To'lovga qodirlik ko'rsatkichlari va ulami hisoblash usullari Balans-netto ma’lumotlari bo‘yicha maxsus guruhlarga bo'lingan aktivlar va passivlar tarkibidagi moddalar asosida fermer xo'jaligining to‘lov qobiliyatiga baho berish uchun amaliyotda balans likvidligining quyidagi nisbiy ko'rsatkichlari qo'llaniladi:
mutlaq likvidlik koeffitsiyenti (mutlaq to'lovga qodirlik koeffitsiyenti);
2 ) tezkor likvidlik koeffitsiyenti (oraliq to'lovga qodirlik koeffitsiyenti);
3) joriy likvidlik koeffitsiyenti (joriy to'lovga qodirlik koeffitsiyenti).
Mazkur koeffitsiyentiar bir-biridan formulaning suratidagi to'lov mablag' larining tarkibi bo'yicha farq qiladi, ya’ni qisqa muddatli majburiyatlarni qoplashda (to'lashda) ishtirok etuvchi likvidli aktivlar tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Endi, ushbu koeffitsiyentlarni hisoblash usullariga to'xtalamiz.
1) Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyentni aniqlash uchun yuqori likvidli aktivlarni (Al) qisqa muddatli majburiyatlarga (tezlikda to'lanadigan majburiyatlar (PI) bilan mo'tadil qisqa muddatli passivlar (P2) summalarining yig'indisiga) bo'lish kerak.
Kml=
«Eng yuqori likvidli aktivlar» yuqorida qayd qilinganidek, pul mablag'lari bilan qisqa muddatli investitsiyalardan tashkil topadi. Bu koeffitsiyent xo'jalikning mutlaq to'lovga qodirligi darajasini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, pul mablag'lari bilan qisqa muddatli investitsiyalar (qimmatli qog'ozlar) hisobiga qisqa muddatli qarzlarini qancha qismini qaytara olishi (yoki to'lay olishi) mumkinligini bildiradi. Ushbu koeffitsiyent 0,2 dan 0,5 gacha bo'lsa mo'tadil ko'rsatkich bo'lishi mumkin:
Kml = 0,2 -0 ,5 .
2. Tezkor likvidlik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyentni oraliq to'lovga qodirlik koeffitsiyenti deb ham atashadi. Buni likvidlik koeffitsiyenti formulasining suratiga (Al) debitorlik qarzlari, tayyor va tovar mahsulotlari qiymatini qo'shib, yig'indisini (.42) joriy kreditorlik qarzlari bilan mo'tadil qisqa muddatli passivlar jamiga bo'lish kerak.
Demak, boshqacha aytganda, ushbu koeffitsiyentni aniqlash uchun «eng yuqori likvidli aktivlar» ga «tez realizatsiya etiladigan aktivlar (A2) summasini qo'shib, yig'indisini mo'tadil qisqa muddatli majburiyatlar» summasiga bo'lish kerak, ya’ni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
KTI=
Agar ushbu koeffitsiyent «1» yoki undan katta bo‘lsa, mo‘tadil ko‘rsatkich bolishi mumkin:
KTI≥1
Demak, ushbu koeffitsiyent shunday boigan taqdirda, korxona mavjud pul mablag’lari, qisqa muddatli investitsiyalar, debitorlik qarzlari, tayyor mahsulot va tovarlar bilan mo‘tadil qisqa muddatli majburiyatlarni qoplash qurbiga (qobiliyatiga) ega bo’la oladi, agar debitorlik qarzlarini tezlikda undira olsa, tayyor mahsulot va tovarlarni o‘z vaqtida sotib pulga aylantira olsa, shunda to’lov layoqatiga ega bo’ladi.