Mavzu: maktab psixologining o’zlashtira olmayotgan bolalar bilan faoliyati reja: kirish I bob. Maktab psixologining o'zlashtira olmayotgan bolalar bilan ıshlash



Yüklə 189,57 Kb.
səhifə6/14
tarix24.12.2023
ölçüsü189,57 Kb.
#192869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mavzu maktab psixologining o’zlashtira olmayotgan bolalar bilan

Darsning birinchi topshirig'i e’lon qilinadi.

  1. topshiriq. Kartochkalardagi so'zlarni ma'no jihatdan bir-biriga bog'lab, she'r hosil qilish. Bunda davlatimiz madhiyasi uchun yaratilgan she'rdan foydalanish mumkin. Madhiyaning birinchi to'rtligini naqorati bilan 1-, 2-, 3-guruhlarga, ikkinchi to'rtiigini naqorati bilan 4-, 5-, 6- guruhlarga tarqoq holda kartochkalarda beriladi. Guruhlar topshiriqni bajarib bo'lgach, chapak chalib, ishni tugatganlarini bildiradilar.

Shundan so'ng quyidagi savollar orqali o'quvchilarga murojaat qilinadi:

  • Topshiriq berilganda o'zingizni qanday his qildingiz?

  • Topshiriqni bajarayotganingizda qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?

  • Bajarib bo'lganingizdan so'ng o'zingizni qanday his qildingiz?

  • Ish taqsimotini qanday yo'lga qo'ydingiz?

  • Madhiya matnini nimalar orqali hosil qildingiz?

  1. topshiriq. Berilgan so'zlar ishtirokida matn tuzish. Guruhlarga aralash so'zlar yozilgan konvertlar tarqatiladi. Bu so'zlar bilan qiziqarli hikoya tuziladi.

1-guruhga: fil, sichqon, mazali non, qush, qochdi. 2-guruhga: olma, mallasoch, qayiq, tush, afsus.
3-guruhga: taksi, teatr, pul, sahna, xolam, uyalib qoldik. 4-guruhga: hayvonot bog'i, muzqaymoq, onam.
5-guruhga: kino, qor odam, bolakay, bo'ri. 6-guruhga: akam, tufli, koptok, oyna, xoda.
Guruhlar chapak chalish orqali ish yakunlanganligini bildiradilar va navbat bilan tuzgan matnlarini o'qib eshittiradilar. Topshiriqni bajarganlariga qarab guruhlar rag'batlantirib boriladi.

  1. topshiriq.Test bilan ishlash. (Hamma guruhga bir xildagi 4 ta test topshiriladi).

  1. Nutq nima?

  1. gap;

  2. tugallangan fikrning yozma shakli;

d) tugallangan fikrning og'zaki shakli.

  1. Qaysi qatordagi gapda so'zlar tarkibi to'g'ri berilgan?

  1. non yopiladi tandirda;




  1. tandirda non yopiladi;

d) non - tandirda yopiladi.

  1. So'z nimalardan tashkil topadi?

  1. harflardan;

  2. bo'g'inlardan;

d) gaplardan.

  1. Qaysi qatordagi so'zlar xatosiz yozilgan?

  1. paroxod, yalpiz;

  2. paroxot, yalpiz;

d) paraxod, yalpiz.

  1. topshiriq.Sovg'alar topshirish.

Guruhlar bir-birlarini baholaydilar va esdalik uchun sovg'a beradilar. Har bir guruh qanday ishlagani, ish davomida o'zlarini qanday tutganligi, dars qoidasiga qanday rioya qilganliklari haqida fikrlar bildiradi.
Darsni yakunlash (baholash).
Har bir guruh o'zining eng faol qatnashgan, bilimdon va zukko a'zolarini baholaydi.
Darsni yakunlash, mustahkamlash:

  1. Guruhingiz a'zolaridan mamnunmisiz?

  2. Topshiriq bajarayotganda qanday xatoliklarga yo'l qo'yganingizni bilasizmi? 3.Bugungi darsdan nimalar oldingiz?

  1. Qanday tushuncha hosil qildingiz?

  2. Bugungi interfaol usuldagi darsni qanday baholaysiz? (a'lo, qoniqarli).

Xulosa shuki, boshlang'ich sinfda ona tili darslarida va darsdan tashqari mashg'ulotlarda mustaqil ta'limdan foydalanish ta'lim samaradorligini oshirishda asosiy omildir.
6- 11 yoshli bolalar o’zlarning individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolaning o’z-o’zini anglashi ham jadal rivojlana boradi va musgahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o’zlarining ismlariga yanada ko’proq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy

qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bolani o’zining tashqi ko’rinishi va gavda tuzilshiga beradigan bahosi ham o’z-o’zini anglashida ahamiyati juda kata. Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniqsa, qizlar o’zlarining yuz-tuzilishlariga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab yoshidagi o’quvchining o’quv faoliyati jarayonida o’zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o’zi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, o’z faoliyatini o’zi uyushtirishga, hamda bilim olish jarayoniga bo’lgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi. O’quvchi xulq atvorining motivlashtirishi ham o’zgaradi. Bunda do’stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bo’lib qoladi. Axloqiy his tuyg’ular va shaxsning irodaviy xususiyatlari shakllanadi.


5-6 yoshlarda ko’zga tashlangan bolalarning xususiyatlari yillar davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi, o’smirlik davrining boshlariga kelib. juda ko’pgina ngaxsiy fazilatlar shakllanib bo’ladi. Bolalarning individualliklari ularning bilish jarayonida ham ko’rinadi, Bu davrda bolalarning bilimlari kesh’ayadi va chuqurlashadi, ko’nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga borib, aksariyat bola.\arda umumiy va maxsus layoqatlar ko’zga tashlanadi. Kichik maktab davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa o’z- o’zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi.
Bu yoshdagi bolalarda idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutq to’liq shakllanib bo’L1’ani uchun ham ularga ta’lim berishda kattalarga qo’llaniladigan uslublardan foydalanish mumkin, Kichik maktab yoshidash bolalar psixik rivojlanigpiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o’qituvchi bilan bo’ladigan munosabati orqali erishish mumkin 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o’rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim- tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg’iz holda sevimli maxshulotlari bilan shug’ullanishlari mumkin va shu asosda ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi.

Yüklə 189,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin