Birinchi omil: ushbu nom Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Agar Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilab olingan bo‘lsa, Taraqqiyot strategiyasida ham ushbu ustuvor yo‘nalishlar davomiyligi saqlab qolingan. Shu bilan bir qatorda, taraqqiyot o‘zgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan holda, Taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yo‘nalish qo‘shilyapti. Bulardan biri – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi – O‘zbekistonning dunyoda yuz berayotgan global muammolarga munosabati negizida belgilangan yangi ustuvor yo‘nalishdir. Shunday qilib, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida quyidagi yettita ustuvor yo‘nalish nazarda tutilgan: birinchi ustuvor yo‘nalish – inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; ikkinchi ustuvor yo‘nalish – mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; uchinchi ustuvor yo‘nalish – milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash; to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish – adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; beshinchi ustuvor yo‘nalish – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;