Mavzu: Lider va shaxslarning ozaro aloqadorligi, rahbarlik muomalasi Reja



Yüklə 25,75 Kb.
səhifə6/9
tarix30.03.2023
ölçüsü25,75 Kb.
#91331
1   2   3   4   5   6   7   8   9
lider

Rahbarlik sifatlari
Yuqorida aytib o`tilganidek rahbarda tug`ma qobiliyat bo`ladi deb ham aytib bo`lmaydi, ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib ketaveradi, deb ham bo`lmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida ko`plari rahbarlik uchun qulay va ma’quldir. A.V. Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlardan bir yarim mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, albatta bo`lishi lozim bo`lgan ayrim sifat, qobiliyatlar borki, ular haqida qisqacha to`xtalib o`tmoq lozim.
Avvalo, har qanday rahbarda intellekt — aql-zakovatning ma’lum normasi bo`lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun o`rtadan yuqori bo`lmog`i maqsadga muvofiqdir, chunki geniy darajasidagi intellektga ega bo`lgan rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishini, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to`siq bo`lishini amaliyot va hayot ko`rsatdi. Rahbardagi o`rtadan yuqori intellektni qoplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki, ayrim hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yo`l-yo`riqlar ko`rsata olishi, har bir aytilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Chunki mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir. Rahbarda mustaqillik bo`lsa, unda o`ziga ishonch ham bo`ladi, bu esa o`z navbatida rahbardagi sub’ektiv talablar darajasining yuqori bo`lishiga olib keladi. Ko`pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo o`z-o`ziga nisbatan talabchan bo`lishi kerak. O`z-o`zini baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi muhim bir omildir. Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo`lgan hislatlardan yana biri tom ma’noda ''ziyoli" bo`lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo`lishdir. Boshliq o`zidagi madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan bo`ladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmog`i lozim.

Yüklə 25,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin