Mavzu: Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili Abdudslomov Abdulaziz reja


Uzoq muddatli to‘lov qobiliyati esa



Yüklə 44,08 Kb.
səhifə6/9
tarix27.12.2023
ölçüsü44,08 Kb.
#199540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili-fayllar.org

Uzoq muddatli to‘lov qobiliyati esa:
= Oborot aktivlar = 125152 = 3,4
Majburiyatlar 35772
Demak, korxona yuqori to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan. Bu korxona faoliyati uchun ijobiy holat hisoblanadi.
Korxonaning mavjud pul mablag‘lari doim to‘lov majburiyatlarini qaytarishga tayyor bo‘lgan manba bo‘lganligi uchun hamda qimmatli qog‘ozlar ham shu maqsadga ishlatilishi mumkinligini hisobga olib, to‘lov qobiliyatini belgilovchi koeffitsiyent hisoblaniladi, shuningdek, turli aylanma mablag‘larning pul shakllariga o‘tish muddati har xilligi e’tiborga olinganda, tayyor mahsulot zaxiralari tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlar va yarimfabrikatlarning pulga aylantirish tezligini o‘rganish zurur. Bundan tashqari to‘lov qobiliyatining o‘zgarishida debi- torlik qarzlarining pulga aylanish tezligi, bankdagi to‘lov hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi va ularning tez harakat qilishiga bog‘liqdir. Agarda, debitor, mablag‘larni qarz majburiyatlarini uzishga yo‘naltirilsa, oraliq to‘lov qarzlarini qoplashlik koeffiitsiyenti ko‘rsatkichi hisobla- nadi, demak, korxona qisqa muddatli to‘lov majburiyatlarini qoplashga o‘zining barcha aylanma mablag‘larini, ya’ni zaxiralar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlarini jalb etishi lozim bo‘ladi.
Kelgusi yilda korxonaning to‘lov qobiliyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bilish uchun mahsulotlar sotishdan keladigan tushum hajmini tahlil qilish lozim. Jami tushum hisobiga sarflangan xarajatlar qoplanadi, majburiy to‘lovlar bajariladi va ehtiyot rivojlantirish jamg‘armalari yaratiladi. Sof tushum bevosita korxona oborotida qatnashadi, bunga asosiy vosita eskirishi va sof foyda kiradi.
Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil qilishda sof tushum koeffitsiyentini hisoblash muhimdir, bu ko‘rsatkich quyidagicha aniq- lanadi.
Sof foyda + asosiy vositalar eskirishi (amortizatsiya)

sotishdan tushum

Hissadorlik, kooperativ, kichik va hamkorlikda ishlaydigan


korxonalarda o‘ziga qarashli mol-mulkni ko‘paytirish ahamiyatli hisoblanadi. Ayniqsa, hissadorlik va boshqa jamg‘armalarni to‘ldirib borish zururdir. Bu hissadorlar, ustav fondi qatnashchilari va a’zolarning badallari hisobiga to‘ldiriladi. Shuning uchun ham a’zolarining kelishuviga muvofiq, qonun bilan belgilangan ustav fondining hajmi kamaytirilmasligi va u to‘ldirib borilishi zarur. Korxona balansini o‘rganishda, albatta, nizom jamg‘armasining o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish sabablari tahlil qilinadi. Ustav fondining ko‘payishi ham moliyaviy barqarorlik yaxshilanganligi belgisi hisoblanadi.
Balans aktivlarini pulga aylanish tezligi bo'yicha quyidagi 4 ta guruhga bo'lib, tahlil etiladi:
A1 - eng yuqori likvidli aktivlar. Bular doimiy harakatdagi aktivlar deb ham yuritiladi. Bu guruhga korxonaning barcha pul mablag'lari va qisqa muddatli investitsiyalar (qimmatli qog'ozlar) kiradi;
A2 - tez realizatsiya etiladigan aktivlar. Ushbu guruhga barcha debitorlik qarzlari kiritilib kelinmoqda. Bu guruhga tayyor mahsulot, tovarlar, o'stirish va boquvdagi mollarning qiymatlarini kiritish zarur deb hisoblaymiz, ammo o'stirish va boquvdagi mollarning qiymati balansda ajratib ko'rsatilmaganligi uchun biz ushbu guruhning hajmini debitorlik qarzlari. tayyor mahsulot va tovarlar qiymati tariqasida oldik va tahlil qildik.
A3 - sekinlik bilan realizatsiya etiladigan aktivlar; bu guruhga moddiy ishlab chiqarish zahiralari to'liq kiritilib kelinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu guruhga ishlab chiqarish zahiralari (o'stirish va boquvdagi mollar qiymatidan tashqarisi), tugallanmagan ishlab chiqarish va uzoq muddatli investitsiyani kiritib, kelgusi davr xarajatlarini chegirib tashlash kerak.
A4 - qiyinchilik bilan realizatsiya etiladigan aktivlar. Bu guruhga «Uzoq muddatli aktivlar» kiritilib kelinmoqda.
Bizning fikrimizcha, bu guruhga uzoq muddatli investitsiyadan tashqari qolgan jami qismini kiritish maqsadga muvofiq bo'ladi. Balans passivlarini «To'lov muddati darajasi» bo'yicha quyidagi 4 ta guruhga bo'lib, tahlil etiladi:
PI - tezlikda to'lanadigan majburiyatlar. Bu guruhga joriy kreditorlik qarzlari bilan o'z vaqtida qaytarilmagan bank ssudalari kiradi. Joriy kreditorlik qarzlari kreditorlik qarzlaridan Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan to'lov muddati uzaytirilgan kreditorlik qarzlarini chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
P2 - qisqa muddatli passivlar. Ushbu guruhga muddatida qaytarilmagan ssudalardan tashqari qisqa muddatli kreditlar va qisqa muddatli qarziar kiradi. Bularning hajmini aniqlash uchun qisqa muddatli kreditlar va qarziar summasidan Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan to'lov muddati o'zaytirilgan ssuda qarzlari summasini chegirib tashlash kerak. Bularni mo'tadil qisqa muddatli kreditlar va qarziar deb atash zarur.
P3 - uzoq muddatli passivlar. Ushbu guruhga uzoq muddatli kreditlar va uzoq muddatli qarzlar kiradi.
P4 - doimiy passivlar. Bu guruhga balans passivining l-bo'limidagi barcha moddalar kiritiladi, ya’ni «O 'z mablag'larining manbalari»ning jami doimiy passivlar bo'lib hisoblanadi.
Balansning ham aktivi, ham passivini maxsus guruhlarga bo'lib olgandan keyin likvidlik (to'lovga qodirlik) ko'rsatkichlari aniqlanadi va shular asosida to'lov qobiliyati ko'rsatkichi tahlil qilinadi.

Yüklə 44,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin