Jismoniy tarbiya vositalari. (10) 11 yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi uchun asosiy vosita qilib asosiy gimnastika, engil atletika, harakatli o’yinlar, ekskursiya va sayohathamda tabiat qo’ynida o’ynaladigan o’yinlar va jismoniy mashqlar olingan. Bu yoshdagilarda suzish, tennis bo’yicha muntazam mashg’ulotlar uyushtirish mumkin. Sog’lig’i yomonlashgan bolalarga maxsus mashg’ulotlar – davolash gimnastikasi tarzidagi yoki maxsus tibbiy guruhga ajratilgan bolalar uchun alohida mashg’ulotlar yo’lga qo’yiladi.
O’quv ishlari – o’quvchi jismoniy tarbiyasini tashkillashning asosiy shakli bo’lib, maktab jismoniy tarbiya tarzida uyushtiriladi.
Dars – jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining tizimli shakli bo’lib, bir xil yoshdagi, bir xil kontigentdagi bolalarga belgilangan vaqt ichida dastur mavzularini o’qitish jarayoni tushuniladi. Jismoniy tarbiya jarayoni bir yillik emas. Mazmuni va tashkillanishini turli tumanligi bilan xarakterlanadigan mashg’ulotlar, darslar turkumi orqaligina tarbiyaning bu yo’nalishida maolum natijalarga erishishni maqsad qilib qo’yish mumkin.har bir darsda alohida vazifalarhal qilinadi. Oldin o’qitilgan (o’rgatilgan)ni va keyin o’qitiladigan mavzulari bir biri bilan harakatning ayrim yoki bo’laklari bilan albatta bog’lanishi va tuzilishi bilan farqlanadi hamda belgilangan tizim asosida olib boriladi.
Jismoniy tarbiya darslarining xarakterli tomoni shun-daki, u maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassis tomonidan, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi taxminan bir-biriga yaqin kontigent bilan bir necha yilga mo’ljallangan dastur asosidahamda maolum tizimga solingan jadval asosida tashkillanadi. Darslar umumiy jismoniy tarbiya, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi va sport ixtisosligini yo’lga qo’yish maqsadida o’tkaziladigan mashg’ulotlarning tizimli va nisbatan tejamli, samarali shaklidir.
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarning boshqa tipik formalari o’zining davriyligi, tizimli emas-ligi, faqat bir marotabaliligi, individualligi bilan dars-lardan tubdan farqlanadi. Ko’pincha mashg’ulotlarning yuqorida qayd qilingan shakllari darsni to’ldiradi va uni xususiy va umumiy vazifalarini to’ldirishda qo’shimcha rol o’ynaydi. Lekin ular aholini fizkulptura bo’yicha maolum darajadagi talablarni to’la qondirib mustaqil ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy madaniyat-barcha o’quv tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismidir. SHu bois:
1-dan. hukumat qarorlari asosida maktabda jismoniy madaniyat ishlarini yanada takomillashtirish.
2-dan I-IV-V-IX sinf o’quvchilarining asosiy harakatlarini rivojlantirish.
3-dan maktabda jismoniy madaniyat bo’yicha ishlarni tashkillashtirish shakllari.
4-dan maktabda jismoniy madaniyatning vazifalari.
5-dan maktabda jismoniy madaniyat bo’yicha ishlarni olib borish
shartlari «jismoniy madaniyat o’qituvchilarini etakchilik roli,
maktab direktori.
Sinf rahbariyatlari, jismoniy tarbiya o’qituvchisi shifokor pedagogik jamoa bilan hamkorligi. Maktabda jismoniy madaniyat darsi maxsus fan va dars asosida tashkil qilinadi hamda o’qitiladi. Bu dars hamma fanlar qatori o’rta ma’lumoti haqidagi etukli shaxodatda o’zlashtirish haqidagi baho bilan belgilanadi. Fanning asosiy vazifasi – o’quvchilarni har tomonlama jismoniy ta’limga erishtirish. Jumaladan: har tomonlama jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash va rivojlantirish, sog’ligini mustahkamlash, govda tuzilishini takomillashtirish. Jismoniy madaniyat dars jarayonida jismoniy madaniyat haqida ma’lum nazariy bilimlarni berish bilan birgalikda o’quvchilarga davlat dasturida ko’rsatilgan jismoniy harakat kila olish va malakalarni hamda gegenik va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishdan iboratdir. Jismoniy madaniyat darsi umumiy tarbiya bilan bevosita bog’langan bo’lib, o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirish bilan birgalikda ijtimoiy ongni rivojlantirish, axloqiy tomonidan tarbiyalash, irodaviy sifatlarini tarbiyalaydi, hamda mehnatga bo’lgan ehtiyojlarini mustahkamlaydi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha o’tkazilgan o’quv-tarbiyaviy ishlar o’quvchilarni boshqa fanlarga bo’lgan qiziqishlarini orttirib boradi. Dars jarayonida shakllangan harakat, ko’nikma va tarbiyalangan jismoniy sifatlarni o’quvchilarga o’qish, mehnat qilish, sur’atini oshirib boradi. O’z navbatida maktabda o’qitiladigan boshqa fanlar ham jismoniy madaniyat darslarini yaxshiroq o’zlashtirishga yordam beradi.
O’rta maktabda jismoniy tarbiya quyidagi shakllarda amalga oshiriladi. Jismoniy madaniyat dars, asosiy shakli.
Maktabda kunlik rejimida faol dam olish.
Sinfdan va darsdan tashqari ishlar.
Maktabdan tashqaridagi muassasalarda ya’ni to’garaklar BO’SMda o’quvchilar dam olish sport oromgohlarida, aholi zich yashash joylarida va boshqalar.
Oilada o’tkaziladigan jismoniy tarbiya: kun tartibidagi ishlar quyidagicha jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish o’yinlari. Harakatli sport, sayohatlar, dam olish kunlarida ommaviy musobaqalar o’tkazish. Maktab o’quvchilarining jismoniy tarbiya vazifalari «Umumta’lim o’rta maktab o’quvchilarining jismoniy tarbiyasi» haqidagi Nizomda ko’rsatilgan. Maktab o’quvchilarning jismoniy tarbiyasini amalga oshirishda maktabning barcha pedagogik jamoasi katta rol o’ynaydi. Bu masalada birinchi navbatda jismoniy tarbiya o’qituvchisi, maktab direktori, maktabni jismoniy madaniyat va sport bo’yicha o’rinbosari, sinf rahbariyati, maktabda ota-ona jamoalari bu masalada asosiy shaxslar hisoblanadi(3,4).
Boshlang’ich maktab o’quvchilari uchun jismoniy tarbiya bo’yicha sinfdan tashqari ishlarga quyidagilar kiradi: umumjismoniy tayyorgarlik guruhi, shuningdek, sport turlari bo’yicha shu’balardagi mashg’ulotlar. Sinfdan tashqari ishlarda turli shakllardagi mashg’ulotlar mazmuni va o’quvchilarning yoshiga qarab, sinf guruhlarga ajratiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida badantarbiya darslaridagi kabi, o’quvchalarga hayotiy zarur bo’lgan mehnatsevarlik, tirishqoqlik, sobit qadamlik, qat’iyatlik fazilatlari tarbiyalana borada.
Uning asosiy vazifalari quyidagilardir:
ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etishga ko’maklashish:
o’quvchilar sog’ligini mustahkamlashga, organizmini chiniqtirishga, ularning har tomonlama jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligiga yordam berish.
bolalarning badantarbiya darslarida oladigan bilimlari. ko’nikma va malakalarini chuqurlashtirish hamda takomillashtirish;
boshlang’ich maktab o’quvchilarida tashkilotchilik kurtaklarini paydo qilish va uni rnvojlantirish;
o’quvchilarni yaxshi xordiq chiqarishlarini uyushtirish.
bolalarda badantarbiya va sport bilan doimo shug’ullanishga ishtiyoq uyg’otish.
Bolalar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmuni badantarbiyaga oid o’quv dasturi materiali hisoblanadi.Bu materiallardan o’quvchilarning turli mashqlarni odatdagi va murakkab sharoitda, xususan, dalada bajarish ko’nikmasi va malakasini takomillashtirish maqsadida foydalaniladi. Badantarbiya jamoasi va to’garaklariga umumiy rahbariyatilik jismoniy tarbiya o’qituvchisi zimmasiga yuklatiladi. O’quvchilar to’garak va badantarbiya jamoasiga o’zlari xoxlab kiradilar, buning uchun og’zaki ariza berish kifoya.
To’garak azolarining umumiy majlisida kengash a’zolari saylanadi. Bu kengash barcha ishlarni yoshlar tashkiloti bilan chambarchas aloqada, maktab direktori nomidan tasdiqlangan reja asosida tashkil etadi va olib boradi.
Maktabdagi barcha sinfdarda badantarbiya tashkilotchilari saylanadi. Ular sinf rahbariyatlari boshchiligida ish olib boradidar, o’z sinfdoshlarining maktabda o’tkaziladigan turli ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida qatnashishlarini uyushtiradilar.
Dostları ilə paylaş: |