Mavzu: Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 270,5 Kb.
səhifə2/7
tarix16.09.2023
ölçüsü270,5 Kb.
#144240
1   2   3   4   5   6   7
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINI BOSHQARISH USULLARI

Korxonani boshqarish - bu xo’jalik rahbar organlari, korxona ma'muriyati hamda jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishishini ko’zda tutgan holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum unsurlariga, ularning o’zaro amal qilishini uyushtirish uchun aniq maqsad yo’nalishida tartibli ta'sir ko’rsatishdir.
Har qaysi ishlab chiqarish xoh u korxona darajasida, xoh u mamlakat miqyosida bo’lsin o’zining boshqariluvchisi (ob'ekti) va boshqaruvchisi (sub'ekti)ga ega bo’ladi.
Boshqariluvchi yoki boshqaruv ob'ekti ko’p qirrali ishlab chiqarish jarayoni bo’lib, u:

  • moddiy va texnikaviy tayyorgarlik (asosiy va aylanma fondlari);

  • tashkiliy mehnat tayyorgarligi (kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish, joy-joyiga qo’yish, o’qitish va hk.);

  • xizmat ko’rsatishni tashkil qilish (energiya berish, ta'mirlash, tashish va hk.);

  • mahsulot ishlab chiqarishning bevosita jarayoni va uni sotishni tashkil qilishni o’z ichiga oladi.

Boshqaruvchi yoki boshqaruv sub'ekti - bu bir guruh kishilar hamda boshqaruv organlaridan iborat bo’lib, turli shakllar, usullar va texnikaviy vositalar yordamida boshqariluvchi ob'ektga ta'sir o’tkazadi. Boshqarish ob'ektlari bo’lmasa, uning sub'ektlari ham bo’lmaydi. Demak, boshqaruvchi ichki tizimning negizida boshqaruvchi kichik tizim yotadi.
Masalan, korxona bo’g’inida sub'ekt bo’lib, shu korxonaning direktori va unga bo’ysinuvchi butun boshqaruv apparati hisoblanda. Ob'ekt bo’lib esa shu korxonadagi barcha tsexlar va uchastkalar hisoblanadi
Tsex bo’g’inida sub'ekt bo’lib, tsex boshlig’i va unga bo’ysinuvchi barcha boshqaruv apparati hisoblansa, boshqariladigan ob'ektni esa barcha tsexlar tashkil qiladi.
Uchastka bo’g’inida boshqariluvchi ob'ektga ishchilarning ish joylari kiradi. Boshqaruv sub'ekti bo’lib, uchastka boshliqlari hisoblanadi.
Ish joylarida ham boshqarish mavjud bo’lib, u boshqa ko’rinishda amalga oshiriladi. Bunday boshqarish mehnat vositalarini, ya'ni buyumni boshqarish deyiladi (12 -jadval).



Yüklə 270,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin