Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasining 16 dekabr 2019 yildagi 595-sonli “Maktabgacha ta`lim va tarbiya” to`g`risidagi Qonuni asosida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o‘qish va chet tillarni o‘rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6—7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi hisoblanadi:
ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta`limga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bolalarda Maktabgachaimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish;
bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang‘ich ta’limni olishga tayyorlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) engil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘llanadigan davlat talablariga muvofiq, jismoniy, ma’naviy va intelluktual jihatdan maktabda o‘qishga tayyorlashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlari bilan mustahkam aloqa va uzviy bogliqlikda olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega» 1 degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan, 45-modsasida voyaga etma- ganlar davlat himoyasida ekani 2, 64-moddasida esa «Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi» deb qayd etilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ana shu huquqiy asoslarga tayangan holda oila va jamiyatning bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, milliy va mintaqaviy xususiyatlarni e’tiborga olib, ularni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.
Ijtimoiy maktabgacha ta’lim bu — davlat tomonidan tashkil etiladigan tashkilot bo‘lib, unda maktabgacha ta’ lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6—7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, Maktabgachaaro fondlar faol ishti rok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish zarur:
yuqori malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni tayyorlash;
maktabgacha ta’limning samarali psixologik pedagogik uslublarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqdar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;
bolalarni Maktabgacha ta`lim xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo‘yicha malakali maslahat ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;
maktabgacha ta’lim va sog‘lomlashtirish tashkilotlari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.