Mavzu: Makrоiqtisоdiy mоdellar. Asоsiy makrоiqtisоdiy mоdellarning qiyosiy tahlili. Reja: Kirish asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili



Yüklə 127,78 Kb.
səhifə1/8
tarix20.11.2023
ölçüsü127,78 Kb.
#162546
  1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kir


Mavzu: Makrоiqtisоdiy mоdellar. Asоsiy makrоiqtisоdiy mоdellarning qiyosiy tahlili.


REJA:
Kirish ……………………………………………………………………………...


Asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili …………………….
1.1. Makroiqtisodiy tahlil fanining maqsadi va vazifalari………………………….
1.2. Asosiy makroiqtisodiy modellarning mazmuni va mohiyati …….……………
1.3. Doiraviy oqimlar (aylanishlar)modeli ………………………………………..
1.4. Yalpi talab va yalpi taklif (AD-AS) modeli …………………………………..
1.5. Tovarlar miqdori va pul massasi (IS-LM) modeli ……………...……………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………………


KIRISH
Bozor iqtisodiyoti, ayniqsa vaqtinchalik yuzaga keladigan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, bashoratlash va boshqarish bo’yicha qarorlar qabul qilishda hamda ularni amaliyotga joriy etishda makroiqtisodiy modellardan foydalanish muhim o’rin tutadi. Jumladan, ko’p tarmoqli ishlab chiqarish jarayonlarida tarmoqlararo munosabatlarni modellarini qo’llash, tarmoqlar orasidagi iqtisodiy aloqalarni samaradorligini aniqlash imkonini beradi.
Makroiqtisodiy model - iqtisodiymatematik modellarning uzviy qismi, butun iqtisodiyotni va uning eng muhim tarmoqlari, sektorlari, sohalari rivojlanishini matematik shaklda aks ettiruvchi iqtisodiymatematik model. Makroiqtisodiy model iqtisodiyotni yagona tizim sifatida ifodalab, uning umumlashtirilgan moddiy va moliyaviy koʻrsatkichlari: yalpi ichki mahsulot, isteʼmol, investitsiya, bandlik, foiz stavkalari, pul miqdori va boshqalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatadi. Makroiqtisodiy modelni tuzishning asosiy maqsadi makroiqtisodiy bogʻlanishlardan iborat turli hodisalarni soddalashtirilgan shaklda ifodalash orqali uning yechimini topishdir. Makroiqtisodiy model tuzish jarayonida oʻrganilayotgan hodisanyng muhim omillari aniqlanib, yechilishi kutilayotgan muammo uchun muhim boʻlmagan jihatlar tushirib qoldiriladi. Makroiqtisodiy model tuzish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: a) tadqiqotning predmeti va maqsadi soddalashtirilgan holda belgilanadi; b) kuzatilayotgan makroiqtisodiy tizimning maqsadga muvofiq tarkibiy va funksional unsurlari ajratib olinib, ularning eng muhim sifat tavsiflari aniqlanadi; v) Makroiqtisodiy model unsurlarining oʻzaro bogʻlanishi, ketma-ketligi belgilanadi va uning matematik modeli keltiriladi; g) matematik modelda hisobkitoblar amalga oshiriladi va olingan natija tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy model nazariy tadqiqot sifatida sinov va asoslashni talab etadi. Jamlangan statistik maʼlumotlarni Makroiqtisodiy modelga tushirish ehtimoldagi makroiktisodiy oqibatlarga oldindan baho berish im-konini beradi. Tarmoklararo balans, davlat daromadlari va harajatlari balansi, toʻlov balanslarini hisoblash Makroiqtisodiy modelga misol boʻla oladi.
Shonazar Ermamatov.[1]

Raqobarbardosh bozor sharoitida iste’molchilarning o’z daromad va jamg’armalariga qarab iste’mol uchun tayyor maxsulot yoki ishlab chiqarish uchun xomashyo maxsulotlarini tanlash holati yuzaga keladi.


Bunday sharoitda is’te’mol tanlovi modellaridan foydalanish tanlovni samarali o’tkazish masalalarini yechishda yordam bersa, iqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillardan birining o’zgarishi natijasida uning o’zgarish darajasini aniqlashda elastik nazariyani qo’llash yordamida moddiy ishlab chiqarish qonuniyatlari, taqsimoti va iste’molni o’rganish hamda iqtisodiyotda optimallashtirish masalalari yechiladi.
Barcha iqtisodiy tadqiqotlar iqtisodiy o’zgaruvchilar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni o’rganish natijasida amalga oshiriladi. O’zaro bog’lanishlarni tasavvur va tahlil qilish asosini esa iqtisodiy – statistik usullar va ekonometrik modellar tashkil etadi. Bunday makroiqtisodiy muvozanatlik modelllaridan inflyatsiyani jilovlashda, muomaladagi pul miqdorini muvozanatda saqlab turishda va eng muhimi iqtisodiy o’sishni jadallashtirishda keng foydalaniladi va bunday makroiqtisodiy muvozanatlik modellari bu jarayonlarni amalga oshirishda “yo’l xaritasi” sifatida namoyon bo’ladi.
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina kiritilgan bo‘lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli bir gap paydo bo‘ldi.
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri xos bo‘lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Keneasarlarida uchraydi.
Fransiya qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene jadvali”ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo‘lladi.
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo‘yilgan edi deb ta’kidlash mumkin.



Yüklə 127,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin