Mavzu: makroiqtisodiy tahlilda milliy hisoblar tizimi axborot bazasi sifatida



Yüklə 43,09 Kb.
səhifə2/2
tarix06.12.2022
ölçüsü43,09 Kb.
#72704
1   2
4-MAVZU

YaIMni hisoblashning usullari.
YaIM ni hisoblashda 3 xil usulni qo‘llash mumkin:

  • xarajatlar usuli (oxirgi ishlatilishi bo‘yicha hisoblash usuli);

  • daromadlar usuli (taqsimlash usuli);

  • qo‘shilgan qiymat bo‘yicha hisoblash usuli (ishlab chiqarish usuli).

Yuqorida aytilganidek, yalpi mahsulotning MHTdagi asosiy ko‘rsatkichlari bular:
S yalpi ichki mahsulot (YaIM);
S yalpi milliy daromad (YaMD);
S sof ichki mahsulot (SIM).
Yalpi daromadning MHTdagi asosiy ko‘rsatkichlari esa:
S milliy daromad (MD);
S shaxsiy daromad (ShD);
S ixtiyordagi shaxsiy daromad (IShD).

  1. 1-jadval

MHT da hisoblanadigan asosiy makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarning o‘zaro nisbati9

Ko‘rsatkichlar

Shartli
belgilar

Miqdor

1

2

3

1. Yalpi ichki mahsulot

YaIM

100

- amortizatsiya

A

12

2. Sof ichki mahsulot

SIM

88

- biznesdagi egri soliqlar

t

5

3. Milliy daromad

MD

83

- ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari;

IST

8

- korporatsiya daromadlariga soliqlar;

KDS

3

-korporatsiyalarning taqsimlanmaydigan

KTD

2

daromadlari;

TR

18

+ transfert to‘lovlari







4. Shaxsiy daromad - individual soliqlar

D
fS ЬО SI

88
10

5. Ixtiyordagi shaxsiy daromad

IShD

78

MHTning barcha asosiy ko‘rsatkichlari yil davomida iqtisodiy faoliyatning natijalarini joriy yil narxlarida aks ettiradi va shuning uchun ular nominal ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Ammo nominal ko‘rsatkichlardan o‘zaro mamlakatlar yoki bitta mamlakatning turli davrlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini qiyoslash uchun foydalanish mushkul, chunki ular narxlar darajasi ta’siri ostida bo‘ladi. Bunday qiyoslashni faqatgina o‘zgarmas (solishtirma yoki bazis) narxlarda hisoblangan real ko‘rsatkichlar (ishlab chiqarishning real hajmi va daromadning real darajasi) orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Shu sababli nominal va real (narx darajasi o‘zgarishidan xolos bo‘lgan) ko‘rsatkichlarni alohida o‘rganish va ularni tushunib olish muhim ahamiyatga ega.


Nominal YalM - bu joriy narxlarda, ya’ni ushbu yil narxlarida hisoblangan ko‘rsatkich bo‘lib, u qiymat ko‘rsatkichi hisoblanadi va shuning uchun narxlar darajasining o‘zgarishi uning kattaligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Nominal YalMga ikkita omil ta’sir ko‘rsatadi:

  1. ishlab chiqarish real hajmining o‘zgarishi;

  2. narxlar darajasining o‘zgarishi.

Real YalMni hisoblash uchun esa nominal YalMni unga ta’sir etuvchi narxlar darajasidan «xolos etish» lozim bo‘ladi.
Real YalM - bu qiyosiy narxlarda, ya’ni o‘zgarmas yoki bazis yil narxlarida hisoblangan yalpi ichki mahsulotdir. Bunda bazis yil qilib istalgan yilni olish mumkin, ya’ni tanlangan bazis yil joriy yildan oldin ham, undan keyin ham bo‘lishi mumkin (masalan, 2000 yil uchun real YalMni hisoblash uchun 2018 yil narxlari bazis yil qilib olinishi mumkin yoki aksincha. 2018 yil uchun 2000 yil narxlari bazis yil deb qabul qilinadi). Shunday qilib, real YalM quyidagicha aniqlanadi:
Real YalM = (Nominal YalM / YalM deflatori) x 100%

  1. 5. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashning murakkabliklari. Milliy farovonlikni baholashning muammolari

MHTdagi ko‘rsatkichlar yalpi mahsulot va yalpi daromadni faqatgina miqdor jihatdan hisoblab beruvchi ko‘rsatkichlar hisoblanib, ular bir qator kamchiliklardan holi emas. Masalan, ular ilmiy-texnik taraqqiyot va iqtisodiy o‘sishning salbiy jihatlarini hisobga olmaydilar, bundan tashqari YalM va MD ko‘rsatkichiga nisbatan kamroq darajada ortadigan farovonlik, hayot sifati darajasini aks ettirmaydi. Farovonlik darajasini aniqlashda odatda a) aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YalM (GDP per capita), ya’ni YaIM/ mamlakatdagi aholi soni; yoki b) aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi MD (NI per capita), ya’ni MD / mamlakatdagi aholi soni ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Mamlakatlarni o‘zaro ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha qiyoslash uchun ularni nisbatan qat’iy valutada, ya’ni AQSh dollarida hisoblash amaliyotda keng tarqalgan.
Ammo ushbu yuqorida keltirib o‘tilgan ko‘rsatkichlar ham mukammal hisoblanmaydi va hayot sifati darajasini aniq belgilab bera olmaydi. Ularning asosiy kamchiliklari:

  1. ular o‘rtacha tenglashtirilgan (agarda bitta kishida ikkita avtomobil, ikkinchi bir kishida umuman avtomobil bo‘lmasa, u holda har birida o‘rtacha bittadan mavjud deb hisoblanadi);

  2. ular farovonlik darajasining ko‘pgina sifat jihatlarini hisobga olmaydi (bir xil kattalikdagi MDga ega ikki mamlakat turlicha: savodxonlik darajasi, umr kechirishining davomiyligiga ko‘ra, salomatlik va o‘lim darajasi, jinoyatchilik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha farqlanishi mumkin);

v) ular dollarning turli mamlakatlar uchun turlicha sotib olish qobiliyatiga ega ekanligini rad etadi (1 dollarga AQShda va masalan, Hindistonda turli hajmdagi tovarlarni xarid qilish mumkin);
g) ular iqtisodiy o‘sishning salbiy oqibatlarini hisobga olmaydi (atrof-muhit ifloslanish darajasi, shovqin, gazlar bilan ifloslanganlik darajasi va boshqalar).
Qisqacha xulosalar
Milliy hisoblar tizimi (MHT) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va boyligi ko‘rsatkichlarini makroiqtisodiy darajada umumlashtirish va tahlil qilish uchun konseptual va statistik asosni yaratadi. Asosiy hisoblar ishlab chiqarish, iste’mol, sarmoyaning jamg‘arilishi, daromadlarning taqsimlanishi va ulardan foydalanishni aks ettiradi. Aktivlar va passivlar balansi milliy boylikning barcha tarkibiy qismlari - nomoliyaviy, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar, tabiiy resurslar va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish imkonini beradi.
1993 yilgi MHTni yangilash jarayoni rasman 2009 yilning mart oyida nihoyasiga yetdi, o‘shanda yangilangan versiya BMT Statistika qo‘mitasi tomonidan ma’qullandi. Unga «2008 yilgi milliy hisoblar tizimi» nomini berish tavsiya etilgan.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019 yil 5 fevraldagi Qarorining asosiy mazmuni nimalardan iborat?

  2. Qo‘shilgan qiymat, yakuniy mahsulot, oraliq mahsulot ko‘rsatkichlarini tavsiflab bering.

  3. O‘zbekiston Respublikasida YaIMning ishlab chiqarish strukturasiga tahliliy sharh bering.

  4. Baholar indekslarini va real YaIM ni hisoblash zaruratini asoslab bering?

  5. AD-AS modelidagi makroiqtisodiy muvozanat holatini va uning shartlarini tushuntiring.




1Комов А. Анализ системы кредитования реального сектора экономики России в 1 полугодии 2004 г. Русское Экономическое Общество. 2004. №141. С. 7-8.

2I.A.Karimovning “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqorolik jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimizdir” va “Asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishdir” nomli ma’ruzalarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. - Toshkent: Iqtisodiyot. - 2010. 60-bet.

3Real sektor iqtisodiyoti va uni prognozlash. -R. Xasanov, X.Asatullayev, A. Suvonqulov, X.Xakimov.Toshkent“IQTISOD-MOLIYA” 2013. 17 B.
26

Yüklə 43,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin