Mavzu: maktab psixologining o’zlashtira olmayotgan bolalar bilan faoliyati reja: kirish I bob. Maktab psixologining o'zlashtira olmayotgan bolalar bilan ıshlash


I .2 O`zlashtirmovchilikni vujudga keltiruuvchi omillar haqida



Yüklə 189,57 Kb.
səhifə4/14
tarix24.12.2023
ölçüsü189,57 Kb.
#192869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mavzu maktab psixologining o’zlashtira olmayotgan bolalar bilan

I .2 O`zlashtirmovchilikni vujudga keltiruuvchi omillar haqida.


Boshlang’ich sinf o’quvchilar shaxsining shakllanishi o’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi.Yetakchi bo’lgan o’quv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar o’yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o’quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bogliq bo’lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o’qishda ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, shuningdek, tengdoshlari orasida o’z o’rniga ega bo’lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o’rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o’qish uchun harakat qilishi mumkin. Bu yoshdagi bolalar doimiy ravishda o’zlari erishgan muvaffaqiyatini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo’lish nihoyatda muhim. Kichik maktab davrida bolalardagi musobaqaga kirishish motivi tabiiy psixologik ehtiyoj hisoblanib, bu motiv ularga kuchli emotsional zo’riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog’cha davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, shuningdek o’smirlik davrida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bergan baholariga qarab, o’zlariga o’zlari baho beradilar. O’quvchining o’ziga-o’zi beradigan bahosi, asosan, to’g’ridan-to’g’ri o’qituvchining beradigan bahosiga va turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga bog’liq. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda o’z-o’ziga beradigan baholari turlicha - yuqori, adekvat - mos yoki past bo’lishi mumkin. Bu yoshdaga bolalarda mavjud bo’lgan ishonuvchanlik,ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topishi bilan bir qatorda, mehnatsevarlik va mustaqillik kabi sifatlar rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda mehnatsevarlik,


asosan, o’qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Mehnatsevarlik bolada o’zi qilayotgan mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi. Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog’liq. Agar bola haddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq xususiyatli bo’lsa, unda asta- sekinlik bilan bo’ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustahkamlana boradi. Biroq bolani vaqtli mustaqillikka undash, unda ba’zi salbiy xislatlarning shakllanishiga ham olib kelishi mumkin, chunki hayotiy tajribalari, asosan, kimlargadir taqlid qilgan holda o’zlashtiradi. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko’proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki, unda bolaga biror bir mas’ul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil bo’lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.

Yüklə 189,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin