Mavzu: Matematika fanini о‘qitishning metodlari va ularning klassifikatsiyasi



Yüklə 141,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix22.08.2022
ölçüsü141,5 Kb.
#63205
1   2   3   4
26-tema Lekciyası

Taqqoslash metodi.
О‘rganilayotgan matematik obyektdagi narsalarning о‘xshash va farqli 
tomonlarini aniqlovchi metod taqqoslash metodi deyiladi.
Taqqoslash metodini matematika darslarida о‘rganayotgan tema materiallariga 
tatbiq qilishda quyidagicha prinsiplarga amal qiladilar:
1. Taqqoslanayotgan matematik tushunchalar bir jinsli bо‘lishi kerak.
2. Taqqoslash о‘rganilayotgan matemati obyektdagi narsalarning asosiy 
xossalariga nisbatan bо‘lishi kerak.
Misol. Uchburchak figura bilan tо‘rtburchak figurasi taqqoslanganda ularning 
о‘xshash tomonlari: uchlari, burchaklari, ularning о‘zaro farqli tomonlari.
A.Uchburchakda uchta uch va uchtadan tomon.
V. Tо‘rtburchaklar tо‘rtta uch va tо‘rtta tomondan iborat.
Bu misolda taqqoslashning ikkita prinsipi ham bajarildi, ya’ni uchburchak va 
tо‘rtburchak figuralari bir jinsli tushunchalar bо‘lib, ikkalasi ham kо‘pburchakni 


xususiy hollaridir, hamda taqqoslash metodi ikkala figuraning asosiy xossalariga 
nisbatan amalga oshiriladi. 
Ta’rif.'>Analiz va sintez metodi.
Ta’rif. Noma’lumlardan ma’lumlarga tomon izlash metodi analiz deyiladi.
Analiz metodi orqali fikrlashda о‘quvchi quyidagi savolga javob berishi kerak. 
Izlanayotgan noma’lumni bilishi uchun nimalarni bilishi kerak.
Ta’rif. Ma’lumlardan noma’lumlarga tomon izlash metodi sintez deyiladi.
Sintez metodida biz berilganlarga asoslanib nimalarni topa olamiz degan 
savolga javob beradi. 
Umumlashtirish metodi.
Umumlashtirish tushunchasi ham matematikani о‘qitishdagi ilmiy izlanish 
metodlaridan biri bо‘lib, hisoblanadi. Umumlashtirish bu о‘rganilayotgan 
obyektlarning umumiy muhim temalarini ularning muhimmas tomonlaridan 
ajratishdan iborat.
Umumlashtirish shunday mantiqiy usulki, uning vositasi orqali birlik 
fikrlashlardan umumiy fikrlashlarga о‘tiladi. Maktab matematika kursida 
umumlashtirish tushunchasi quyidagicha tatbiq qilinadi.
1. Matematik tushunchalarni umumlashtirish.
2. Teoremalarni isbotlashda umumlashtirish
3. Misol va masalalarni yechishda umumlashtirish. 

Yüklə 141,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin