Mavzu: Mamlakatimizdagi 2022-2026 yillardagi Taraqqiyot strategiyasi va unda investitsiya loyihalarining roli



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə14/15
tarix18.12.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#184357
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
otabek kurs

16) ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma’muriy ishlar boʻyicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam koʻrsatish tartibi joriy etiladi;
17) harakatlanish erkinligi cheklangan shaхslarni hisobga olish boʻyicha yagona onlayn elektron reyestr yuritilishi yoʻlga qoʻyiladi;
18) jazoni oʻtab boʻlgan fuqarolarning kelgusida jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga amaliy koʻmaklashish uchun “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimi joriy qilinadi.
 
Strategiya besh bosqichda amalga oshiriladi, ularning har biri aniq maqsadlardan iborat. Hammasi boʻlib 100 ta maqsad mavjud




II bob. Investitsiya loyihalarining roli
2.1.Investitsiya loyihalarining “100 ta maqsad” doirasida qo’llanishi
Investitsiya — umumjamiyat nuqtayi nazaridan muloqotimizda faol soʻz hisoblanmasa-da, aksariyatimiz mehnat faoliyatimiz, kasb-korimiz turidan qatʼi nazar, undan maʼlum maʼnoda foydalanamiz.
Investitsiyalar iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch sifatida uning oldinga siljishini taʼminlaydi, degan gʻoya har qanday iqtisodiy nazariyaning aksiomasi hisoblanadi. Har bir davlat, eng avvalo, moddiy ishlab chiqarish sohasiga ham mahalliy, ham xorijiy investorlarni jalb qilishga harakat qiladi. Shu maqsadda muayyan investitsiya siyosati ishlab chiqilib, amalga oshiriladi.
Yangi Oʻzbekistonda izchil amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar oqilona tarmoq, reproduktiv va hududiy mutanosibliklarga erishish, integratsiya jarayonini rivojlantirish, iqtisodiy oʻsishni taʼminlashni nazarda tutadi. Ularning butun majmuasini hal qilish tegishli investitsiya siyosatini amalga oshirish, investitsiya jarayonlarini tartibga solish va qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish bilan chambarchas bogʻliq.
Mamlakatimizda investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan katta ishlar qilindi va tizimli davom etayapti. Jumladan, qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushirildi. Xabaringiz bor, ilgari ushbu soliq stavkasi 20 foiz edi. Shuningdek, qoʻshilgan qiymat soligʻini eksportchi korxonalarga 7 kun ichida qaytarish joriy qilindi, soliq va bojxonada oʻzaro hisobga olish yoʻlga qoʻyildi. Shu paytgacha investorlar 2 ta alohida tizim orasida sarson edi.
Bundan tashqari, xorijiy investorlarning oʻz aksiyalaridan oladigan dividendlari uch yil muddatga soliqdan ozod qilindi, ular uchun foyda soligʻi 20 foizdan 12 foizga tushirildi.
Investorlar uchun zarur boʻlgan 7 mingdan ziyod xomashyo va tovarlarga bojxona bojlari bekor qilindi. Bojxona hududida qayta ishlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi.
Oʻzbekistonning Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki kabi yirik xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan yaqin hamkorligi tufayli 2022-yilda jami 11,9 milliard dollarlik xorijiy investitsiya oʻzlashtirilishiga erishildi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni ham yil sayin ortib bormoqda. Xususan, 2017-yilda ular soni 5,5 mingtani tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilda 15,8 mingtaga yetdi. Buning qariyb 6,5 mingtasi qoʻshma, 9 mingdan ortigʻi esa toʻliq xorijiy korxona hisoblanadi.
Oʻzbekiston har yili 4 milliard AQSH dollarigacha sarmoya kiritish imkoniyatiga ega ulkan bozor hisoblanadi. Shu oʻrinda turli sohalardagi hamkorlikning istiqbollari va ustuvor yoʻnalishlariga qisqacha toʻxtalib oʻtsak.
Birinchidan, bugungi kunda energetika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbolli hisoblanadi.
Ikkinchidan, Oʻzbekiston toʻqimachilik tarmogʻi, ayniqsa, tayyor mahsulot ishlab chiqarishning toʻliq sikliga ega korxonalarni rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlaydi.
Paxta tolasi yetishtirish boʻyicha jahonda yetakchi davlatlardan biri boʻlgan Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish uchun yuksak salohiyatga ega. Respublikada yiliga 3,5 million tonnaga yaqin paxta xomashyosi olinib, undan 1,3 million tonnagacha paxta tolasi olinadi. Keyingi yillarda sanoat ishlab chiqarishining yalpi hajmida toʻqimachilik sanoati mahsulotlarining ulushi 21 foizgacha oshdi. Yengil sanoat korxonalari paxta tolasining 27 foizini qayta ishlamoqda. Toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish dasturiga muvofiq, yaqin yillarda bu koʻrsatkichni 50 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Uchinchidan, moliya-bank sohalarida qoʻshma tuzilmalar, marketing, injiniring, lizing, auditorlik va sarmoyaviy kompaniyalarni tashkil etish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari katta.
Taʼkidlash joizki, samarali moliyaviy vositalarni ishlab chiqish moliya sohasida hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonning sugʻurta tavakkalchiligining yanada qulay toifaga oʻtkazilishi, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari boʻyicha sugʻurta kafolatlari limitining oshirilishi ham ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish uchun ragʻbat boʻladi.
Toʻrtinchidan, Oʻzbekiston meʼmoriy-tarixiy yodgorliklari, muqaddas qadamjolari, noyob tabiiy sharoiti, koʻplab milliy bogʻ va qoʻriqxonalari bilan turizm sohasida ulkan salohiyatga ega.
Beshinchidan, katta ishlab chiqarish xomashyosi va ilmiy-texnik salohiyatga ega kimyo sanoati respublika iqtisodiyotining yetakchi bazaviy tarmoqlaridan biridir. Mazkur tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulotlar kimyo, metallurgiya, oltin qazib olish, toʻqimachilik, yengil, oziq-ovqat sanoati, respublika qishloq xoʻjaligida keng qoʻllaniladi va eksportga ham joʻnatiladi.
Umuman olganda, xorijiy tajribadan koʻrish mumkinki, oʻtish davrida investitsiyalar nafaqat rekonstruksiya va taʼmirlash, balki yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishda ham eng muhim omilga aylanadi. Shu bois Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy kapitalni jalb qilish va ulardan foydalanish hozirgi bosqichda investitsiya jarayonining muhim qonuniyatiga aylanib bormoqda.
Oʻzbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish, jumladan, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish, milliy iqtisodiyotda tub tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish faol investitsiya siyosati bilan uzviy bogʻliq. Buning ahamiyati mamlakatimizning jahon bozoriga integratsiyalashuvi bilan yanada muhim ahamiyat kasb etadi.Shunday qilib, investitsiya qarorlarini qabul qilish kutilayotgan daromad va xavf nisbati tahliliga asoslanadi. Shuning uchun ham investitsiyalar mohiyatini aniqlashda ular har xil risklar va kutilayotgan daromadlar bilan bogʻliqligini doimo yodda tutish kerak.
Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, investitsiyalar barcha davlatlar, ayniqsa, Oʻzbekiston kabi jadal rivojlanish yoʻlidagi mamlakatlarning iqtisodiy barqarorlikka erishishida muhim omil sanaladi. Negaki, xorijiy sarmoyalar hisobiga yangi ishlab chiqarish quvvatlari va shunga mos ravishda yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi. Shu bilan birga, ilgʻor texnologiyalar, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etishning zamonaviy usullari kirib keladi.
Xorijiy investorlar korxonalarga nafaqat sarmoya kiritadi, ularni rekonstruksiya qiladi va texnik jihatdan qayta jihozlaydi, shu bilan birga, jahon bozorlariga ham yoʻl ochadi. Bu esa, oʻz navbatida, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlariga moslashuvini yaxshilaydi, ularning ishlab chiqarish va moliya-xoʻjalik faoliyatini zamon talablari darajasiga koʻtarishga yordam beradi.


Kelgusi besh yilda 120 mlrd AQSh dollari miqdorida, jumladan 70 mlrd dollar miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni jalb etish rejalashtirilgan.
Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga 14 mlrd AQSh dollarga teng investitsiya jalb etilishi kutilmoqda.
Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari o‘rtasida tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish nazarda tutilgan. Jumladan, Sirdaryo viloyatining XXR, Surxondaryo viloyatining RF, Jizzax viloyatining Hindiston biznes doiralari bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishi rejalashtirilgan.
Surxondaryo viloyatida «Investorlarga ko‘mak markazi», Navoiy viloyatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan «Biznesga ko‘maklashish markazi», Toshkent shahrida esa «Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi» va har bir tumanda tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatadigan «Innovatsiya va texnologiya markazlari» tashkil etiladi.
Poytaxtda har yili «Toshkent xalqaro investitsiya forumi» o‘tkaziladi.
Besh yilda fond bozori aylanmasini 200 mln AQSh dollaridan 7 mlrd AQSh dollariga yetkazish, tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026 yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizgacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

Respublikaning sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga yuqori texnologiyalarni keng joriy etish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish orqali hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, eksportni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, investitsiyalarni tizimli rejalashtirish va investitsiya loyihalarini samarali boshqarish maqsadida: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan shakllantirilgan, kelgusi besh yilda 70 milliard AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturi qabul qilindi.
Bu borada 2022-2026-yillarga mo’ljallangan Taraqqiyot Strategiyasida ham aynan bitta maqsadning shu sohaga aloqadorligi,Investitsiya sohasini rivojlantirish juda zarurligini isboti deb hisoblayman.(Izoh 2022-2026-yillarga mo’ljallangan Taraqqiyot Strategiyasi 26-maqsad)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-son qaroriga
1-ILOVA


Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin