Mavzu: Mamlakatimizdagi 2022-2026 yillardagi Taraqqiyot strategiyasi va unda investitsiya loyihalarining roli


— 2026-yillarda markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalarni o‘zlashtirishning yig‘ma maqsadli ko‘rsatkichlari



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə15/15
tarix18.12.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#184357
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
otabek kurs

2022 — 2026-yillarda markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalarni o‘zlashtirishning yig‘ma maqsadli ko‘rsatkichlari






















mlrd. so‘m

T/r

Moliyalashtirish manbalari

2022 — 2026-yillarda jami

shundan:

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil




Jami kapital qo‘yilmalar

2 025 200

298 772

346 848

400 318

457 659

521 603




shu jumladan:



















1.

Markazlashgan investitsiyalar:

344 309

50 767

61 480

72 378

76 106

83 579

1.1.

Budjet mablag‘lari

136 669

23 790

25 017

28 074

29 400

30 388

1.2.

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari (so‘mda)

17 614

1 613,2

3 100

3 450

4 514

4 937




mln. AQSh dollarida

1 352

142*

258

271

335

345

1.3.

O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar (so‘mda)

190 027

25 363

33 364

40 854

42 192

48 255




mln. AQSh dollarida

14 738

2 240

2 780

3 212

3 129

3 376

2.

Markazlashmagan investitsiyalar:

1 680 891

248 006

285 368

327 940

381 553

438 024

2.1.

Korxona mablag‘lari, shu jumladan, korxonalarning o‘z ixtiyorida qoldiriladigan soliqlar

478 234

69 433

76 926

92 465

110 384

129 026

2.2.

Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari

338 864

49 606

53 696

64 861

79 242

91 458

2.3.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar (so‘mda)

714 278

107 621

130 186

141 024

157 094

178 353




mln. AQSh dollarida

55 572

9 506

10 849

11 087

11 651

12 479

2.4.

Aholi mablag‘lari

149 515

21 346

24 560

29 590

34 833

39 187

* Bundan tashqari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 300 mln. dollarga teng mablag‘lari “Olmaliq KMK” AJning ustav jamg‘armasiga loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi
XULOSA


Xulosa sifatida aytib o‘tish mumkinki, davlatimiz rahbari tomondan mahalla instituti transformatsiya qilishga doir dadil tashabbuslar o‘zining chuqur ilmiy-nazariy asoslariga egadir. Ushbu islohotlar negizida turgan ijtimoiy-siyosiy kontekst – bu fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan ijtimoiy boshqaruv va jamoatchilik nazorati institutlarini har tomonlama kuchaytirishdir.
7 ta ustuvor yo‘nalishdagi masalalarni qamrab olgan taraqqiyot strategiyasi, unda ilgari surilgan taklif-tashabbuslarning ahamiyati va mohiyati haqida uzoq fikr yuritish mumkin. Endi bu boradagi vazifamizga keladigan bo‘lsak, Prezident nutqidagi g‘oya va vazifalarning mazmun-mohiyatini xalqimizga, keng jamoatchilikka yetkazishimiz, uni ro‘yobga chiqarishda har birimiz mas’ul ekanimizni tushuntirib berishimiz zarur.
Asosiysi, taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da mamlakatimizni rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida qariyb 100 ta maqsadlarga erishish nazarda tutilmoqda.
Oddiy qilib aytganda, fuqarolarni o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalar qay darajada samara va natija berayotgani mahallalarda yaqqol, aniq ko‘rinadi. Qonunlar, qaror, dasturlar va boshqa muhim hujjatlar ijrosi, ya’ni ro‘yobi oilalar, xonadonlarda sezilishi kerak.
Bu qanday amalga oshiriladi?
Bu savolga, keling, bir misol keltirib o‘tay. O’tgan yili xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashida hududdagi 16 ta shahar va tumanlardan 5 yo 6 nafarining hisobotini eshitdik. Ya’ni, hokimlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qilingan ishlar va galdagi rejalar bo‘yicha deputatlarga hisob berdi. Eshituvlar yakunida 2 nafar hokim hisoboti qaytarildi.
Xo‘sh, nega bunday bo‘ldi, dersiz? Negaki, keltirilgan raqamlardan, belgilangan dasturlar ijrosidan deputatlarimiz qoniqmadi, berilgan savollarga javoblar umumiy gaplar ekanligi sezilib qoldi. Keyin nima qildik? Hokimlar bilan birga hududdagi sektor rahbarlariga 3 oygacha muddat berdik.
Aytmoqchi bo‘lganim, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan taraqqiyot strategiyasida inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish birinchi yo‘nalish sifatida bejiz belgilanmagan. Qaysiki, deputatlar faol bo‘lsa, boshqa jamoat tuzilmalari ularga qarab andaza oladi. Jamiyat hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga harakat qiladi. Natijada ijroda qaysidir masala e’tibordan chetda qolishi yoki paysalga solinishi, balki qiyin bo‘lishining oldi olinadi.
Darvoqe, shu o‘rinda mahalliy Kengashlarning hududlardagi muammolarni hal qilishdagi o‘rni va roli haqida yana bir misolga to‘xtalmoqchiman. Albatta, "daftar"dagilarga ko‘maklashish va boshqa bir qancha masalalarda huquqiy asoslar yaratib berilgan. Ammo ayrim vazifa yoki muammolar borki, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal qilish Kengashlar vakolatiga kirmaydi. Oddiyroq aytganda, bu ishni qilish deputatlarni qo‘lidan kelmaydi.
Masalan, o‘tgan yili murojaatlar va mavjud sharoitdan kelib chiqib, hududdagi elektr ta’minoti masalasini o‘rganib chiqdik. Bunda bevosita viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga bog‘liq bo‘lmagan muammolar, qaysiki, ularning o‘zini ham qo‘li kaltalik qilayotgan jihatlar borligi aniqlandi.
Bu borada, tabiiyki, tegishli vazirlik va idoralarga Kengash so‘rovi chiqarildi. Tizim moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha viloyat budjetidan amalga oshiriladigan vazifalar chora-tadbirlari belgilandi.
Demak, deputatlar tashabbuskor bo‘lsa, bildirilgan ishonchga munosib harakat qilsa, joylardagi har qanday muammoning yechimini topish va eng muhimi, uni hal qilish mumkin.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Prezidentimiz butun davlat va jamiyat boshqaruvi tizimi imkoniyatlarini inson qadri uchun, degan ezgu maqsadga katta kuch hamda ishtiyoq bilan safarbar etmoqda. Bu tamoyil nafaqat joylardagi ijtimoiy muammolarni tizimli hal etishga, eng asosiysi, huquqlar va imkoniyatlar tengligiga real sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Asosiy vazifa esa uni amalda ijrosini ta’minlashda qolmoqda.
.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. Prezidentimizning “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraq­qiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni;

  2. “Yangi O‟zbekiston” taraqqiyot strategiyasi.

  3. “Harakatlar strategiyasi.

  4. Sh. Mirziyoyev: “Milliy taraqqiyot yo‟limizni qat‟iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko‟taramiz”. 2019y.

  5. Sh. Mirziyoyev: “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. 2019 y.

  6. Sh. Mirziyoyev: “Niyati ulug‟ xalqning ishi ham ulug‟, hayoti yorug‟ va kelajagi farovon bo‟ladi”. 2019 y.

  7. Sh. Mirziyoyev: “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari”. 2020 y.

  8. 2017-2021 yillarda O‟zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‟nalishi bo‟yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‟oyalar va texnologiyalarni qo‟llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oiddavlat Dasturi to‟g‟risida PF-5308-sonli Farmoni, 2018 yil 7 Yanvar

  9. Davlat xizmatlarini ko‟rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‟yicha qo‟shimcha chora-tadbirlar to‟g‟risida. PQ-3662-sonli. 2018 yil 11 Aprel

  10. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali

  11. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi

  12. www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi rasmiy sayti.

  13. www.cbu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.

  14. www.mineconomy.uz - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi rasmiy sayti

  15. www.mf.uz - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti

  16. www.norma.uz -O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi sayti

  17. www.adu.uz

  18. www.gazeta.uz

  19. www.soliq.uz

  20. www.daryo.uz


Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin