Mavzu: Korrektsion pedagogika. Inklyuziv ta’lim Reja


Nutqida nuqson bo`lgan o`quvchilarni korreksion o`qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə4/4
tarix20.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#162031
1   2   3   4
korreksion pedagogika inklyuziv tal

Nutqida nuqson bo`lgan o`quvchilarni korreksion o`qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari. Nutq – faqatgina insonga xos bo`lgan muhim psixik funksiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to`ldirilib va boyitib boriladi.
Nutqiy nuqsonlarni o`rganish, oldini olish va korreksiya bilan korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi - logopediya (yunoncha logos – so`z va paideia - tarbiyalash) shug`ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o`z-o`zilan yo`qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan korreksion-logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:
  • tibbiy-psixologik nutqiy buzilish;
  • psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.

  • Tibbiy-psixologik turda ko`riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi ikki yirik guruhga ajratish mumkin:
  • og`zaki nutqning buzilishi;
  • yozma nutqning buzilishi.

  • Og`zaki nutqning buzilishi o`z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
  • nutq ifodalanishi fonatsion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;
  • fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yokipolimorf)ning buzilishi

  • Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalash uni pedagogik jarayonda qo`llashga yo`naltirilgan bo`lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni tuzatishga yo`naltirilgan korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko`rsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Maktab o`quvchilarida nutqi buzilishini psixologik-pedagogik tuzatish. Nutqiy buzilishi bo`lgan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari. Nutqiy buzilish, nutqiy buzilishning sabablari, mexanizmlari, simptomatikasi, borishi va tuzilishi uning oldini olish, maxsus (korreksion) o`qitish va tarbiya masalasi bilan logopediya shug`ullanadi. “Logopediya” termini yunonchadan tarjimasi “to`g`ri nutqni tarbiyalash” ma’nosini anglatadi. Nutqiy buzilish turli mutaxassislar - fiziolog, nevropatolog, psixolog, lingvist va boshqalar tomonidan o`rganiladi.
Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin