladi.
Chang ajratgich markazdan qochma va nam bo`lishi mumkin. Markazdan qochma chang ajratgichlarni kichik gabaritli lekin yuqori effektli siklonni namoyon etadi (4 BSSH). Bunday qurilmada havoni tozalash 98,5 ga yetadi. U yerda chang ushlanib qoladi, qachonki to`lgan havo vertikal mato ichiga tushganda. Eng yuqori bo`luvchi korobka va pastki chang yig`uvchi bunker orasiga joylashtiriladi. Nam juda effektiv (yoki yutuvchi) chang ajratgichlar. Bunda changlangan havo suv qatlamiga o`tadi, hatto changning eng kichik zarrasini ham ushlab qoladi.
Shlyuzli zatvorlar pnevmotransportyorda sochiluvchan material-larni yuklash va tushirish uchun ishlatiladi. U silindrik korpusda, qabul qiluvchi voronkasi va korpus ichida lopastli baraban mavjud, 11...24 ayl/min aylanish chastotasini oladi, uzatgich tizimi elektrodvi-gatelga ega.
Pnevmotransportyorning turlariga aerozoltransport kiradi, unda sochiluvchan (kukunsimon) yuk to`ldiriladi, havoni yuqori ortiqcha bosim bilan harkatlanadi. Bunda tezligining kamayishi hisobiga oquvchan bo`lib qoladi. Aerozoltransport qurilmasini unumdorligi 30 t/soat havoni oz miqdorda sarflaydi.
Havo miqdori (m3/s) kerakli miqdordagi yukni joylash uchun
V=G· /r·m; (5.11)
Bu yerda: G - qurilma unumdorligi, kg/s; - uzatuvning teng-sizlik koeffitsienti, 1,1…1,5 ga teng; r - havo zichligi (1,2 kg/m3 ga teng deb olinadi); m - aralashmaning massa kontsentratsiyasi (o`rta va past bosimli qurilma uchun m=3… 5 kg, sexlararo qurilmaga m=0,5...4 kg.
Aerozoltransport materialining diametri (mm)
D=0,544
Bu yerda: G - qurilma unumdorligi, t/soat; - havoning material uzatishning oxiridagi tezligi,
= 12… 20 m/s;
m - kontsentratsiya koeffitsienti,
m1=A/ ; (5.12)
bu yerda: A - havoning qiymatini aniqlovchi koeffitsient, (A=800 rotatsion yutilish uchun, A=1800 kompressor uchun, - material uzatish uzunligi, m)
Sochiluvchan materialning qalinligi 60…100 mm (don uchun 120…150 mm) korobkaning ichiga qiya joylashadi (burchak qiyaligi 30 dan kam emas) mikropolistli to`siqda ventilyator orqali havo berib turiladi. Havo bosimi to`siq ostida (1,8…2,5) 103 Pa ga teng. Korobka alohida zvenolardan tashkil topgan, u tayanchga yoki tortmaga mahkamlanadi va yuklash, yukdan tushirish patrubkasi bor. Korobka kengligi 0,1 ... 0,5 m gacha, uzunligi 40 m, unumdorligi 120 m3 /s gacha. Havoning cheklangan sarfi 90…120 m3/s, 1m2 to`siq maydonga.
19-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Yupqa devorli idishlarning qobig`ini hisoblash
Qobig` - qurilmaning yoki texnologik idishlarning egri sirtlarining orasidagi o`lcham kichik chegaralangan bo`lib sirtlarning qolgan o`lchamlari katta deb tushuniladi.
Texnologik mashina va jihozlar ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan isitgich yoki sovutgich qozonlarida, modda almashuv, reaktor qurilmalarida va boshqa texnologik jihozlardagi mahsulotlar idishlarning devorlariga ichki bosim ta’sir qiladi va buning natijasida devorlar ikki tomonlama cho`zilish (qisilish) holatida bo`ladi.
Bunday konstruksiyalarning o`ziga xos tomonlaridan biri uning devorlarining qalinligi qurilma o`lchamlariga nisbatan juda kichik-ligidir, shuning uchun ular «yupqa devorli idishlar» deb yuritiladi.
Yupqa devorli idishlarni mustahkamlikka hisoblashlari momentsiz va momentli nazariyalar asosida bajarilidi.
Momentsiz nazariyani qo`llash hollari: agar idishimizda silliq sirt bo`lsa; keskin egrilik radiusi o`zgarmagan holda; idishlarning chetlari qotirilmaganda; qotirilganda reaktiv kuch va momentlar qiymati kam hosil bo`lgan, tekis o`zgaruvchan hollarda qo`llaniladi.
Suyuqlik og`irligi yoki gaz (bug`) bosimi ta’siridagi yupqa devor-li, o`qqa nisbatan simmetrik bo`lgan idishni ko`rib chiqamiz. Idish devorlaridan ikkita meridianal va ikkita aylanma kesimlar bilan ajratib olingan cheksiz kichik elementning muvozanatini tekshiramiz.
Idishning aylanma yoki meridianal kesimlar bilan ajratilgan ikkala qismi simmetrik bo`lganligidan o`zaro siljishga intilmaydi, shuning uchun mazkur kesimlarda urinma kuchlanishlar bo`lmaydi. Elementga faqat bosh normal kuchlanishlargina ta’sir qiladi.
Momentsiz nazariyaga muvofiq, element tomonlarning yuzasiga ta’sir qiladigan va kuchlanishlarni tekis taqsimlanishini devorning o`rta sirtiga nisbatan idishning barcha o`lchamlarini hisoblaymiz. Egrilik radiusini meridional va normalning o`rta sirtning mazkur nuqtadan 0-0 o`qigacha bo`lgan kesmasiga teng, boshqa egrilik radiusi rt bilan belgilaymiz.
Element yoqlariga smS dSt va stS dSm kuchlar ta’sir qiladi. Ajratilgan elementning ichki sirtiga suyuqlik yoki gaz (bug`) R bosim ta’sir qiladi, uning teng ta’sir etuvchisi RdSt dSm ga teng.
Aytib o`tilgan kuchlarni n=n normalga proeksiyalanganda.
; (6.1)
; (6.2)
Qobig`dan meridian qirqimida normal konusli qismni ajratib olamiz va qirqimda hosil bo`ladigan kuchlarning muvozanat tenglamasini tuzamiz:
; (6.3)
Tenglamada burchak juda kichik, shuning uchun burchak sinusni uning argumenti bilan almashtiramiz va barcha hadlarni ga bo`lib quyidagi tenglamaga ega bo`lamiz:
; (6.4)
agar tenglamada teng deb qabul qilsak unda, oxirgi tenglama quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
; (6.5)
bu tenglama Laplas tenglamasi deb ataladi.
Bitta tenglamada ikkita noma’lum. Laplas tenglamasini yechish uchun:
v) shakldan foydalanib ikkinchi tenglamani tuzamiz. Buning uchun meridian o`qi bo`yicha konussimon qobig`ni kesib pastki qismini tashlaymiz. Olib tashlangan qismning ta’sirini meridianal bo`yicha kuchlar bilan almashtiramiz, unda
·2p·r· s· (sin a)2 - r·p· (rt ·sina)2=0 (6.6)
- ni tenglamadan topamiz.
Agar idish devorining aylanma kesimi yuzasini formula bo`yicha hisoblab sistema 0 - 0 uqiga nisbatan simmetriyaga ega bo`lganligidan bu yuza bo`yicha - kuchlanishlar tekis taqsimlanadi.
Demak, ; (6.7)
; (6.8)
Bu yerda: Q - aylanma kesimdan pastda yotuvchi idish bo`lagining
va suyuqlikning og`irligi; p - suyuqlik bosimi.
tenglamalardan foydalanib