Mavzu: maktab psixologining o’zlashtira olmayotgan bolalar bilan faoliyati reja: kirish I bob. Maktab psixologining o'zlashtira olmayotgan bolalar bilan ıshlash


«Nima uchun?», «Qanday qilib?», «Nima orqali?»



Yüklə 189,57 Kb.
səhifə9/14
tarix24.12.2023
ölçüsü189,57 Kb.
#192869
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mavzu maktab psixologining o’zlashtira olmayotgan bolalar bilan

«Nima uchun?», «Qanday qilib?», «Nima orqali?» kabi savollariga javob olishga qaratilgan bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar asosan o’zlari ko’rib turgan narsa haqida chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu yoshdagi bolalar tafakkurining asosiy turi obrazli tafakkurdir.


II.BOB.Boshlang’ıch sınflarda o’zlashtırmovchılıknı yuzaga keltıruvchı omıllar

    1. O’zlashtirmaslikni vujudga keltiruvchi eksperemintal o’rganish va natijalar tahlili.

O’quv tarbiya jarayonini tashkil etishga ishonchli o’quv tarbiya jarayonini tashkil etishning qulay yo’llarini izlashga majbur etadi.
O’quvchilar o’zlashtirmasligiga bag’ishlangan psixologik tadqiqotlarni, ilmiy maqolalarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bu muammoni hal qilish uchun ko’p ishlar qilingan. Lekin o’qishdagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan sabablar o’zlashtirmaslikni yo’qotish va uning oldini olishga yo’naltirilgan tadbirlar, chora- tadbirlar, ya’ni o’zlashtirmaslikning oldini olish yo’llari haqidagi savollar bu muammoga qayta-qayta murojaat qilishga undaydi. O’zlashtirmaydigan o’quvchilar shaxsini o’rganish, qanday pedagogik sharoitlarda qiyinchiliklarni bartaraf e’tishga maktab dasturini muvaffaqiyatli egallashga yordam beradigan o’quvchi shaxsidagi o’zgarishini o’rganadigan tadqiqotlar zarurligini taqazo etadi.
Pedagog olimlar o’zlashtirmaslikning ko’plab sabablarini, o’zlashtirmovchi o’quvchilar tiplarini aniqlaganligi hamda ommaviy o’zlashtirmaslikning qanday usullar bilan yo’qotish bo’yicha didaktik, tarbiyaviy ishning tashkiliy – pedagogik shakl va uslublari belgilaganligining guvohi bo’ldik. Ularning fikricha, umum ta’lim maktablarida o’qiydigan barcha o’quvchilar qulay tashqi sharoitlar mavjud bo’lganda o’qituvchilar yordamida dasturda belgilangan talablarni bajarishlari mumkin. Pedagog olimlar va o’quvchilarning uzoq vaqt o’zlashtirmaslikni bartaraf etishga, o’zlashtirmaslikni yo’qotishga imkon beradigan o’quv tarbiya jarayoni xususiyatlarini o’rganadilar.
Psixologlar o’quv jarayonida namayon bo’ladigan o’zlashtirmovni o’quvchilarning shaxs xususiyatlariga, ular o’quv faoliyatining o’ziga xosliklarini aniqlashga e’tibor qaratadilar. Bitiruv malakaviy ishlarining nazariy qismida o’zlashtirmaslikka sabab bo’luvchi omillarni ilmiy – pedagogik va psixologik adabiyotlar asosida yoritib berishga urindik. Bunda boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’quv xususiyatlari, o’zlashtirmaslik sabablari, ulardagi psixik

jarayonlarning rivojlanishi haqida to’xtalib o’tdik. Boshlang’ich sinflardagi o’zlashtirmovchi o’quvchilarni o’rganish jarayonida ularning aqliy rivojlanishi xususiyatlariga, psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar muammosiga, maktabga joylashuv jarayoni qiyin ketadigan ya’ni maktabda psixologik jixatdan tayyor bo’lmagan bolalar muammolariga to’xtalib, aynan shunday muammolarning mavjudligi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda o’zlashtirmaslikning kelib chiqishiga sabab bo’lishini aytib o’tdik. Boshlang’ich sinflarda o’zlashtirmaslikning vujudga kelishiga sabab bo’luvchi omillar uzoq yillar shu sohada ishlagan, bevosita bolalar bilan amaliy faoliyatda bo’lgan, o’nlab o’zlashtirmovchi o’quvchilar bilan ishlagan va ularning o’zlashtirmaslik sababini aniqlagan boshlang’ich sinf o’qituvchilariga anketa savollari bilan murojaat qildik. Bunda biz Z.Nishanova va Z.Sherimbetovalarning o’zlashtirmaslik vujudga keltiruvchi omillar anketa savolnomasidan foydalandik. Termiz shahridagi 13 – umum ta’lim maktabining 30 nafar boshlang’ich sinf o’qituvchilariga ushbu anketa savollarini tarqatdik. Ulardan ko’rsatilgan omillardan eng muhim deb hisoblanganlarini belgilashlarini iltimos qildik (so’rovnomamiz ilovada keltirilgan). 27% o’qituvchilar bolaning o’zlashtirmasligiga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida ota – onalarning bola bilan shug’ullanmasligini ko’rsatishgan. O’zlashtirmovchi o’quvchi uyda ota – ona nazoratining yo’qligi tufayli dars tayyorlamaydi yoki mustaqil ravishda dars tayyorlashga qobiliyati yo’qligi tufayli ota –ona yordamiga muhtojdir. Ota – onaning vaqt ajratmasligi, bee’tiborligi yoki o’zlarining pedagogik savodsizligi sababli bunday bolalar o’quv jarayonining mohiyatini chuqur anglab yetisholmaydilar, o’quv topshiriqlarini bajarmaydilar va o’zlashtirmodchi o’quvchilarga aylanadilar. 37% respondentlar o’zlashtirmaslikning asosiy omili sifatida psixik jarayonlarning yetarlicha rivojlanmaganligini ko’rsatishgan. Bu o’zlashtirmaslikni vujudga kelishiga sabab bo’lgan eng katta ko’rsatgichni tashkil etadi.


Odam xotirasi tufayli ko’nikma va malakalar hosil qiladi, bilimini boyitadi va saviyasini kengaytiradi. O’quvchi tez yod olar ekan, demak uning xotirasi kuchli, sekin esda olib qolar ekan, uning xotirasi zaifroq.

Psixik jarayonlarning rivojlanishi yetarli darajada emas deb hisoblangan o’quvchilar, eng avvalo, bunday o’quvchilarning xotirasida nuqsonlar bo’lishi, xotira jarayonlari, xotiraning o’ziga xos xususiyatlarini, xotira tiplarini nazarda tutganligini bildirishdi. Bunday o’quvchilar ko’rish va eshitish xotiralari past darajala rivojlangan bo’ladi.


Bundan tashqari bunday o’quvchilarning tafakkur jarayonlarida ham kamchilik bo’lib, ularda analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, muhum belgini ajratish kabi tafakkur jarayonlari sust rivojlangan. Bunday o’quvchilar mustaqil fikrlashga qiynaladilar.
Psixik jarayonlarning yetarlicha rivojlanmaganligi omiliga diqqatning yaxshi taqsimlay olmasligi, ixtiyoriy diqqatning shakllanmaganligi, ongli ravishda diqqatni to’plash , taqsimlash va boshqaruv o’quvining yo’qligi ham kiradi. Bundan tashqari nutqning yaxshi rivojlanmaganligi, idrokning yaqqol emasligi, berilayotgan topshiriqlarning mohiyatini anglay olmasligi, ijodiy hayolning mavjud emasligi ham shunday omillar sarasiga kiradi.
13% respondentlarbolaning maktabda o’qishga yetarlicha tayyor bo’lmasligidan kelishi o’zlashtirmaslikni vujudga keltiruvchi omil deb hisoblashgan. Bolaning maktabga tayyor emasligi nafaqat olti yoshlilar, balki yetti yoshli bolalar orasida ham uchrab turadi. O’quvchi sonining ko’pligi bola bilan individual shug’ullanishga vaqt yetmasligi natijasida maktabga tayyor emas bolalar o’zlashtirmovchi bolalar qatoriga kirib qoladilar.
Shuningdek respondentlarimizdan 2,5% o’zlashtirmaslikning vujudga kelishiga ta’sir etuvchi omil sifatida bolaning ko’p kasal bo’lishini ko’rsatishgan.
Jismonan sog’lom bo’lmagan bola kam quvvat bo’ladi, psixik faol bo’lmaydi deya izohlashgan. Bolaning nosog’lom bo’lishining ko’p dars qoldirishiga sabab bo’ladi. Bunday dars qoldirishlar bolaning fanlarni o’zlashtirishiga ta’sir qilmay qolmaydi. Ma’lum muddatdagi o’quv materiallarini o’zlashtirmaslik, muntazam o’zlashtirmaslikka olib keladi deb baholashgan.

8,2% respondentlar bolaning o’zlashtirmaslik omili sifatida bola bilan individual shug’ullanishga vaqt yetmasligi, bunday imkoniyatning yo’qligini ko’rsatishgan.


So’rovnomani o’tkazish davridagi suhbatdoshlarimiz bola sonining ko’pligi bola bilan individual suhbatlashish va shug’ullanishga imkon bermaydi. Muloqatga kirishuvi qiyin va tortinchoq bolalar ham individual shug’ullanishga ehtiyoj sezadilar deb hisoblaydilar. Agar har bir bola bilan individual shug’ullanish imkoniyati mavjud bo’lganda, o’zlashtirmaslikning imkoniyati ham mavjud bo’lar edi.
Shuningdek tajribali o’qituvchilar bolada qiziqishning sustligi, oilaviy sharoiti, o’quvchining layoqatsizligi, bolaning ko’p dars qoldirishi ma’lum darajada o’zlashtirmaslik omili deb hisoblaydilar.
So’rovnomamizdagi ikkinchi savollar to’plash “O’zlashtirmovchilikning vujudga kelishiga kimni ko’proq aybdor deb hisoblaysiz? deb nomlanib, bunda respendentlarimiz o’zlashtirmovchilikning vujudga kelishida kimlarni ko’proq aybdor deb hisoblashishlarini belgilashdilar.
28% respoindentlar bolaning o’zlashtirmasligiga ota – ona aybdor deb hisoblashishadilar va shunday javob variantini belgilaganlar. Haqiqatdan ham ota – ona farzandlarining ta’lim tarbiyasiga vaqt topmasa, uni har kuni nazorat qilmasa, kerakli yordamni bermasa, bunday o’quvchi tez orada o’zlashtirmovchi o’quvchiga aylanib qoladi.
25,5% respoindentlaro’zlashtirmaslikning vujudga kelishiga o’quvchining o’zi aybdor deb javob berishdi. Bunda ko’proq o’quvchining o’qishga qiziqmasligi, loqaydsizligi, ijodiy o’quv fikrlashlari shaklllanmaganligi, o’quvchining bilish jarayonining yetarlicha rivojlanmaganligi tufayli o’quvchi o’zlashtirmovchilar qatoridan joy olishi ta’kidlanadi.
14,5% sinaluvchilar o’zlashtirmovchi o’quvchilarning paydo bo’lishiga o’zlari, ya’ni o’qituvchilar aybdor deb hisoblashadi. Bu fikrga ham qo’shilish mumkin, shu maqsaddaki agar o’qituvchi o’quvchining o’zlashtirmayotganini ko’ra bila turib, u bilan individual shug`ullanmasa yoki o’qituvchi pedagogik qobilyatga

ega bo’lmasa, u holda o’quvchi tez orada o’zlashtirmovchi o’quvchiga aylanib qoladi va o’zlashtirmovchilar soni ortadi.


0,5% respendentlar o’quvchi o’zlashtirmasligiga o’rtoqlari aybdor deb hisoblaydilar. Chunki kichik maktab yoshidagi o’quvchilar xarakteriga xos xususiyatlaridan biri ular ko’proq yaxshi o’zlashtiruvchi sinfdagi ilg’or o’quvchilarga o’xshashga intilishadi. Ulardan “birinchi” bo’lish istagi kuchli bo’ladi.
2% sinaluvchilar o’zlashtirmovchi o’quvchilarning vujudga kelishida kim aybdorligini bilmaydilar.
10,3% o’qituvchilar bolaning nosog’lomligini asosiy sabab deb ko’rsatishgan. Bolaning nosog’lomligi va o’quvchi sonining ko’pligi o’zlashtirmaslikka katta ta’sir ko’rsatadi deb hisoblashgan.
Shuningdek 9,3% o’qituvchilar bola o’zlashtirmasligiga sabab o’quvchi sonining ko’pligi deb hisoblashadi. Sinfda bolalar sonining ko’pligi har bir o’quvchi bilan individual shug’ullanish imkonini bermaydi, qiyinchiliklar tug’diradi.
Biz tadqiqot o’tkazgan 13 maktab misolida bu muammo bilan qiziqib ko’rdik. Aksariyat sinflarda 35 -40 nafargacha bolalar bo’lib, bu o’quvchilarning nazorat qilish va baholashda o’qituvchilarga ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi.
4% respoidentlar o’quvchi o’zlashtirmasligiga sabab qilib iqtisodiy sharoitni ko’rsatishgan.
1,2% o’qituvchilar o’zlashtirmovchi o’quvchilarning vujudga kelishiga hamma aybdor deb hisoblaydilar.
Shunday qilib, o’qituvchilarning fikricha o’zlashtirmaydigan o’quvchilarning vujudga kelishida ko’proq ota – ona, o’qituvchining o’zi, o’quvchi va bolaning nosog’lomligi aybdor deb hisoblashgan. Umuman olganda har bir o’zlashtirmaslikning paydo bo’lishida alohida xarakterga ega bo’lib, o’qituvchi o’quvchi o’zlashtirmasligining asl sababini diagnostika qilgandagina o’quvchi o’zlashtirmovchiligini korreksiya qilish osonroq kechadi. O’zlashtirmaslikning vujudga kelishiga aybdor shaxslar savolnomamiz natijalarini diagramma shaklida ifodaladik



    1. Yüklə 189,57 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin