Mavzu: korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishi bajardi


Korxonada ish faoliyati va resurslari



Yüklə 67,14 Kb.
səhifə8/12
tarix27.12.2023
ölçüsü67,14 Kb.
#198656
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi mavzu korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlati-fayllar.org

3.Korxonada ish faoliyati va resurslari.
Korxona ish faoliyati bilan tanishuv.
Men Atayev Lochinbek Davlatmurot o’g’li 2020 yil 20-iyun kuni TATU Urganch filiadan biriktirilgan amaliyot rahbarim ya’ni Abdullayeva G. tomonidan amaliyot o’tash uchun zarur bo’ladigan barcha topshiriqlarni oldim va shu kuni Xorazm viloyati Urganch shaxar 9-sonli “Gulzor” Maahalla Fuqarolar Yig`iniga yetib keldim. MFY menga amaliyot rahbari etib Tillayev A. tayinlandi. Amaliyot davrining dastlabki kunlarida texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishildi va korxonani ish faoliyati bilan yaqindan o’rganildi. Amaliyotning dastlabki haftasida asosan korxona faoliyati o’rganish bo’ldi. Bularning barchasini amamliyot kundaligiga qayd etib borildi.Amaliyotni ikkinchi haftasida ish faoliyatini qay darajada o’rganilganligini bilish maqsadida test olindi va a’lo darajada baholadi.
MFYda asosan kompyuterlarni ishga yaroqlik holatini tekshirish va mahalla fuqarolar yig’inida axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish vazifa qilib qo’yildi. Shuning uchun kompyuterlardagi antivirus vositalarini holatini bazani yaroqlilik muddati muntazam nazorat qilib turildi. Bundan tashqari global tarmoqdan keluvchi tashqi tahdidlarga ham qarshi chora tadbirlar qo’llanildi.
Amaliyotni uchinchi haftasida korxona xodimlariga bugungi kunda Axborot xavfsizligi sohasidagi eng so’ngi yangiliklarni yetkazish maqsadida semenar trenenglar o’tkazildi. Bu semenar trenenglarni mavzulari etib quyidagilar: “Internetda ruxsatsiz kirish usullari”, “Ruxsat etilgan manzilga ruxsat etilmagan vaqtda ulanish”, “Tarmoqlararo ekran va uning vazifalari”, “Kompyuter tarmoqlarida himoyani ta’minlash usullari”, “EHM himoyasini taminlash texnik vositalari”, “Kompyuter taqmoqlarida ma’lumotlarni himoyalash asosi” etib belgilandi.Amaliyot davrining so’nggi haftasida ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha hisobot tayyorlandi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlandi. Amaliyotni so’ngi kuni deb 2021-yil 31-iyul etib belgilandi.

Korxona faoliyati davomida doimiy nazorat qilinishi yo’nalishlar

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:


  • bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o‘rganish yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talablarini aniqlash;


  • mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;


  • xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;


  • ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;


  • mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;


  • korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, texnik xizmat ko‘rsatish va hokazolarni boshqarish.


Albatta, zamonaviy korxonalarning ko‘p qirrali faoliyati yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika taraqqiyoti va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi talablari bilan to‘ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganlardan qat’i nazar, xo‘jalik rivojlanishining har bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi zarur:


  • korxona egasining daromad olishi;


  • iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash;


  • xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash;


  • ish joylari yaratish;


  • atrof-muhitni muhofaza qilish;


  • korxona faoliyatida to‘xtab qolishga yo‘l qo‘ymaslik;


  • ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish;


  • ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.


Xo‘jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funksiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:


  • ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;


  • mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish va sotish;


  • sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish;


  • ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;


  • xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;


  • soliqlarni to‘lash, budjetga to‘lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va to‘lovlarni amalga oshirish;


  • amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarga rioya qilish.


Bu funksiyalar korxonalarning hajmi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ijtimoiy infratuzilmaning mavjudligi, mahalliy hokimiyat idoralari bilan munosabatlarga asoslanib aniqlashtiriladi. Bugungi bozor iqtisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning amalga oshiruvchi funksiyalarini kengaytirishi hamda ularning faoliyatidagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun yangi vazifalar belgilab berishi mumkin.


Korxonada rejalashtirishning uslubiy asoslari, tamoyillari va vazifalari Rejalashtirish uslubiyati – bu iqtisodiyotni boshqarishning turli bo’g’inlarida, jumladan, korxonalarni boshqarishda rejalarni ishlab chiqish usullari majmuasidir. Avvalgi rejali iqtisodiyot sharoitlarida u avvalo reja organlarining, ham sobiq ittifoq miqyosida, ham alohida respublikalar miqyosida amal qilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarga tayanar edi. Iqtisodiyotning muhim soha va tarmoqlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish ushbu ko’rsatmalar asosida amalga oshiriladi. Mazkur holatda rejalashtirish uslubiyatiga ko’ra, “yuqoridan pastga” tamoyili asosida nazorat raqamlari, limit va normativlar tushirilar, keyin esa “pastdan yuqoriga” tamoyili asosida, ya’ni korxonalardan yuqori turuvchi organlarga qayta uzatilar edi. “Yuqori” darajada reja ko’rsatkichlari yiriklashgan tavsifli bo’lsa, korxonalar miqyosida esa ishlab chiqarish bilan bog’liq holda muayyan va detalli tavsifga ega bo’ladi. Rejalashtirishda ushbu tizimning kamchiligi shunda ediki, deyarli har bir korxonaning faoliyat rejasi majburiy tarzda “yuqoridan” tasdiqlanishi zarur edi. Busiz reja o’z realligini yo’qotar edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar o’z faoliyatini rejalashtirishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Biroq bu rejalashtirishning tekshirib ko’rilgan va foydali usullaridan voz kechishni anglatmaydi. Bugungi sharoitlarda ham korxonalar faoliyatini rejalashtirish-texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, progressiv norma va normativlar, iqtisodiy tahlil, muqobil variantlarni tanlashga asos-lanadi. Rejalashtirishning eng ko’p tarqalgan usullari qatoriga quyidagi-larni: balans, normativ, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo’yicha, ko’p variantli hisobkitob usuli kabilarni kiritish mumkin. Rejalarning asoslanganlik darajasini oshiruvchi va ularni tezda amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi, shuningdek, tavakkalchilik va vujudga kelishi mumkin bo’lgan talofatlarni kamaytiruvchi usul eng samarali usul hisoblanadi. Hozirgi paytda balans usulining ahamiyati oshib bormoqda. Ushbu usulning mohiyati, o’zaro aloqada bo’lgan ko’rsatkichlarni solishtirish bilan ifodalanadi. Balans usuli asosida korxonaning ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, ishlab chiqarish quvvatiga bo’lgan talablari va ularning manbalari aniqlanadi. Bundan kelib chiqqan holda moddiy balans, ishlab chiqarish quvvatlari balansi, ishchi kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini ajratib ko’rsatish mumkin. Balanslar, qoidaga ko’ra, ehtiyojlar va ularga mos keluvchi resurslarning mavjudligi yoki manbalarini o’z ichiga oluvchi, o’zaro moslashuvchi jadval shaklida tuziladi. Balans usuli normativ usuli bilan birgalikda qo’llanadi. Normativ usulida resurslarni sarflashning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan eng yuqori va eng quyi chegaralari aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etishda norma va normativ kabi tushunchalardan foydalaniladi. Norma (me’yor) – bu, belgilangan sifatdagi mahsulot birligi (ish, xizmat) tayyorlash uchun sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg’i, energiya va boshqa resurslardan foydalanishning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal yoki minimal chegarasidir. Agar resurslardan foydalanish normalarini kamaytirish mahsulot sifatining pasayishiga yoki belgilangan standartlar talablarining buzilishiga olib keladigan bo’lsa, u holda bu normalarni kamaytirish mumkin emas. Normativ – bu, nisbiy kattalik bo’lib, asosan foizlar yoki koeffisiyentlar yordamida aks ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning har bir maydon birligi, og’irlik birligi, hajm birligiga sarflanishini tavsiflab beradi. Masalan, asosiy fondlarning birlik qiymatiga mahsulot ishlab chiqarish (fond qaytimi), sutning moylilik, vinoning spirtlilik darajasi (foizlarda), avtomashinaning bosib o’tgan yo’li, avtomobil shinasining ekspluatasiyasi va hokazo. Norma va normativlar progressiv tavsifga ega bo’lishi, ya’ni ularni ishlab chiqishda zamonaviy fan, texnika va texnologiya rivojlanishining darajasi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish hamda ilg’or korxonalarning tajribalarini hisobga olish zarur. Shuningdek, ular doimiy ravishda qayta ko’rib chiqilishi, eskirgan norma va normativlar yangi, xo’jalik hayoti va davr talablariga javob beruvchi norma va normativlar bilan almashtirilishi lozim. Norma va normativlar quyidagi asosiy guruhlar asosida ishlab chiqiladi: - tirik mehnat xarajati normalari (mahsulot biriligiga sarfla-nuvchi ish vaqti normasi, vaqt biriligida ishlab chiqarish normasi, xizmat ko’rsatish normasi, miqdor normativi); - moddiy xarajat normalari (xom ashyo, material, yoqilg’i, energiya, butlovchi qismlar); - ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish normativlari (ishlab chiqarish siklining davomiyligi, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarish zahiralari va hokazo); - mehnat vositalaridan foydalanish normalari (mashinalar, asbobuskunalar, mexanizmlar, qurilmalar); - korxona, sex, asbob-uskunalarning loyiha quvvatiga chiqish vaqti normalari. Ko’rinib turibdiki, rejalashtirish juda murakkab va mehnat talab qiluvchi jarayon bo’lib, korxona faoliyatining resurslar xarajatini normalashtirishdan to mahsulot ishlab chiqarish va realizasiya qilishgacha barcha ko’rsatkichlarini inobatga oladi. Rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilar: - maqsadni belgilash; - korxona faoliyatining turli xil yo’nalishlari, ayniqsa, xalq xo’jaligi va aholi uchun zarur bo’lgan masulot ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab berish; - zaruriy moddiy-texnika asossini shakllantirish; - moliyalashtirish manbalarini aniqlash; - yakuniy natijalarning ijobiy bo’lishiga erishish. Amaliyotda bu vazifalarni korxona direktori yoki iqtisodiy-rejalash xizmatining o’zi bajarmaydi yoki bajarishi lozim emas. Bunda butun jamoa, ayniqsa, agar bu korxona aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, ishtirok etishi zarur. Afsuski, korxona xodimlari ko’pincha “rahbarga ko’proq narsa ko’rinadi” tamoyili asosida ishlaydilar va yaxshiroq natijalarga erishish uchun tashabbuskorlik ko’rsatmaydilar. Tajribalar esa korxona muammolarini hal qilish barcha xodimlar, jumladan, ishchilarga ham bo’lgan holdagina bu korxonalar gullab-yashnashi mumkinligini ko’rsatadi.
Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va rasional boshqarish tizimi hamda maksimal ravishda qulay sharoitlarni yaratmoqda. Bunday sharoitlarda rejalashtirish bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarining barcha imkoniyatlaridan foydalanishga xizmat qilishi lozim. Korxona faoliyatini umuman emas, balki har bir muayyan holdagi vazifalarni hal qilishga yo’naltirgan holda rejalashtirish zarur. Buning uchun rejalashtirishning ilmiylik, komplekslilik, uzluksizlik, optimallik, moslashuvchanlik kabi tamoyillariga tayanish zarur. Korxona, ayniqsa, agar u yirik bo’lsa, asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi sexlardan iborat bo’lib, ularning har biri faqat o’ziga xos bo’lgan vazifani bajaradi va shunga mos holda faoliyatni rejalashtirish va tartibga solishning o’ziga xos xususiyatiga ega bo’ladi. Shundan kelib chiqqan holda yetakchi bo’g’inni ajratib ko’rsatish rejalashtirishning asosiy tamoyillaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Bunda korxonaning asosiy ishlab chiqarish vazifalari bajarilishini ta’minlovchi bo’linmasini rivojlantirishga ko’proq e’tibor qaratiladi. Masalan, bunday bo’g’in sifatida mashinasozlik zavodida yig’uv sexi, to’qimachilik kombinatida yigiruv va to’quv sexlari, qandolatchilik fabrikasida tayyor masulot sexini ko’rsatish mumkin. Yetakchi bo’g’inni ajratib ko’rsatish korxonaning barcha bo’linmalarini birgalikda kompleks ravishda rivojlantirishni ko’zda tutadi. Chunki busiz rejalashtirish bir tomonlama bo’lib qolishi hamda ishlab chiqarishni tashkil etishda “tor joylar” va disproporsiyaning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli korxona faoliyatining iqtisodiy-ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlari va bo’limlarining o’zaro aloqada bo’lishini hamda kompleks rejalashtirishni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda ham rejalashtirishning balans usuli katta ahamiyatga ega. Rejalashtirishning yana bir muhim tamoyili ilmiylik bo’lib, u avvalo tayyorlanayotgan rejalar va ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlariga, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti talablari, raqobatchilik va bozor talablarini hisobga olishga asoslanadi. Rejalashtirishning ilmiyligi, jonli mehnat va mahsulotga aylangan mehnat xarajatlarining eng kam miqdorida iloji boricha yuqori natijalarga erishishga, shuningdek, korxona xodimlari manfaatdorligini oshirishga ko’maklashadi. Komplekslilik tamoyili ishlab chiqarishni, birinchidan, zamon va makonda, ikkinchidan, ishlab chiqarishni boshqarishning gorizontal va vertikalida, uchinchidan, ishlab chiqarishning resurs asoslarini ta’minlashda, to’rtinchidan, ishlab chiqarishdagi “tor joylarni” hisobga olish va ularni yo’qotish choratadbiralrida, beshinchidan, xodimlarning o’z mehnat-lari natijasidan moddiy va ma’naviy qoniqishida, oltinchidan, korxonaning mo’ljallanayotgan daromad yoki foyda olishini amalga oshirishni ko’zda tutadi.
Proporsionallik nafaqat ishlab chiqarishni rejalashtirishda, balki ishlab chiqarishni boshqarishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zarur proporsiyalarga amal qilish ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchining sexlar va ish joylari bo’yicha hamda ishlab chiqarish bosqichlarida to’g’ri taqsimlanishiga va ulardan to’g’ri foydalanishga ko’maklashadi. Proporsiyalarga amal qilmaslik esa, aksincha, ishlab chiqarishning ba’zi uchastkalarda kuchayib, boshqalarida pasayishiga, ya’ni disproporsiyalarning vujudga kelishiga hamda korxonalarning noritmik tarzda faoliyat yuritishiga sabab bo’ladi. Zaruriy proporsionallikni ta’min-lashda ishlab chiqarishni tashkil etishni texnik-iqtisodiy normalashtirish katta rol o’ynaydi. Rejalashtirishning uzluksizligi ishlab chiqarishni va umuman, korxona faoliyatini tashkil etishning muhim tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyil amalda joriy rejalarning istiqboldagi rejalar bilan, istiqboldagi rejalarning esa bashoratlar (prognoz) bilan bog’liq bo’lishida o’z aksini topadi. Boshqacha qilib aytganda, rejalashtirish qisqa muddatli tavsifga ega bo’lgan indikativ reja tabiatiga mos kelmovchi, yanvardan martgacha yoki martdan dekabrgacha, ya’ni “...dan” “...gacha” tamoyili asosida amalga oshirilmasligi lozim. Rejalashtirishning “...dan” “...gacha” tamoyilini inkor qilganda biz avvalo vaqt bo’yicha rejalashtirish uzilishining oldini olishni ko’zda tutamiz. Masalan, o’sha indikativ reja o’z davomiga ega bo’lishi, ya’ni korxona o’z faolitini yanvar-mart oylariga rejalashtirganda keyingi davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vazifalarni ham, albatta, bozor kon’yunkturasi, iste’molchilar manfaati va ishlab chiqarish holatlarining o’zgarishini ko’zda tutishi lozim. Bu vazifa asosan yil davomida amalga oshiriluvchi rejalarni aniqlashtirish va muayyan-lashtirish yo’li bilan bajariladi. Optimallik ham rejalashtirish tamoyillari qatoriga kiradi. Rejalar barcha ishlab chiqarish resurslaridan chiqitlar va yo’ldosh mahsulotlardan keng foydalanishni inobatga olgan holda iloji boricha rasional va unumli foydalanishni ta’minlashi hamda yuqori natijalarga erishish uchun eng samarali yo’llarni tanlashi kerak. Rejalashtirishning optimalligiga iqtisodiy-matematik usullar va elektron hisoblash mashinalarini qo’llash, rejalarning bir nechta variantlarini ishlab chiqish yordamida erishiladi. Ko’p variantlilik eng tejamkor reja varianti yoki korxona faoliyati dasturini tanlashga imkon yaratadi. Moslashuvchanlik rejalashtirishning bozor sharoitlaridagi muhim tamoyili hisoblanadi. U ishlab chiqarish rejalariga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritish, iste’molchilar va xaridorlar talablarini hisobga olish, ishlab chiqarishning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan pasayishi va inqiroz-larning oldini olishga yordam beradi. “Korxonalar to’g’risida”gi qonun ishlab chiqarishni rejalashtirishda ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratadi. Biroq hyech qanday tamoyil, jumladan, yuqorida sanab o’tilgan tamoyillar ham, o’zidan-o’zi, ya’ni shu tamoyillar uchungina kerak emas. Agar amaliyotda qo’llanmasa bu tamoyillar faqat qog’ozda qolib ketishi yoki oddiy chaqiriq bo’lib qolishi mumkin. Shu sababli korxona rahbarining rejalashtirish jarayonini, aniqrog’i, rejaning bajarilishi hamda rejalashtirishning belgilangan va boshqa tamoyillari qanday aks ettirilganligini nazorat qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Nazorat kerakli natijalarga erishish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan disproporsiyalarni aniqlash va ularning oldini olish, shuningdek, zahiralarni aniqlash va ulardan foydalanish yo’llarini belgilashga imkon berdi.

Yüklə 67,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin