3. Joriy likvidlik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyentni aniqlash uchun «Eng yuqori likvidli aktivlar» bilan «Tez realizatsiya etiladigan aktivlar» tarkibiga «Sekinlik bilan realizatsiya etiladigan aktiv»larni qo‘shib, jami summasini mo‘tadil qisqa muddatli majburiyatlarga bo‘lish kerak, ya’ni quyidagi formuladan foydalanib aniqlanadi:
Kjl=
Formulaning suratidagi ko‘rsatkichlar kelgusi davr xarajatlarini chegirib tashlangandan keyin, qolgan jami joriy aktivlar hajmini ifodalaydi. Demak, joriy aktivlar summasini mo‘tadil qisqa muddatli majburiyatlarga bolish orqali joriy likvidlik koeffitsiyenti aniqlanadi. Boshqacha aytganda, joriy tolovga qodirlik koeffitsiyenti aniqlanadi. 3.Joriy likvidlik (to‘lovga qodirlik) koeffitsiyenti nimani bildiradi? Bu koeffitsiyent xo‘jalik debitorlik qarzlarini o‘z vaqtida undira olsa, tayyor va tovar mahsulotlarini mo‘tadil holatda realizatsiya qila olsa ham da ishlab chiqarish zahiralarining ayrim turlarini zarurat tug‘ilganda sota olsa hamda tugallanmagan ishlab chiqarishni pul shakliga aylantira olgan taqdirda korxona aylanma aktivlari bilan mo‘tadil qisqa muddatli majburiyatlarni qoplay (tulay) olish imkoniyatiga ega bolishligini, ya’ni to’lovga qodir bo’lishligini bildiradi. Bu koeffitsiyent 2 va undan ortiq bo’lsa, uni mo‘tadil ko‘rsatkich deb atash mumkin:
Kk≥2
Yuqorida bayon qilingan tolovga qodirlik (ya’ni likvidlik) koeffitsiyentlarini hisoblash tartibini quyidagi shaklda keltirdik.
To’lovga qodirlik koeffitsiyentlarini hisoblash tartibi
A1 - Pul mablag'lari va qisqa muddatli investitsiyalar (qimmatli kog'ozlar).
PI - Joriy kreditorlik qarzlari.
P 2 - M o‘tadil qisqa muddatli passivlar (kreditlar va qarziar)
2. Tezkor likvidlik (oraliq to’lovga qodirlik) koeffitsiyenti
Ktl=
A2 - Debitorlik qarzlari, tayyor mahsulot va tovarlar hajmi (tez realizatsiya etiladigan tovarlar)
3. Joriy likvidlik (to'lovga qodirlik) koeffitsiyenti
Kjl=
A3 - Sekinlik bilan realizatsiya etiladigan aktivlar (ishlab chiqarish zahiralari. tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlarisiz).