Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borishning mazmuni



Yüklə 43,61 Kb.
səhifə2/6
tarix02.01.2022
ölçüsü43,61 Kb.
#46426
1   2   3   4   5   6
bolalar nutqini o'stirish 3-seminar

o‘tish, kelish, ketish, kirish; qadam qo‘yish, qadam tashlab o‘tish; yugurish, chopish, yugurib boorish, sakrab-sakrab o‘tish,

tirmashib tushish va hokazolarni bilib oladilar va ularni o‘z

nutqlarida ishlatishga o‘rganadilar. Shunday qilib, bolalar

bog‘chasida lug‘at ishi turli xildagi vositalar yig‘indisining

bolalarga ta’sir etishi asosida amalga oshiriladi.


2.3.Ta’limiy (didaktik) o‘yinlarda lug‘at ishi

Ta’limiy o‘yinlar bolalar lug‘atini faollashtirishning asosiy

uslubiyotlaridan (metodlaridan) biridir.

Ta’limiy o‘yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi,

chunki unda bolalar mashg‘ulotlarda olgan bilimlaridan

foydalanadilar. Bolalarning aqliy faoliyatlarini kuchaytiradi, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlar uchun imkoniyatlar yaratib beradi.

Ta’limiy o‘yin bolalarning tevarak-atrof, ijtimoiy hayot

to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o‘z

shaxsiy tajribalari va mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini amalda

qo‘llay bilishga o‘rgatadi, fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy kuchlarini, sensor jarayonini rivojlantiradi, olgan bilimlarini

tartibga soladi. Har bir ta’limiy o‘yin o‘zining dastur mazmuniga ega. Bu “Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya dasturi”

da o‘z aksini topgan. Masalan:

1) buyumlar, ularning nomi, rangi, shakli, hajmi, sifati

to‘g‘risida bilimlar berish;

2) mehnatning har xil turlari va uning kishilar hayotidagi roli

to‘g‘risidagi bilimlar;

3) tabiat voqealari, narsalar, buyumlar, yil fasllari

to‘g‘risidagi bilimlar;

4) dastlabki matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik,

shakl, vaqt va fazoviy tushunchalar berish. Ta’limiy o‘yinlar,

ularning ta’lim-tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turlari har bir yosh

guruhining o‘ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga

olgan holda, bu o‘yinlarning tutgan o‘rni va vazifasi, mazmunli

o‘tkazish uslublari “Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi”da belgilab berilgan. Masalan, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan

bolalar bilan o‘tkaziladigan ta’limiy o‘yinlardan asosiy maqsad –bolalarni ranglarni bir-biridan farqlashga va nomini aytishga

o‘rgatish, har xil o‘lchamlarning (katta, kichik) shakllarini

bilishga, ko‘rib va eshitib idrok etish, diqqatni, mayda

harakatlarni o‘stirishga yordam beradigan, lug‘atini boyitadigan,

faollashtiradigan o‘yinlar o‘tkaziladi. Masalan, “Juft

kartochkalar”, “Kattalar va kichiklar”, “Qo‘g‘irchoqni sayrga olib chiqish uchun kiyintiramiz”, “Qo‘g‘irchoqni cho‘miltiramiz”, “Bu nimaning ovozi?”, “Xaltachada nima bor?” va boshqalar.

Ikkinchi kichik guruhda o‘tkaziladigan ta’limiy o‘yinlar

narsalarning rangini aytish va ularning rangiga qarab ajratishga,

katta-kichikligiga qarab farqlashga va nomlarini to‘g‘ri aytishga

o‘rgatish maqsadida o‘tkaziladi. Ushbu guruhda Y. I. Tixeyeva

tomonidan ishlab chiqilgan qo‘g‘irchoqlar bilan o‘tkaziladigan

ta’limiy o‘yinlar o‘tkaziladi. Masalan, “Qo‘g‘irchoqni

cho‘miltirish” (ustki va ichki kiyimlarning, cho‘miltirish uchun

zarur bo‘lgan buyumlarning nomlarini bilib olish uchun), ko‘rpa, yostiqlarni, harakat bilan bog‘liq so‘zlarni (to‘shak, ustini yopibqo‘yish, yotqizish va hokazolarni bilib olish uchun),

“Qo‘g‘irchoqni ovqatlantirish” (idish-tovoqlarni, harakatlarning

nomlarini bilib olish uchun), “Yangi qo‘g‘irchoqni kutib olish”

(kiyim-kechaklarning nomlarini mustahkamlash uchun).

O‘rta guruhda o‘tkaziladigan ta’limiy o‘yinlardan maqsad –

turli narsalar va ularni yasash uchun ishlatiladigan materiallarning

nomlari (yog‘och, temir, chinni, plastmassa) va ularning

xossalarini bilib olish, narsalarning tashqi ko‘rinishiga qarab birbiriga

taqqoslash, guruhlarga ajratishga o‘rgatish. Masalan,

“Kimda qanday buyum?”, “Yangi uyga ko‘chamiz”, “Nima

o‘zgardi, top” va boshqalar.

Katta guruhda esa ta’limiy o‘yinlar bolalarning

kuzatuvchanligini, narsalarni sinchiklay bilish, bir-biriga

taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni (rangi,

shakli, katta-kichikligi, materialini) aytib bera olish malakalarini

tarbiyalash. Biron hayvon, o‘simlik, transport haqida so‘ralganda

ularning nomini topa olish malakasini o‘stirish, buyumlarning

umumiy belgilariga qarab guruhlarga bo‘lish qobiliyatini

rivojlantirish, so‘z boyligini faollashtirish va to‘ldirish maqsadida

o‘tkaziladi. Masalan, “Shaklga qarab tanla”, “Kimga nima

kerak?”, “Yil fasllari”, “Kimga nechta?”, “Qizil, sariq, ko‘k

rangdagi narsalarning nomini atr”, “Tasvirga qarab top”, “Xarid

uchun do‘konga”, “Tez javob ber” va boshqalar.

Maktabga tayyorlov guruhida ta’limiy o‘yinlar bolalarda

kuzatuvchanlikni, ziyraklik, aqliy vazifalarni mustaqil hal qilish,

narsalarni turkumlarga (guruhlarga) ajratish, ranglar va ulardagi

nozik ayirmalarni bir-biridan farqlashga o‘rgatish maqsadida

o‘tkazish nazarda tutilgan. Masalan, “Dengiz to‘lqinlanmoqda”,

“Qora va oq”, “Qaysi narsani ko‘ngilda o‘ylab qo‘ydingiz”, “Har bir qushni o‘z joyiga”, “Likopchalarga piyolalarni tanla”, “Rangli loto”, “Buyumlarning rangini aniqlaymiz” va hokazolar.

Yuqorida bayon etilgan barcha guruhlardagi ta’limiy

o‘yinlarning dastur mazmuni va vazifalarini amalga oshirish

natijasida bolalar lug‘ati faollashtiriladi va to‘ldiriladi. Ta’limiy

o‘yinni maqsadga muvofiq tarzda o‘tkazishda tarbiyachi asosiy

o‘rin egallaydi. U o‘yin jarayonini jonli tashkil etishi, unga

bolalarni qiziqtira olishi kerak. Buning uchun oldindan kimdan

nima haqida so‘rashni belgilab oladi, o‘yinning yangi variantlarini kiritadi, nutqining rivojlanishi bo‘yicha kuchli va kuchsiz bolani juft qilib qo‘yadi, mashg‘ulotda hazil-mutoyibalardan, bolalarning faol harakat qilishlaridan foydalanadi. O‘yin sur’ati o‘rtacha bo‘ladi. Chunki bu o‘rgatuvchi o‘yin bo‘lib, bolalarning bilimlari va lug‘atlari mustahkamlanadi. Tarbiyachi oldindan belgilab

qo‘yilgan so‘zlarni faollashtirishga erishish maqsadida, bolalar

javobining aniqligiga diqqatni yo‘naltiradi. Ta’limiy o‘yinda

hamma bolalarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash mumkin

(o‘yin davomida jo‘r bo‘lib aytish, ashula aytib berish, buyum

haqidagi topishmoqni eslash kabi topshiriqlar berib boriladi).

O‘yin oxirida xulosa qilish, o‘yinni baholash shart emas.

Tarbiyachi shunday deyishi mumkin: “Kelgusi safar boshqa

o‘yinchoqlar bo‘ladi, balki bizning mashg‘ulotimizga ayiq

mehmon bo‘lib kelar”.

Lug‘at ishi uchun ushbu ta’limiy o‘yinlardan foydalanish

mumkin: “Top, nima o‘zgardi?” o‘yini. Bu o‘yinning bir qancha

variantlari mavjud. Bu topshiriqning murakkabligiga bog‘liq

bo‘ladi. 2 – 3 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinning oddiy

turida bolalar qarshisida turgan buyumlarga yangi buyumlar

qo‘shiladi; yana bir turida buyumlardan biri olib qo‘yiladi; ancha murakkab turida buyumlardan biri yangi buyum bilan

almashtiriladi yoki o‘rni almashtiriladi. Bu o‘yinda ot, son, sifat,

ravish qo‘shimchalari faollashtiriladi. Masalan, qalamlar qutida

edi, endi quti ustida; ikkita uzun tasmalar bor edi, endi bittasi

uzun, bittasi esa kalta, o‘ng tomondan quyon o‘tirgan edi, endi

qo‘g‘irchoq o‘tiribdi; qo‘g‘irchoq ro‘molda edi, endi do‘ppida. Bu o‘yinning asosiy vazifasi bolalar tomonidan beriladigan javob uchun aniq so‘zlarni tanlashdir. Shuning uchun tarbiyachi bu o‘yinda chegaralangan miqdordagi (2 tadan to 5 tagacha)

o‘yinchoqlardan foydalanadi va ozgina o‘zgartirish kiritadi (1 – 2 ta o‘yinchoqni).

Kimda qanday buyum?”. Bu o‘yin 5 – 7 yoshli bolalar

bilan o‘tkaziladi.




Yüklə 43,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin