Mavzu: Korrektsion pedagogika. Inklyuziv ta’lim Reja



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#162031
1   2   3   4
korreksion pedagogika inklyuziv tal

Korreksion-pedagogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim. Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o`qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo`naltirilgan yaxlit jarayon.

Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o`qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o`rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi: 1. rivojlanishida turli kamchiliklar bo`lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash; 2. differensatsiyali o`qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish; 3. anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish; 4. rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish; 5. bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo`qotish yoki kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; 6. anomal bolalikning oldini olish bo`yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish; 7. anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.

Korreksion pedagogikaning kategoriyalari. Korreksion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega: 1. Anomal bolalarni o`qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishga yo`naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko`rish qobiliyatini yo`qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan ko`ra ko`proq darajada o`qitishga bog`liq. Shuning uchun anomal bolalar o`qitilmasa yoki o`qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar yetkaziladi, psixik funksiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi, nuqsonlar o`ta jiddiy bo`lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin.


2. Anomal bolalarni tarbiyalash - korreksion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo`lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o`rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo`llab-quvvatlash, bir-biriga yordam ko`rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi.
3. Korreksiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo`qotish va pasaytirishni nazarda tutadi.
4. Korreksion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko`ra umumiy pedagogik ta’sir ko`rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. Korreksion–tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korreksion –tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o`qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
5. Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» – o`rnini to`ldirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o`rnini to`ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi.
6. Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha «rehabilitas» – layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu korreksion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi.
7. Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha «adapto» - moslashish) – anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo`layotgan o`zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ularning layoqati yetmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.
8. Oilaviy tarbiya reabilitatsiyani samarali tashkil etish omili. Oila va maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko`nikmalarni shakllantirishni ta’minlaydi.
ilk bor fransuz shifokori, psixiatori Filipp Pinel (1745-1826 yillar) tomonidan ilgari surilgan. U ruhiy kasalliklarni klassifkatsiyalagan (turlarga ajratgan).
Rivojlanishida nuqsonlar bo`lgan bolalarga nisbatan pedagogik yondashuv XVIII asr oxirlari – XIX asr boshlarida yuzaga keladi. Aqli zaif bolalarni maxsus usullar yordamida o`qitish va tarbiyalash g`oyasini Iogan Genrix Pestalotssi (1746-1827 yillar) asoslagan bo`lsada, biroq, o`z davrida bu fikr qo`llab-quvvatlanmadi. I.G.Pestalotssi “aqli zaiflar” bilan ishlash tamoyilining mohiyatini asoslab berdi: bolaning imkoni yetgan bilimlarni berish, didaktik materiallardan foydalanishda aqliy va jismoniy tarbiya uyg`unligiga erishish, ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan bog`liq holda tashkil etish. Ruhiy kasallarga nisbatan insonparvarlik yondashuvi
Fransuz psixologi Alfred Bine va vrach-psixiatr Tomas Simon test sinovlari metodini asoslaydilar. Shu bois ular intellektual zaiflikni o`rganishning psixometrik yo`nalishi asoschilari hisoblanadilar.
Yuqorida qayd etilgan yondashuvlar asosida XX asr boshiga kelib quyidagi uch asosiy yondashuv qaror topdi:
  • Tibbiy-klinik yondashuv aqli zaiflarning etimologiyasini bilish, intellektining buzilishiga sabab bo`lgan omillar, shuningdek, anatomik-fiziologik va genetik buzilishni o`rganish g`oyasini ilgari suradi.
  • Psixologik yondashuv psixikasi buzilgan bolalarning psixik faoliyati, emotsional holati hamda shaxsini o`rganishga yo`naltirilgan.

  • 3. Pedagogik yondashuv intellekti buzilgan bolalarni o`qitish hamda tarbiyalashning pedagogik tamoyillari, metodlari, shuningdek, nuqsonlarni bartaraf etish yo`llarini o`rganish g`oyasiga tayanadi.
    Rossiya korreksion pedagogikasi tarixi Yevropa defektologik fani bilan uzviy bog`liq.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin