II Bob.Maktabgacha tarbiya yoshida talimga ijtimoiy tayyorganlik ning eksperimental organish. 2.1 Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaning bilish faolligini oshirish yuzasidan olib borilgan diagnostik ishlar tahlili. Hayotning dastlabki uch yilida bola onasi yoki boshqa kishilar masalan, tarbiyachi dasturi bo‘yicha emas, balki go‘yoki o‘zining dasturi bo‘yicha o‘qiydi. Bu davrda bolaning u yoki bu bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi muhlatiga alohida talablar qo‘yilmaydi. Ilk bolalik davrida tarbiya dasturi hali subyektiv tarzda bola uchun mavjud emas. Sistematik o‘qishga layoqatli bo‘lgunga qadar u tayyorlov bosqichini bosib o‘tadi. Bu bosqichda chetdagi boshqa kishilarning bolaga nisbatan yangi talablari asta-sekin uning “o‘z dasturiga” aylanishi lozim. Bog‘cha yosh davrining oxirlariga boribgina, bola kattalar tomonidan ishlab chiqilgan “dastur bo‘yicha” o‘qiy boshlaydi va maktab talablariga asta-sekin amal qila boshlaydi. L.S.Vigotskiyning fikri bo‘yicha bog‘cha yosh davri ta’lim dasturi: bolani maktab dasturiga yaqinlashtirilishi, uning bilim doirasini kengaytirishi, predmetli ta’limga tayyorlashi; bolaning o‘z dasturi bo‘lishi hamda uning qiziqishi va ehtiyojlariga javob berishi lozim. Shuningdek, L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida, ta’limning yetakchi roli haqidagi qonunni ilgari surdi va aniq ifodaladi: ta’lim rivojlanishidan oldinda boradi va o‘zining orqasidan uni ergashtirib boradi. O‘quv faoliyati bolalarni xursand qilishi, ularga zavq berib, qoniqish hissini uyg‘otishi kerak. Ilk bolalik davridanoq bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Chunki bilishga intilishga inson faoliyatining ahamiyatli motivlaridan bo‘lib, shaxs yo‘nalganligining anglanilganligini aks ettiradi, barcha psixik jarayon va funksiyalarga ijobiy ta’sir etadi, qobiliyatni faollashtiradi, qiziqish mavjud holatida barcha insoniy kuchlar qo‘zg‘aladi. Buni ayniqsa, bog‘cha bolasining o‘quv faoliyatini tashkil etishda inobatga olish kerak. Pedagog va psixologlarning olib borgan tadqiqotlari o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy sharoitini ajratish imkonini beradi: O‘quv faoliyati shunday tashkil etilishi kerakki, bola unda faol ishtirok etsin, yangi bilimlarni mustaqil tarzda qidirishi va “topishi”ga undalishi lozim.O‘quv faoliyati turli xil bo‘lishi kerak. Bir xillikka ega bo‘lgan materiallar va bir xil usullar bolalarni tez zeriktirib qo‘yadi. Bola berilayotgan materiallarning kerakliligi va ahamiyatliligini tushunishi kerak. Yangi berilayotgan material ilgari o‘zlashtirilgan material bilan yaxshi bog‘langan bo‘lishi kerak.Juda yengil bo‘lgan va o‘ta murakkab material qiziqish uyg‘otmaydi. O‘quv topshiriqlari bog‘cha yoshidagi bolalar uchun qiyin, lekin imkoniyati yetadigan darajada bo‘lishi kerak.Bolaning barcha yutuqlarini ijobiy baholash lozim. Ijobiy baho bilishga nisbatan faollikni rag‘batlantiradi. O‘quv materiallari yorqin va emotsional bo‘lishi kerak. A.P.Usovaning ta’kidlashicha, o‘qitilayotgan materialni idrok qila olmaslik hodisasi harakatning usul va vositalarida o‘ta osonlik usuliga asoslangan, ilgari ko‘rsatilgan noto‘g‘ri tarbiyaviy ta’sirning asorati natijasidir. Biz, kattalar, ko'nglimizni o'rtayotgan g'am, tashvishlar, qo'rquv yoki dardimiz to'g'risida gapirib dilimizdagini bo'shatamiz. Kichkintoylar esa qo'liga qalam olib o'z his-tuyg'ularini «chizib» beradilar.Chunki bu ular uchun eng oson va qulay yo'idir. Uch-to'rt yoki yettiyoshli bolalaming rasm chizishivoyaga yetgan o'smirning shaxsiy kundalik daftar tutishidek o'zini namoyon qilish usulidir. Keling, shunday ekan farzandimiz chizayotgan rasmlarga ruhshunos nazari bilan qarashni o'rganaylik. Mabodo quyida keltirilgan rasmlarni bundan avval qizchangiz yoki o'g'ilchangiz albomida uchratgan bo'isangiz, demak, biroz o'ylanishga fursat kelibdi. Lekin xulosa chiqarishga shoshilmang. Agar qaysidir bir detal farzandingiz chizayotgan rasmda bot-bot takrorlanaversa, shundagina bezovta bo'lishga asos bo'ladi. Bunday vaziyatda albatta ruhshunos dargohiga boring.Balkim kichkintoyingiz rostdan ham yordamga muhtojdir?!Qanday tushunish mumkin? Bunday narsalarni faqatgina o'zidan ko'ngli to'q va o'ziga ishongan bolalar chizishi mumkin. (Ba'zida bunday bolalar haddan ziyod o'ziga ishonib ketadilar.) Qanday qilib yordam bersa bo'ladi? O'ziga berayotgan yuksak bahosi boshqalarni hurmat qilish hissi bilan uyg'unlashib namoyon bo'lishini kuzatib boring. Lekin bu narsani bolaning nafsoniyatiga tegmay amalga oshiring. Chunki osmondan yerga tushish har doim ham yoqirnli bo'lavermaydi. • «Meni faqat dadajonim yaxshi ko'radilar~ Ota o'z o'g'lini sayrga olib chiqmoqda. Ota-o'g'il konkida uchmoqdalar (rasmda tasvirlangan). Qanday tushunmoq kerak? Bola deyarli barcha vaqtini dadasi bilan o'tkazadi. Ular ikkalasi yaxshi kelishadilarku-ya, biroq ona bu yerda ikkinchi darajaga o'tib qolmoqda. Qanday yordam bersa bo'ladi? Ko'pincha yakshanba kunlari ro'zg'or yumushlari bilan band bo'ladigan ayol kichkintoyi xalaqit bennasligi uchun uni dadasi bilan sayr qilib kelishga yuboradi. Keling, yaxshisi hech qachon ado bo'lmaydigan va keyinga surib qo'ysa ham bo'ladigan yumushlami chetga yig'ishtirib qo'yingda, uchovlon sayrga otlaning! • Mening orzuim amalga oshadi • Velosiped va bolakayning rasmi chizilib, ustidan bo'yab tashlangan Qanday tushunmoq kerak? Farzandingiz o'z orzusi haqida aytishga istihola qilyapti yoki o'z orzusi ushalmasligiga amin.Qanday yordam ko'rsatsa bo'ladi?Uning orzulari to'g'risida suhbatlashib ko'ring. Nima uchun unga u yoki bu narsani olib berolmasligingizni aniq tushuntiring, uning qaysi orzusini ro'yobga chiqarishingizga kuchingiz yetishini o'ylab ko'ring . • • Ozg'in, nozik gavdaning ortiqcha detallarsiz tasviri Qanday tushunish kerak? Bolakay tushkunlikka tushib o'zini yolg'iz sezmoqda. Qanday yordam bersa bo'ladi? Unga ko'proq vaqt ajrating. Balki ish bilan ko'milib ketib u bilan gaplashib olishga, birga sayr qilishga yoki shunchaki uni bag'ringizga bosishga vaqt ajrata olmayotgandirsiz? Mansab ketidan quvishni to'xtatishning ayni vaqti hozir, ozroq kichkintoyingiz bilan dam olsangiz yaxshi bo'lardi. • • Ayol idish-tovoqlarni yuvmoqda, erkak kishi esa televizor tomosha qilayapti. Rasmda bolakay tasviri yo'q. Qanday tushunmoq kerak? Bolakay, dadasi har doim dam olishiga, onasining esa oshxona ishlaridan bo'shamasJigiga ko'nikib ketgan. Ota-onasining o'z farzandi tarbiyasi bilan shug'ullanishga vaqti yo'q. Qanday yordam ko'rsatsa bo'ladi? Vaqti-vaqti bilan tunnush o'rtog'ingiz bilan o'rin almashib turing. Hayotda boshqacha ham bo'lishi mumkinligini farzandingiz o'z ko'zi bilan ko'rsin. Shuni yodingizdan chiqannangki, hech bir uy-ro'zg'or yumushi bolangiz tarbiyasidan ustun bo'ioimaydi. • «Men juda ham uyatcban va nimjonman • • Oppoq qog'oz burcbagiga kiebik jussa rasmi chizilgan Qanday tushunish mumkin? Bolakay o'ziga tanish davrada ham o'zini noqulay sezadi, boshqalar bilan muomala qilishga ancha qiypaladi. Qanday yordam berish mumkin? Tarbiyachisi yoki o'qituvchisi bilan suhbatIashing. Farzandingiz o'zini qanday tutishi haqida surishtirib ko'ring. Farzandingiz uyatchanligi ustidan kulmang. Doimo uni maqtab, qo'lIab-quvvatlab turing . • «Men o'zimni idrok qila olmayman. • Xursand bolakay qog'ozga sig'may qolgan vagon ichida tasvirlangan.Qanday tushunish mumkin? Bolakay o'ziga ishongani bilan uning intizomi va his-tuyg'ularini jilovlay olish borasida muammolar mavjud.Qanday yordam ko'rsatsa bo'ladi? Farzandingiz biror-bir yumushni yoki rasmlarini bajarayotgan vaqti chalg'ib ketmasligini kuzatib boring. Agar uni tartib-intizomga o'rgatish qiyinchilik tug'dirayotgan bo'lsa, ruhshunosga murojaat eting.Ana shunaqa, aziz ota-onalar, farzandlaringizning har bir xatti-harakatini kuzatib, to'g'ri xulosa chiqarishga, ulami tushunishga harakat qiling. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish jarayonlari diagnostikasi 1. Idrok qilishni diagnostikalash metodlari1. Rasmda nima yetishmaydi? (l-rasm) Bu metodikada rasm ko'rsatilib nima yetishmasligi so'raladi va sekundlar bilan vaqt aniqlanadi. Vaqtga qarab esa ball aniqlanadi. 10 ball - 25 soniyada 7 ta buyum aytilsa 8-9 ball- ~6-30 soniyada 7 ta buyum aytilsa 6-7 ball- 31-35 soniyada 7 ta buyum aytilsa 4-5 ball - 36-40 soniyada 7 ta buyum aytilsa 2-3 ball- 41-45 soniyada 7 ta buyum aytilsa 1-rasm. 0-1 ball - 45 soniyada 7 ta buyum aytilsa Rivojlanish darajasi 10 ball - juda yuqori 8-9 ball - yuqori 4-7 ball - o'rta 2-3 ball - past 0-1 ball - juda past 2. Bu yerda nima tasvirlangan? (2-rasm). Bu metodikada bolaga yaxshilab tushuncha beriladi va ketma-ketlik bilan (a, b, v, e) ko'rsatiladi. Demak «(a»ni ko'rsatgandayoq bilsa to'liq ko'rsatiladi va vaqt belgilanadi. Agar bilmasa «(b» ko'rsatiladi va h.k. Natija quyidagicba aniqlanadi «(a» 10 soniyagacha, b (a+b), d(a+b+d) va h.k. 10 ball «(a» dan 10 soniyagacha 7-9 ball «(b» dan 11-20 soniyagacha 4-6 ball «(d» dan 21-30 soniyagacha 2-3 ball «(e» dan 30-40 soniyagacha 0-1 ball bilmasa Rivojlanish darajasi 10 ball - juda yuqori 8-9 ball - yuqori 2-3 ball - past 0-1 ball - juda past 3. Rasmda qanday buyumlar yashiringan? (3-rasm) Rasmni (I, 2, 3) ketma-ketIik bilan ko'rsatilib qanday buyumlar yashiringani so'raladi va natija aniqlanadi. Metodikani o'tkazishda rasmlar ketma-ketlik bilan, bittasini yechgandan so'ng keyingisiga o'tish lozim. Natijani baholash. 10 ball - 20 soniyada 14 ta buyumni topsa 8-9 ball - 21-30 soniyada 14 ta buyumni topsa 6-7 ball - 31-40 soniyada 14 ta buyumni topsa 4-5 ball - 4 I -50 soniyada 14 ta buyumni topsa 2-3 ball - 5 1-60 soniyada 14 ta buyumni topsa 0-1 ball - 61 soniyadan ko 'proq vaqtda 14 ta buyumni topsa Rivojlanish darajasi 10 ball - juda yuqori 8-9 ball - yuqori 4-7 ball - o'rta 2-3 ball - past 0-1 ball - juda past Diqqatni diagnostikalash metodlari 1. Izlab top va o'chir (4-5-rasmlar). Bu metodikada bolaga rasmni ko'rsatib quyidagi topshiriq beriladi: «(Biz sen bilan o'yin o'ynaymiz. Men senga biror buyumning aytaman va «(boshladib deyman. Sen uni topib o'chira boshlaysan,to'xtadib deyishim bilan to'xtaysan. Men boshqa buyumni aytaman va yana «boshladik» deyman. Sen yana topib o'chira boshlaysan,to'xtadib deyishim bilan to'xtaysan».Bunda 2, 5 minut davomida 5 marta (har 30 soniyada) «(boshladik»,«(to'xtadik» deyiladi va 2 ta buyum aytiladi (masalan, eniga yulduzcha,bo'yiga uy) Natijani aniqlash quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Bunda S - o'rganilayotgan diqqatning unumdorlik va barqarorlik darajasi. N - o'yin - o'rganish davomida bolaning rasmdagi ko'rsatgan buyumlar soni (hammasi) T - sarflangan ish vaqti n - xato (ya'ni aytilgan narsaning qolganlari, bola belgilamay ketganlari son i) Natija Pedagog va psixologlarning olib borgan tadqiqotlari o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy sharoitini ajratish imkonini beradi: O‘quv faoliyati shunday tashkil etilishi kerakki, bola unda faol ishtirok etsin, yangi bilimlarni mustaqil tarzda qidirishi va “topishi”ga undalishi lozim.O‘quv faoliyati turli xil bo‘lishi kerak. Bir xillikka ega bo‘lgan materiallar va bir xil usullar bolalarni tez zeriktirib qo‘yadi. Bola berilayotgan materiallarning kerakliligi va ahamiyatliligini tushunishi kerak. Yangi berilayotgan material ilgari o‘zlashtirilgan material bilan yaxshi bog‘langan bo‘lishi kerak.Juda yengil bo‘lgan va o‘ta murakkab material qiziqish uyg‘otmaydi. O‘quv topshiriqlari bog‘cha yoshidagi bolalar uchun qiyin, lekin imkoniyati yetadigan darajada bo‘lishi kerak.Bolaning barcha yutuqlarini ijobiy baholash lozim. Ijobiy baho bilishga nisbatan faollikni rag‘batlantiradi. O‘quv materiallari yorqin va emotsional bo‘lishi kerak. 10 ball - S=I, 25 ball 8-9 ball - S=1, 00 bandan 1, 25 ballgacha 6-7 ball - S=O, 75 bandan 1, 00 ballgacha 4-5 ball - S=O, 50 bandan 0, 75 ballgacha 2-3 ball - 5=0, 24 bandan 0, 50 ballgacha 0-1 ball - 5=0, 00 balldan 0, 24 ballgacha Diqqatning barqarorligi (rasmga qarang) 10 ball - hamma nuqta I-egri chiziq hududida 8-9 ball - hamma nuqta 2-egri chiziq hududida 6-7 ball - hamma nuqta 3-egri chiziq hududida 4-5 ball - hamma nuqta 4-egri chiziq hududida 2-3 ball - hamma nuqta 5-egri chiziq hududida 0-1 ball - hamma nuqta I-egri chiziq hududida Rivojlanish darajasi 10 ball - juda yuqori rivojlangan diqqatning unumdorligi va barqarorligiga ega 8-9 ball - yuqori rivojlangan diqqatning unumdorligi va barqarorligiga 4-7 ball - o'rta rivojlangan diqqatning unumdorligi va barqarorligiga ega. 2-3 ball - past rivojlangan diqqatning unumdorligi va barqarorligiga ega. 0-1 ball - juda past rivojlangan diqqatning unumdorligi va barqarorligiga ega