G) Qishkio’quvchilarining o’zlashtirish va tarbiyalanganligi nuqtai nazaridan ularni maxsus hisobda nazorat qilish.
D) O’quvchilar faoliyatidagi kamchiliklarni o’rganish, o’zlashtirish materiallarini egallash maqsadida o’quvchilarning faoliyatini o’zlari tahlil qilishlarini yaxshilash.
Ilg’or o’quvchilar ishidagi tajribalarni umumlashtirish va eksperimental tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha o’zlashtirmaslikning oshirilishi bo’yicha umumlashtirish ta’birlaridan tashqari dastlabki jamoalardan sinflararo guruhiy va individual profilaktik tadbirlar ham zarur.
Boshlang’ch sinflarda o’zlashtirilmaslikning oldini olishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimini ishlab chiqish, avvalo, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar aqliy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishni taqozo etadi.
Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o’rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o’z vazifalari, majburiyatlari bor bo’lgan, o’z faoliyat natijasiga ko’ra hurmatga sazovor bo’lishi mumkin bo’lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo’ladilar. Buning natijasida bog’lanish o’z-o’zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o’z o’rnini anglay boshlaganini ko’rish mumkin. Bu davrda bolaning " Men shuni xohlayman" motividan "Men shuni bajarim kerak' motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o’quvchida psixik zo’riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti- harakatida ham, ya’ni ma'lum darajada qo’rquvni kuchayishi, irodaviy faolikning susayishida namoyon bo`ladi. O’zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o’zi xohlayotgan narsalarni hamda, o’z oilasida o’zi egallagan o’rnini aniq biladigan bo’ladi. Shuningdek, u o’zini-o’zi boshqarish malakasiga ega bo’ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatti- harakatlari va motivlari ularning o’zlariga beradigan baholariga harab "Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti-harakatlar o’zgalar ko’z o’ngida qanday namoyon bo’lishiga qarab baholashini tushuna boshlaydilar.
Maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi.
Maktabga kelish arafasida bolaning so’z boyligi o’z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. Agar bu yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o’z nutqida 500- 600 so’zni ishlatsa, olti yoshli bola 3000-7000 so’zni ishlatadi. Boshlang’ich sinf yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, fe’l, sifat, son va bog`lovchilardan iborat bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar o’z nutqlarida qaysi so’zlarni ishlatgani afzal-u,
qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 yoshli bola o’z jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib, nutqni o’zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7-9 yoshli bolalarning o`ziga xos yana bir xususiyati bola nutqida o’z fikrini bayon etibgina qolmay, balki o’z suhbatdoshining diqqatini o’ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar.
Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni makonda joylashishini bilish bilan birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o’qigani uchun bolada sensor rivojlanganlik darajasini yuqori bo’lishi juda muhim. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bolalar rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladilar.
10 yoshdagi o’quvchilar idroki, uning xatti-harakati, o’qish va mehnat faoliyati bilan bevosita bogliqdir. O’quvchi o`zining ehtiyoji, mayli, qiziqishi va intilishi turmush sharoitiga mos, shuningdek o’qituvchi tavsiya etgan narsalarni idrok qiladi.
Bu davrda yozma nutq ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni to’gri tuzish va so’zlarni to’gri yozishga ma’lum talablar qo’yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so’zlarni qanday eshitgan bo’lsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to’gri talaffuz etishga va yozishga o’rganishi zarur. Yozma nutqni egallashi asosida bolalarda turli matnlar haqidagi ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolada hali o’zi yozgan fikrlarni, so’z va harflarni nazorat etish malakasi hali rivojlanmagan bo`ladi. Lekin unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish maktab yoshidagi o’quvchilarga berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma’lumot to`plash, muhim jihatlarini ajratib olish, uni ma’lum ketma-ketlikda bayon etish, reja tuzish malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to’gri tuzish, aynan shu mazmunga mos
so’zlarni o`qish va ularni to’gri yozish, tinish belgilarini to’gri qo’yish, o’z holatlarini topa olish va to’grilash aqliy rivojlanishning ko’rsatkichlaridan hisoblanadi. O’qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o`quvchining aql-idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchup muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Ta’lim jarayonida ularning bilimlar ko`lami kengayadi, qiziqishlari ortadi, ijodiy izlanish qobiliyati rivojlanadi, ularda tafakkurning faolligi, mustaqilligi ortadi, aqliy imkoniyatini ishga solish vujudga keladi. Mazkur yoshda bolalar o`z idroklarining aniqligi, ravonligi, o’tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o’ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki bola shu rasmlar orqali olam go’zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o’z munosabatini bildira oladi.
Tafakkurning rivojlanishini kichik maktab yoshidagi bola psixikasining sog`lomligida, uning bilish faolligida ko’rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi, asosan, atrof-olamni bilish, o’rganishga qaratilgan bo’ladi. Bola o’ynab turib, olam sir-sinoatlari, sabab-hodisalari va bogliqlaridan xabardor bo’lishga intiladi. Masalan, bola o’zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho’kishi, qaysilari esa so`ziishini tadqiq qila oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo’lsa, u shunchalik ko’p savol beradi va bu savollar, asosan, xilma- xil bo`ladi. Bolani qor, yomgir qanday yog`ishi, quyosh kechasi qayerda bo’lishi, mashina qanday qilib yurishi, yerdan osmongacha bo`lgan masafoni bilishi juda qiziqtiradi. Bu ularning
Dostları ilə paylaş: |