Mavzu: Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish


Ishlab chiqilgan mahsulot sifatini boshqarish



Yüklə 270,5 Kb.
səhifə5/7
tarix16.09.2023
ölçüsü270,5 Kb.
#144240
1   2   3   4   5   6   7
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINI BOSHQARISH USULLARI

Ishlab chiqilgan mahsulot sifatini boshqarish
Mahsulot sifatini boshqarish deganda, buyumlarni iste'molchilar talablariga butunlay mos keluvchi sifat tasniflari bilan ishlab chiqarishni ta'minlovchi maqsadga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Mahsulot sifatini baholash va uni boshqarish zaruriyati:

  • rejalashtirish va istiqbolni belgilashda;

  • yangi mahsulot yaratish variantini tanlashda;

  • normativ (me'yoriy) hujjatlarni ishlab chiqishda;

  • mahsulot sifatini nazorat qilishda;

  • mahsulot sifatini oshirgani uchun xodimlarni rag’batlantirishda;

  • sifat to’g’risida axborot yig’ishni tashkil etishda va hokazo hollarda vujudga keladi.

Sifatli tovar deganda uning mustahkamligi, chidamliligi, iste'mol xususiyatlari, tashqi ko’rinishi standartlashtirilganlik darajasi, tayyorlanish texnologiyasi va boshqalarni o’zida jam etgan tovar tushuniladi.
Mahsulot sifati mazkur tovardan, ma'lum ijtimoiy ehtiyojning mazkur iste'mol qiymatidan qoniqqanlik darajasini ifodalaydi. Mahsulot sifati xom-ashyo, ishlab chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada namoyon bo’ladi.
Xom-ashyo sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara:

  • materiallar sarfi normalarining kamayishida;

  • unga ishlov berishga qilinadigan mehnat sarfining qisqarishida;

  • pirovard mahsulot chiqishining ko’payishida;

  • mahsulot sifatining yaxshilanishida namoyon bo’ladi.

Mashinalar sifatini oshirishning samaradorligi:

  • mehnat unumdorligining oshishida;

  • mashinalar chidamliligining uzayishida;

  • zaxiradagi mashinalarga bo’lgan talabning qisqarishida;

  • ta'mirtalab mashinalar sonining kamayishida;

  • kapital sarflariga bo’lgan tejamkorlikda namoyon bo’ladi va hk.

Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta'sir ko’rsatadi:

      • ishlab chiqarish vositalari sifati; xom-ashyo va materiallar sifati;

      • ishlovchilarning malakasi, ish qobiliyati, uyushqoqligi, tashabbuskorligi, izlanuvchanligi va ijodiy yondoshuvi;

      • ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish san'ati.




Yüklə 270,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin