Mavzu: Lider va shaxslarning ozaro aloqadorligi, rahbarlik muomalasi Reja



Yüklə 25,75 Kb.
səhifə8/9
tarix30.03.2023
ölçüsü25,75 Kb.
#91331
1   2   3   4   5   6   7   8   9
lider

Liderlik va superliderlik
Amerikalik tadqiqotchi Linda Djuell o`zining «Industrialno organizatsionnaya psixologiya» (2001 yil) kitobida ijtimoiy psixologik xodisalardan muhimi bo`lmish liderlik masalasiga o`zining o`ziga xos yondashuvini bayon etgan. U bu muammoni aynan bizning sharoitimizdagi talqini, ya’ni mardlik va jasorat ko`rsatish uchun ochiq maydonlar yo`q bo`lgan sharoitda liderlik xislatlarining namoyon bo`lish xususiyatlarini ochishga urinadi. Uning fikricha, zamonaviy ishlab chiqarishning samaradorligi eng avvalo xodimlar rolini oshirib, liderlarnikini aksincha, pastlashtirish, yoki aniqrog`i, kamaytirish hisobiga ro`y beradi. Shundagina rahbarlikda ortiqcha bo`g`inlarni kamaytirish mumkin. Liderning, ya’ni amerikaliklar rahbarni lider fenomeni doirasida tasavvur qilishadi, vazifasi – guruhning samarali faoliyat ko`rsatish yo`llarini belgilab berishdir. Bu kitobda ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli bo`lgan tushunchadan biri bu – «superlider» tushunchasidir. Superlider kim va qachon oddiy lider superga aylanadi? Amerikalik tadqiqotchilar Mans va Simslarning fikricha, eng yaxshi lider – bu «superliderdir». Bu shunday shaxski, u o`z xodimlarining aksariyatini liderlarga, birinchi navbatda o`zlari uchun liderlarga aylantira oladi. Bundagi asosiy g`oya shundan iboratki, agar odam eng avvalo o`zi uchun lider bo`la olsa, o`zidagi bu malaka yoki mahoratni boshqalarga yetkaza olsagina, bu odam uchun shunday vaqt-saot yetib keladiki, jamoa o`zi mustaqil ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga muhtoj bo`lmagan mexanizmga aylanadi. Bu – superliderlikdir. Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanishi bir necha bosqichlarda kechadi (pr. ):
I – o`zi uchun lider bo`lish, ya’ni shaxsiy maqsad va maslaklar, o`zini o`zi kuzatish, o`zini o`zi rag`batlantirish , hayoliy repititsiyalar va kognitiv tahlillar orqali o`zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o`zida boshqalarga o`rnak bo`luvchi sifatlar borligini anglash;
II – yuqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarini o`zgalarga namoyish etib, uning afzalliklariga ishontira olish;
III – xodimlariga o`zlarida tashabbus va o`ziga ishonchni namoyon etish uchun sharoit yaratish;
IV – mustaqil qobilyat egalari bo`lgan xodimlarni rag`batlantirish, kerak bo`lganda, faqat konstruktiv tanbehlar berish;
V – o`z-o`zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va ishlarga xadeb aralashaverishdan o`zini tiyish. Demak, samarali boshqaruv – aslida ijtimoiy ta’sirni amalga oshirishning eng namoyishkorona ko`rinishidir.
Shu ma’noda, liderlik – avval shaxsning o`ziga, so`ngra o`zgalarga bera oladigan ta’sirida ko`rinadigan fazilatlar majmuidir, deb ta’riflanadi.

Yüklə 25,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin