Mavzu: Lider va shaxslarning ozaro aloqadorligi, rahbarlik muomalasi Reja



Yüklə 25,75 Kb.
səhifə7/9
tarix30.03.2023
ölçüsü25,75 Kb.
#91331
1   2   3   4   5   6   7   8   9
lider

Muomala madaniyati — bu o`rinli, aniq, qiska, samimiy gapirish san’ati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar o`rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni to`g`ri yo`sinda gapira olmaslik yotadi. O`zganing o`rniga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bo`lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir. Jamoa faoliyatini va o`z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bo`lgan talablardan biridir. Chunki rejalashtirish asosida o`z-o`zini boshqara olish va boshqalarni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni ta’minlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Rejalashtirish — bu o`ziga xos kelajakni ko`ra olish kobiliyati, kelajak obrazi bo`lib, bu narsa shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muhim belgisidir. Bu juda murakkab psixologik jarayon bo`lib, u shaxsning o`z diqqatini qanchalik omilona tarzda boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga qarata olishi, vaqtdan tez foydalana olish, ortiqcha ishlardan o`zini tiyish, qo`l ostidagilarga, imkoni boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish buyura olish va nihoyat, buyurgan ishni o`z vaqtida nazorat qilib, so`rab olish imkoniyati bilan bog`liq. O`z ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo`lgan rahbar realistik tafakkurga ega bo`lmog`i, ya’ni har qanday sharoitlarda ham o`sha muammo yoki ishga taalluqli barcha alternativ variantlardan eng to`g`risi va maqsadga muvofiqini tanlay oladigan, ishni to`g`ri tashkil eta bilgan, ya’ni eng kam kuch va vaqt sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish taktikasini to`g`ri yo`lga yo`naltira oladigan odam bo`lishi kerak Bundan tashqari, yaxshi rahbar uchun oldida turgan ishning har bir alohida detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga oshirishning barcha bosqichlari va vositalarini oldindan ko`ra bilish qobiliyati ham zarur. Shunday taqdirdagina u ishga dadil kirishishi, o`zgalarni o`z ortidan ergashtirishi va ishlab chiqarishda yuksak ko`rsatkichlarga erishishi mumkin. Yuqorida aytib o`tilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, psixologik mahoratni talab etgani — odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa a’zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ularning psixologiyasini, har bir a’zo psixologiyasini va guruh psixologiyasini yaxshi bilishi zarur, chunki ''o`zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona yo`lidir", — deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham yaxshi vositasi — ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan ishlovchilar jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar.

Yüklə 25,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin