Mavzu: Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili Abdudslomov Abdulaziz reja


Korxonaning xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lov qobiliyati tahlili



Yüklə 44,08 Kb.
səhifə4/9
tarix27.12.2023
ölçüsü44,08 Kb.
#199540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili-fayllar.org

Korxonaning xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lov qobiliyati tahlili


To‘lash uchun mablag‘lar


Satr raqami


Hisobot yili oxiriga summasi, ming so‘m


To‘lov qarzlari


Satr raqami


Hisobot yili oxiriga summasi, ming so‘m

1. Pul mablag‘lari, ya’ni


kassadagi va hisob raqamidagi pul mablag‘lari

330-340

9374

1. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar (qarzlar)


610

90387

2. Valuta mablag‘lari


350

117

2. Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlari


680

400

3. Qisqa muddatli investitsiyalar, boshqa pul


mablag‘lari va joriy aktivlar

360-380

12009

3. Soliq va majburiy kechiktirilgan majburiyatlar


to‘lovlar


bo‘yicha


650

-

4. Tayyor mahsulot


170

167464

4. Mulkiy va shaxsiy sug‘urta bo‘yicha qarzlari


700



5. Debitorlik qarzlari


210

148125

5. Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar


bo‘yicha qarzlar

690

6721







7. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar


720

5007







8. Qisqa muddatli kredit va qarzlar


730-740

35593

9. Boshqa joriy majburiyatlar


-

25039









Jami to‘lash
mablag‘lar


uchun


xxx


337089


Jami to‘lov qarzlari


xxx


163147

Qarz to‘lov


riyatlarning ko‘pligi

majbu-

xxx

-

To‘lov qarzlaridan to‘lov mablag‘larining
ko‘pligi (ortiqchaliligi)

xxx

173942



Balans


xxx


337089


Balans


xxx


337089

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyekti joriy davrda to‘lov qobiliyatiga ega hisoblanadi. Korxonaning jami to‘lov mablag‘lari 337089 ming so‘m bo‘lgani holda, jami to‘lov qarzlari 163147 ming so‘mni tashkil qilgan. Bundan ko‘rinadiki korxonada to‘lov qarzlariga nisbatan to‘lov mablag‘lari 173942 ming so‘mga ko‘p bo‘lgan. Bu esa korxonaning mutlaq to‘lov qobiliyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari to‘lov mablag‘lari tarkibiga e’tibor qiladigan bo‘lsak, uning asosini tayyor mahsulotlar (167464 ming so‘m) hamda debitorlik qarzlari (148125 ming so‘m) tashkil qilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, korxona ayni vaqtda tez to‘lov qobiliyatiga ega emas ekan. To‘lov qarzlarining asosini esa mol yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qarzlar hamda boshqa shu kabi majburiyatlar tashkil qilmoqda. Bu esa ushbu qarzlarni qisqa muddatlarda to‘lab beish lozimligini bildiradi. Korxona ma’muriyati to‘lov qobiliyatini yaxshilash uchun mavjud tayyor mahsulotlarini sotish choralarini ko‘rishi hamda debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini ko‘rishi lozim bo‘ladi. Aks holda, korxonaning to‘lov qobiliyati bundanda yomonlashishi mumkin.



Korxonaning to‘lov qobiliyatini baholashda, odatda, quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
  • Mutlaq to‘lov layoqati koeffitsiyenti.


  • Oraliq to‘lov layoqati koeffitsiyenti.


  • Joriy to‘lov layoqati koeffitsiyenti.


Mutlaq to‘lov layoqati ko‘rsatkichi korxonaning joriy aktivlarida harakatchan aktivlarning to‘lov majburiyatlarini qoplashiga yetarliligi yoki yetishmasliligini; oraliq to‘lov layoqati ko‘rsatkichi joriy aktivlarda harakatchan va tez pulga aylanadigan aktivlarni to‘lov majburiyatlarini qoplashga yetarliligi yoki yetishmasliligini; joriy to‘lov layoqati ko‘rsatkichi esa joriy aktivlarda barcha aylanma aktivlarning to‘lov majburiyatlarini to‘lashga yetarliligi yoki yetishmasliligini tasniflaydi.


Korxonaning to‘lov layoqatiga baho berishda muqobillik variantlarini ham qo‘llash lozim bo‘ladi. Yangi ochilgan va hali faoliyat boshlamagan korxonalarga kredit berish yuzasidan qaror qabul qilishda, uning biznes-reja ko‘rsatkichlari va u bo‘yicha aniqlangan to‘lovga qodirlikning ehtimolligiga, korxonaga maqsadli, markazlashgan kredit resurslarining tushirilishiga, texnik loyihalar asosida kredit ajratilishi va hokazolarga ahamiyat berilishi muhimdir.
Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti to‘lov qobiliyatining qat’iy me’yori qisqa muddatli majburiyatlarni darhol mavjud pul mablag‘lari bilan qoplanishidir. Bu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, qarzni uzish kafolati
shuncha yuqori bo‘ladi. Oz miqdordagi mablag‘ga ega bo‘lib, pul mablag‘larini kirimi va chiqimini muddati va miqdorini nazorat qilish orqali balans likvidligini ta’minlagan holda korxona doimiy ravishda to‘lovga qodir bo‘lishi mumkin. Mutlaq likvidlik koeffitsiyentining, ya’ni pul mablag‘lari va qisqa muddatli investitsiyalarni qisqa muddatli majburiyatlarni qoplashning yil boshi va yil oxiridagi natijalari biroz tavsiya etilgan me’yorlarga yaqin.
Oraliqni qoplash likvidlilik koeffitsiyenti joriy qarzlarni qancha qismi (zaxiralarsiz) debitorlik qarzlarni to‘liq undirilgan holda qoplay olishini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich darajasi 0,5 dan 1,0 gacha va undan yuqori bo‘lishi korxonaning faoliyat turi, joriy aktivlarining strukturasi va debitorlik qarzlarni sifati va boshqa moliyaviy ko‘rsat- kichlarning nisbatiga: sotish hajmi bilan aylanma mablag‘lar, sotish hajmi va debitorlik qarzlar, oborot aktivlari va qisqa muddatli majburiyatlarga bog‘liq. Debitorlik qarzlarini yuqori hajmda va jami mablag‘larda salmoqli ulushga ega bo‘lishi korxonaning to‘lovga qodirligini amalda pasayishiga olib keladi. Likvidlikni tahlil etishda debitorlik qarzlarni miqdori va sifatiga katta e’tibor qaratiladi, chunki ularni to‘lov manbalariga aylanishi uchun ketadigan vaqt uzoq muddatni tashkil etadi, inflatsiya tufayli yana qo‘shimcha yo‘qotishlarga duch keladi. Bizning misolimizda oraliqni qoplash likvidlik koeffitsiyenti yil boshi va yil oxirida tavsiya etilgan me’yordan kichik. Ammo, korxona rahbariyati debitorlik qarzlar bilan ishlashni faollashtirib bu shakldagi oborot mablag‘larni pul shaklida muomalaga kiritilishini tezlashtirish orqali mol yetkazib beruvchilar bilan bo‘ladigan hisoblashishni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Joriy likvidlik (qoplash) koeffitsiyenti yoki umumiy qoplash koef- fitsiyenti:
  • joriy qarzlarning qancha qismi joriy aktivlar bilan qoplanishini;


  • joriy majburiyatlarning har so‘miga necha so‘mlik joriy aktivlar (aylanma mablag‘lar) qiymati to‘g‘ri kelishini;


  • joriy majburiyatlarni jami aylanma mablag‘lari bilan qoplanish darajasini ifodalaydi.


Joriy likvidlik koeffitsiyenti korxonani chiqargan aksiyalari va obligatsiyalarini xarid etgan subyekt va jismoniy shaxslar uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Aksiyadan olinadigan dividendlar miqdori, obli- gatsiyalardan foizlar joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasiga bog‘liqdir. Joriy aktivlarni qisqa muddatli majburiyatlarga nisbatan yuqori bo‘lishi rezerv zaxirasini hosil qiladi. Rezerv zaxirasi korxona zarar ko‘rganda qoplashga sarflanadi. Bu ko‘rsatkichni qanchalik yuqori bo‘lishi kreditorlarda qarzni uzishga bo‘lgan ishonchini ta’minlaydi.


Joriy likvidlik koeffitsiyentining me’yor ko‘rsatkichi 1 dan 2 gacha hisoblanadi, ammo, barcha tarmoqlar uchun yagona me’yor belgilanishi maqsadga muvofiq emas, chunki, bu ko‘rsatkich darajasi korxonaning faoliyat turi, uning tuzilishi va balans aktivining sifati, operatsion jarayon davomiyligi, kreditorlik qarzlarni qoplanish muddatlari va h.k. larga bog‘liq. Joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasining hisob – kitobiga ko‘ra likvidlik yil boshi va yil oxirida me’yor darajasida, uning o‘sish su’rati 1,08 koeffitsiyentni tashkil etgan. Joriy likvidlik koeffitsiyen- tining darajasi ko‘p jihatdan zaxiralarni tashkil etish manbalari uzoq muddatli majburiyat va korxonaning o‘z kapitaliga bog‘liq. Uning darajasini oshirish uchun o‘z kapitalini manbalar bilan to‘ldirish, aktivlar va debitorlik qarzlar o‘sishini turg‘un holda saqlashdan iborat. Mazkur ko‘rsatkichdan korxona aktivi likvidligini baholash va uzoq muddatli istiqbolda to‘lovga qodirligini aniqlashda foydalaniladi. Oborot aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlardan ikki marotaba ortiq bo‘lishi korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy holatini barqaror o‘sishi uchun zamin yaratadi. Buning natijasida ishchi kapitali yoki «sof oborot aktivi» shakllanadi.
2-jadval

Yüklə 44,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin