Jigar sirrozlari kasalliklarning kattagina bir guruhini tashkil etadi,ulaming asosida har xil etiologik va patogenetik omillar yotadi. Bu kasalliklar quyidagi umumiy belgilariga ko'ra bir guruhga birlashtirilgan: jigarda diffuz ravishda fibroz to'qima o'sishiga, normada uchramaydigan har xil kattalikdagi tugunlar paydo bo'lishiga
Морфологияси
Sirroz degan tushunchani o`rganganda chandiq to'qim a (o'choqli fibroz) paydo bo'lishi degan tushuncha bilan adashtirmaslik kerak. Jigarda biriktiruvchi to'qim a o'sishi tabiatan har xil bo'lishi va bir-biriga tutashib ketgan yoki yaxlit fibroz to'qim a shaklida bo'ladigan fibroz to 'r ko'rinishida ko'zga tashlanishi mumkin.
Морфологияси
Морфологияси
Sirrozning muhim morfologik belgisi jigarda tugunlar paydo bo'lishidir, bu tugunlaming bir qismi fibroz to'qima bilan o'ralgan bo'ladi. Fibroz to'qim a jigar bo'lakchalarini kesib o'tib, markaziy venani portal yo'l bilan tutashtirib qo'yishi yoki bir-biriga taqalib turgan bir nechta bo'lakchalarni o'rab olib, bir muncha yirik tugunlar hosil qilishi mumkin. Soxta bo'lakchalar saqlanib qolgan jigar hujayralari regeneratsiyasi hisobiga ham diffuz ravishda hosil bo'lishi mumkin. Bunda avvaliga mayda tugunchalar, keyin markaziy vena atipik ravishda joylashgan to'sinlar tuzilishi aynab ketgan soxta bo'lakchalar paydo bo'ladi.
Морфологияси
Soxta bo'lakchalaming katta-kichikligiga qarab: sirrozning mikronodulyar, makronodulyar va aralash xillari tafovut qilinadi. Sirroz zo'rayib borgani sayin mikronodulyar sirroz makronodulyar sirrozga aylanib ketishi mumkin.Gepatositlar distrofiyasi bilan nekrozi tabiati jihatidan har xil va sirrozning etiologiyasi bilan patogeneziga bog'liq bo'ladi. Sirroz ko'pchilik hollarda zo'rayib boradi va portal gipertenziya bilan jigar yetishmovchiligi boshlanishiga olib keladi.
Jigar sirrozining etiologiyasi bilan patogenezi juda har xil, shu narsa sirrozning turli ko‘rinishlari tafovut qilishga imkon beradi: 1) alkogol, pestisidlar, sanoat zaharlari, allergenlar ta’siriga aloqador toksik va toksik-allergik sirrozlar; 2) oqsillar, vitaminlar, lipotrop moddalar yetishmovchiligiga aloqador metabolik sirrozlar; 3) virusli gepatitlar, o 't yo'llari infektsiyalari oqibatida, jigarning parazitar kasalliklari mahalida paydo bo'ladigan infektsion sirrozlar;