Zero, bu o‘rinda ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish, odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini o‘rganishda ijod ahli mehnatidan samarali foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Bularning barchasi, o‘z navbatida, yurtimizda ta’sirchan jamotchilik nazoratini o‘rnatishga xizmat qiladi. Ma’lumki, Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi o‘rni va ahamiyati qonunchilik negizida tubdan kuchaytirilgandi. Taraqqiyot strategiyasida ana shu tashkiliy-huquqiy asoslarni takomillashtirish ko‘zda tutilgani yangi davr talabidir. Shu nuqtai nazardan, Taraqqiyot strategiyasi loyihasining 83-maqsadi “Fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash” deb atalgani hamda unda bir qator muhim vazifalar ko‘zda tutilgani ham katta hamiyatga ega. Avvalambor, bu o‘rinda axborot sohasini tartibga solishga qaratilgan mavjud qonunlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot kodeksi shaklida unifikatsiya qilinishi haqida so‘z bormoqda. Shuningdek, fuqarolarning axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyati oshiriladi. Turli yosh toifasi uchun mo‘ljallangan o‘quv kurslari hamda onlayn dasturlar ommalashtiriladi. Xalq ta’limi va professional ta’lim tizimining tegishli darsliklariga media savodxonlik bo‘yicha mavzular joriy qilinadi. Shaxsiy va sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni internet tarmog‘ida oshkor qilish bilan bog‘liq daxlsizlik huquqlari buzilishining oldini olish ham ko‘zda tutilgan. Bunda Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning daxlsizlik huquqlari bilan bog‘liq moddalariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlanadi. O‘z navbatida, “Yo‘l xaritasi” 46-bandida qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirish haqida so‘z boradi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ushbu vazifaning asosiy ijrochilaridan biridir. Bunda, birinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha tegishli xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqish taqozo etiladi. Ikkinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv milliy mexanizmning qonuniy asoslarini rivojlantirish kerak bo‘ladi. Hamkor tashkilotlar bilan har ikki masala bo‘yicha, umuman, Taraqqqiyot strategiyasi ijrosi doirasida o‘zaro hamjihatlikda faol ish olib boramiz. Taraqqiyot strategiyasi loyihasining 19-maqsadi – advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirishdan iborat. Bunda: advokatura institutini to‘laqonli o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh
malakali kadrlarni jalb qilish; advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va institutsional asoslarini shakllantirish; advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish; bepul huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining xizmatlaridan ovoragarchiliksiz, shu jumladan masofadan turib va “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanishni ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Yana bir muhim jihat: Loyihaning 90-maqsadida BMT organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatni kuchaytirish haqida so‘z boradi. Ya’ni, O‘zbekistonni BMT tuzilmalari orqali dunyo hamjamiyatiga keng tanitish; O‘zbekiston rahbariyatining BMT doirasidagi tashabbuslarini amalga oshirishni ta’minlash; BMT va uning muassasalari bilan iqtisodiy-moliyaviy va konsultativ hamkorlikni rivojlantirish bunda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish; BMTning “Inson huquqlari yo‘lida harakatga da’vat” tashabbusini ilgari surish uchun barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish istiqbollari ko‘rsatib berilmoqda.
Muxtasar aytganda, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasi negizida bir qancha yangi dasturlar, yangi konsepsiyalar, yangi qonun hujjatlari qabul qilinishi nazarda tutilmoqda. Bu bilan mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik rivojlanishining keyingi bosqichida amalga oshiriladigan islohotlar keng qamrab olinmoqda.
Shunday ekan, Taraqqiyot strategiyasining tasdiqlanishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish hamda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ulkan maqsad va vazifalarimizga erishish imkonini beradi.Taraqqiyot strategiyasi loyihasi: Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishni qamrab oladi. Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi tayyorlandi. Loyihada mutlaqo yangi yondashuv qo‘llanilib, rejalashtirilgan islohotlar natijadorligini taraqqiyotning maqsadlariga erishganlik darajasi asosida baholash tizimi joriy etilmoqda. Qabul qilingan farmon loyihasi bo‘yicha 16,7 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Ularni har tomonlama ko‘rib chiqish yakuniga ko‘ra, hujjatga qariyb 100 ta konseptual hamda 200 dan ortiq aniqlashtiruvchi tahririy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Farmonda O‘zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida 100 ta maqsadlarga erishishga qaratilgan va 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 398 ta chora-tadbir nazarda tutilmoqda. Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga 2022 yilda umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi. 2022 yilning 26 yanvar sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi»ni amalga oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi haqida: «Hammangiz xabardorsiz, o‘tgan yili saylovoldi dasturi doirasida hududlarga tashriflarda «Inson qadri uchun» tamoyilini barcha islohotlarimizning bosh mezoni sifatida belgiladik. «Davlat – inson uchun» degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish maqsadida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini bevosita xalqimiz bilan maslahatlashib, odamlarimizning fikr va takliflari asosida ishlab chiqdik. Ushbu strategiyada: yaqin va o‘rta istiqbolda O‘zbekistonning taraqqiyot tendensiyalari qanday bo‘ladi? Kelgusidagi faoliyatimizni belgilaydigan aynan qaysi maqsad va vazifalar biz uchun eng dolzarb va ustuvor hisoblanadi? Davlat va jamiyat hayotining barcha jabha va yo‘nalishlarini kompleks rivojlantirish uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratishimiz kerak? Keyingi yillarda qabul qilingan qonun va qarorlarimiz, dastur va rejalarimizni yangi davrda qanday davom ettirishimiz, ularga qanday qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishimiz kerak, degan savollarga chuqur va atroflicha javob berilgan», - degan Prezident o‘z nutqida. Bunday muammolarni hal etishda kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish lozim. Bu esa, o‘z navbatida, kelajagimiz qiyofasini belgilaydigan global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish zarurligini anglatadi. Xulosa qilib aytganda, Yangi O‘zbekistonning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi» – inson qadrini ulug‘lashga xizmat qiladi. Mahalla katta ijtimoiy kuch sifatida shakllanishida jamoatchilik nazorati asosiy o‘rinni egallaydi. 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining birinchi maqsadi ham aynan mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish sifati belgilangani ham ushbu masalaning konseptual asoslarini mustahkamlaydi. Demak, kelgusi besh yilda mamlakatimizda amalga oshiriladigan siyosiy va ma’muriy islohotlarning markazida mahalla turadi va bu jarayonda jamoatchilik nazorati muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mahallaning jamoatchilik nazorati funksiyalariga to‘xtalib o‘tar ekan quyidagilarni ta’kidladi: “Islohotlarimiz natijalari, bo‘layotgan o‘zgarishlar va aholining kayfiyati, avvalo, mahallada seziladi. Shu ma’noda, “mahalla – yorug‘ yuzimiz va vijdonimiz ko‘zgusi”, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
Shuning uchun, barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi muammolarni o‘rganishi va ularga yechim topishi, odamlar sezadigan natija qilishi shart va zarur.” Davlatimiz rahbari qayd etib o‘tgan “vijdon ko‘zgusi” tushunchasi ostida inson qalbidagi ijtimoiy jarayonlarga baho berishning sub’ektiv va inson uchun eng adolatli munosabatni namoyon qiladigan, keng ma’noda – ijtimoiy bosqichda esa, butun jamiyatning toshu-tarozusi vazifasini bajaradigan jamoatchilik nazorati ma’nosini uqib olish mumkin. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy jarayonlarga munosabati, daxldorlik tuyg‘usi jamoatchilik nazorati timsolida namoyon bo‘ladi.
Mahalla qanchalik milliy va unikal tuzilma bo‘lmasin, u amalga oshiradigan vazifalar va xususan jamoatchilik nazorati universal tushuncha. Ya’ni, jamoatchilik nazoratining kelib chiqishi ancha uzoq tarixga borib taqaladi. Xususan, fuqarolarning faolligi va davlat boshqaruvidagi ishtiroki masalalari Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Alsher Navoiyning “Farhod va Shirin” va “Saddiy Iskandariy” dostonlarida qayd etib o‘tilgan. Hamma davrlarda ham podshohlarning sadoqatli vaziru-vuzarolari, yirik diniy va ilmiy arboblar ham boshqa qatlam vakillarining jamoatchilik ishlaridagi faolligi, buzilgan adolat tarozisini tiklash yo‘lidagi jasorati davlatlarning taraqqiyotiga xizmat qilgan. Demokratik liberalizmning otaxonlari – J.Lokk, T.Jefferson va Sh.Monteske asarlarida hozirgi klassik ma’nodagi davlat va jamiyat o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar haqidagi konsepsiyalar ilgari surildi. Xususan, ijtimoiy shartnoma g‘oyasining o‘zi jamoatchilik nazoratini falsafiy jihatdan asoslab bera olar edi. Chunki nazorat aynan sub’ektning ob’ekt faoliyati ustidan baholash va kuzatish jarayonidir. Bu o‘rinda jamoatchilik nazorati sub’ekti bo‘lgan jamiyat institutlarining davlat institutlari faoliyati ustidan nazorat qilishi haqida gap ketmoqda. Zero, hokimiyatning manbasi xalq ekanligi ayon bo‘lgandan keyingina jamoatchilik nazoratining ijtimoiy-falsafiy asosi paydo bo‘ldi. Insoniyat taraqqiyoti g‘oyalar va fikrlar taraqqiyotidir. Shu nuqtai nazardan ham XX asrga kelib dunyoning yetakchi qomusiy olimlari tomonidan huquq, siyosat va iqtisod sohasidagi o‘zgarishlardan kelib chiqib jamoatchilik nazoratini mazmun mohiyati va qamrovini kengaytirish bo‘yicha qator falsafiy konsepsiyalar ishlab chiqilgan va ularning ayrimlari o‘z davrida amaliyotga tatbiq qilingan.O‘zbekiston ham mahalla instituti tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunda ishtirok etish, o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat o'rganlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat o'rganlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Davlat o'rganlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.”
Bosh qomusda jamoatchilik nazoratiga aloqador quyidagi masalalar konseptual xususiyatga egadir. Birinchidan, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda bevosita va o‘z vakillari orqali ishtirok etishlari mumkinligi. Ma’lumki, har qanday huquqiy demokratik davlatda ham davlat boshqaruv organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida va ularni boshqarishdagi, ishtirok etishdagi farq yaqqol sezilib turadi. Hokimiyatning saylab qo‘yiladigan o'rganlari mahalliy kengashlar misolida olib qarasak fuqarolarning saylash va saylanish huquqi, deputatlarga murojaatlar yo‘llash va ularning faoliyatidan xabardor bo‘lish kabi masalalar bevosita davlat boshqaruvidagi ishtirokka misol bo‘la olsa, fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruvidagi ishtirok esa – kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalar hamda boshqa jamoat tashkilotlarini tuzish, ularning rahbar o'rganlarini saylash va saylanishda namoyon bo‘ladi. Mahalla esa, klassik ma’nodagi davlat jamiyati institutiga oid qator o‘ziga xos belgilarga ega. Shu bilan birgalikda mahallada qaror qabul qilishda keng jamoatchilik ishtirokining kuchli ekani, asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘lgan – ijtimoiy boshqaruv, jamoatchilik nazorati va kambag‘allikni qisqartirishdagi ishtirok masalalari esa ko‘proq fuqarolik jamiyati institutlariga xos bo‘lgan jihatlardir.
Ikkinchidan, davlat o'rganlarining faoliyatida ishtirok uning ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Demak, jamoatchilik nazorati davlat hokimiyati o'rganlari ustidan amalga oshiriladigan faoliyatdir. Bu esa mahallaning fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi ahamiyatini kuchaytirib yuboradi. Mahallada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy muammosi bu o‘rinda huquq falsafasi bilan uyg‘unlashib ketadi. Endi O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonuniga murojaat qilsak. Qonunning 3-moddasiga asosan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish o'rganlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub’ektlaridir. Demak, mahalla o‘zining barcha jamoatchilik tuzilmalari bilan birga davlat hokimiyati o'rganlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
1.2.Soliq va Iqtisodiyotdagi o’zgarishlar
Strategiya yo‘nalishlaridan biri soliq yukini YAIMga nisbatan 25%gacha kamaytirish, 120 mlrd dollar hajmidagi investitsiyalarni jalb etish, aholini ko‘chirishning umumiy sxemasini ishlab chiqish, eskirgan uy-joylar o‘rnida rekonstruksiya asosida zamonaviy massivlarni barpo etish va 275 ming oilani ko‘chirish, 2023 yilga qadar inflyatsiyani 5%gacha kamaytirish va boshqa ko‘plab maqsadlarni nazarda tutadi.
Hujjat bilan yettita ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga olgan «Harakatlar strategiyasidan — taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyili asosida ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirishga doir Davlat dasturi tasdiqlandi. Uchinchi yo‘nalish milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan.