Mavzu maktab psixologining o’zlashtira olmayotgan bolalar bilan
Birinchi tip –tasodifiy uzoq vaqt kasal bo’lishi hisobiga orqada qoladiganlar .
Ikkinchi tip –eslab qoladiganlar.
Uch inchi tip –yuzaki faol o`smirlar, tafakkur operatsiyalarini egallaganlar.
T .A. Vlasova , M.S. Tevenir tadqiqotlarida me’yordan og`gan bolalar o`rganiladi. Ular bunday bolalarni quyidagi ikki guruhga ajratadilar:
Birinchi guruhga jismoniy va aqliy taraqiyoti sust bolalar kiradi. Tadqiqotchilarning takidlashicha, ularning taraqqiyotda orqada qolishining sababi
- bosh miya po’stlog`ida peshona qismining sekin yetilishi bilan bog`liq. O`qishda orqada qolib,ular yanada asabiy bo`lib, o`qituvchilar uchun yanada qiyinchilik tug’diradi.
Mualliflar yuqorida klassifikatsiyasi asosida taraqqiyotda chetlashgan bolalar bilan ishlaydigan o`qituvchilar uchun qimmatli tavsiyalar ishlab chiqadilar .
Yuqorida biz keltirgan o`zlashtirgan o`quvchilarning tiplarini bilish o`quvchilarga individual yondashuvini amalga oshirishga katta yordam beradi.
Psixolog va pedagoglar o`zlashtirmaslikning ko`plab sabablarini, tiplarini aniqlaganlari hamda ikkinchi yilga qoldirilishi va ommaviy o`zlashtirmaslikni yo’qotishi bo’yicha didaktik tarbiyaviy ishning tashkiliy –pedagogik shakl va uslublarning guvohi bo’ldik.
Pedagogik olimlar va o`qituvchilarning uzoq vaqt o`zlashtirmaslikni bartaraf etishga ishonchli o`quv –tarbiya jarayonining xususiyatlarini o`rgandilar.
Psixologlar o`quv jaryonida namoyon bo`ladigan o`zlashtirmovchi o`quvchilarning shaxs xususiyatlariga, ular o`quv faoliyatinig o`ziga xosliklarning aniqlashga e’tibor qaratadilar.
O`zbekistonlik psixologlardan Y. F.G`oziyev, S.A. Axunjanova, T.M. Adizova, Y.Z. Usmonova, A.X.Yugay, T.K.To’laganovalarning ishlarida ham tahlil qilingan.
Lekin ularning hech birida aynan boshlangich sinflardagi o`zlashtirmovchilik muoammosi maxsus ilmiy tadqiqot predmeti sifatida tahlil etilmaganini takidlash joiz.
Uzoq vaqt o`zlashtirmaydigan o`quvchilar shaxsi xususiyatlarini chuqur o`rganish, qanday pedagogik sharoitlarda qiyinchiliklarini bartaraf etishga yordam beradi. Maktab dasturini muvaffaqiyatli o`zlashtirishga yordam beradi.
-Bugungi kunga kеlib, ta'lim sohasida o`zlashtirish xususida kеng fikrlar bayon etilmoqda. «O`zlashtirish» tushunchasi o`z mohiyatiga ko`ra komplеks muammo bo`lib, u jamiyatning iqtisodiy jihatdan rivojlanganligi, mamlakat fuqarolarining siyosiy, ma'rifiy, madaniy tarbiyalanganligi, maktab o`qituvchilarining zamonaviy o`kitish vositalari, usullari, tamoyillari bo`yicha atroflicha bilimga egaliklari, yoshlarning o`qish-o`rganishga ishtiyoqmandligi bilan uzviy bo?liq hodisadir.
Mustaqil mamlakatimizning erkin fuqarolari tilimiz va tariximizning inson hayotidagi ahamiyatini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni har qachongidan aniqroq, to`liqroq his qila boshlashdi, maktab hayotida tub o`zgarishlar yuz bеrdi, o`qituvchilar faoliyati sifat jihatdan yangilanish bosqichini o`z boshidan kеchirmokda, o`zbеk bolasining aql- zakovatini jahon afkor ommasi tan oladigan bo`ldi. Yoshlarimiz jahon olimpiadalarida qatnashib, faxrli o`rinlarni egallay boshladi.
Zamonaviy ta'limni tashkil etish nazariyasi va amaliyotida ham qator sifat o`zgarishlari sodir bo`ldi: ta'limning samaradorligini oshirish va sifatini yaxshilashga oid kеng qamrovli didaktik va mеtodik tadqiqotlar o`tkazilmoqda; ta'lim jarayonining davriyligi ilmiy- didaktik jihatdan asoslanib, o`qituvchilar faoliyatida munosib o`rin ola boshladi;
ta'lim jarayonini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning intеrfaol usullaridan foydalanish odat tusini oldi;