Mavzu: korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishi bajardi


I-chizma.Xarajatlarning namoyon bo’lishi sohasiga kora turkumlanishi



Yüklə 67,14 Kb.
səhifə10/12
tarix27.12.2023
ölçüsü67,14 Kb.
#198656
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi mavzu korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlati-fayllar.org

I-chizma.Xarajatlarning namoyon bo’lishi sohasiga kora turkumlanishi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini ng ikkinchi yo'nalishdagi konsepsiyalari marjinalistlar va neoklassiklar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, ular bu boradagi klassik nazariyalarni ham ma’lum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu konsepsiyalaming o'ziga xos tomoni shundaki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirishda resurslarning cheklanganligi va ulardan muqobil foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqadilar. Ma’lumki, muayyan bir resursni ishlab chiqarishning bironbir yo'nalishi bo'yicha sarflanishi endilikda bu resursdan boshqa yo'nalishlarda foydalanish imkoniyatini cheklab qo'yadi. Shunga ko'ra, tadbirkor (yoki resurs egasi) mazkur resursni eng yuqori darajada naf keltiruvchi yo'nalishga sarflashga harakat qiladi. Iqtisodiy resurslarni eng yuqori naf olish maqsadida boshqa muqobil yo'nalishlarda ishlatilishiga yo'l qo'ymay o'ziga jalb etish uchun to'lov iqtisodiy yoki zimmasiga tushuvchi xarajat deb ataladi. Iqtisodiy xarajatlar mikrodarajadagi iqtisodiy ko'rsatkichlardan biri bo'lib, korxona (firma) miqyosida muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishning samaradorlik darajasini ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo'yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o'z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra, xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo'linadi (2- chizma). Tasbqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to'lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom ashyo va materiallarga to'lovlar, kredit uchun foiz to'lovlari, ijaraga olingan yerga renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to'lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to'lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi. Korxonaning o'ziga tegishli bo'lgan resurslardan foydalanishi bilan bog'liq xarajatlar fchki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to'lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o'z resurslari qiymatini shunga o'xshash resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.

UMUMIY XARAJATLAR




Tashqi xarajatlar




Ichki xarajatlar




Ishchi kuchiga sarflar


Bino-inshoat armortizatsiyasi



Xom ashyo xarajatlari


Yonilg’I energiya xarajatlari


Transport-aloqa xizmatlariga xarajatlar


Bank xizmatlari uchun sarf-xarajatlar


Mashina-uskuna amortizatsiyasi


Ijara haqi


Qarz pul mablag’lari va uning uchun foizlar


Me’yordagi foyda





Yüklə 67,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin