Mavzu: korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishi bajardi


Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining oʻzgarish tamoyillari



Yüklə 67,14 Kb.
səhifə4/12
tarix27.12.2023
ölçüsü67,14 Kb.
#198656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi mavzu korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlati-fayllar.org

3. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining oʻzgarish tamoyillari
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha oʻtgan davr sezilarli ta’sir koʻrsatadi. SHu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini oʻzgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir. Bunday xarajatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, ya’ni qoʻshimcha ishchi kuchini yollash va ulardan foydalanish; 2) xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini koʻpaytirish; 3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin boʻlgan mehnat vositalari miqdorini koʻpaytirish va h.k. Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band boʻlgan resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlgan davrdir. Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham oʻzgaruvchi hisoblanadi.
4. Foydaning mazmuni
Foyda normasi va massasi Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan oʻtadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chogʻida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon boʻlmaydi; ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan soʻng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi. Foyda miqdoriga ta’sir koʻrsatuvchi ikkinchi omil – korxona oʻz mahsulotlarini sotuvchi narx darajasi boʻlib, bu oʻrinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi oʻrtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib koʻrsatish mumkin. Korxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi. Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga – korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablagʻlarga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.

Yüklə 67,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin