Abstraksiyalash metodi.
О‘qitish jarayonidagi ilmiy izlanish metodlaridan biri bu abstraksiyalashdir.
Abstraksiyalash о‘rganilayotgan obyektdagi narsalarning
muhim belgilarini sifat
yoki xususiyatlarini fikran ajratib olib ana shu belgi, sifat yoki xususiyatlarini
mustaqil fikr obyektiga aylantirishdan iborat tafakkur operatsiyasidir.
Misol. Bu metodni о‘qituvchilarga 3
5
15 misol orqali tushuntirish maqsadga
muvofiqdir. Bizga ma’lumki bu oddiy matematik
tenglikdir ammo u obyekt
olamdagi ma’lum bir qonuniyatlarni aks ettiradi. Agar biz 3
5
15 tenglikka
ma’lum bir shartlarni qо‘ysak, u holda bu tenglik quyidagi qonuniyatlarni
ifodalaydi.
Agar biz bu 3 sonini qalamlarning soni 5 sonini
har bir qalamning qiymati
desak, u holda 15 soni jami qalamlarning qiymati qancha turishini ifodalaydi. Agar
biz 3 sonini odamning piyoda yurgan vaqti, 5 sonini uning bir soatdagi tezligi
desak, u holda 15 soni piyoda odamning 3 soat ichida bosib о‘tgan yо‘lini
ifodalaydi. Bu misoldan kо‘rib turibdiki abstraksiyalash
usulida narsalarning
konkret holatidan о‘zoqlashib, ularning muhim belgilari haqidagi gap boradi.
Narsalarning turli kо‘rinishlari bо‘yicha fikr yuritiladi.
Matematika darslarida muammoli ta’lim
Umumta’lim maktablari jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayotdagi
muhim о‘zgarishlarga hamisha о‘z munosabatlarini bildirib keldi. Jamiyat
taraqqiyotining har bir davri uchun ta’lim nazariyasi rivojining ma’lum bir
mazmuniga mos keladi. Boshqacha qilib aytganda jamiyat taraqqiyotining har bir
bosqichiga mos ravishda о‘qitish
dasturining mazmuni, tarbiya prinsiplari, о‘quv
tarbiya jarayonini tashkil qilishning forma va metodlari mos qilib ishlab chiqiladi.
О‘tkazilgan eksperiment va kuzatishlar natijasida ta’lim jarayonida
о‘quvchilarning bilish faoliyati aktivlashtirish
hamda ularning intellektual
imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish umumiy qonuniyatlari ishlab
chiqiladi. Bu qonuniyatlar quyidagilardan iborat.
1. О‘rganilayotgan tema materiallari yuzasidan muammoli savollar sistemasini
tuzish.
2. Qо‘yilgan muammoli savollar sistemasi asosida suhbat metodi orqali
tushuntiriladigan mavzu materiallarini о‘rgatish va
uning tub mohiyatini ochib
berish.
3. Muammoli savol asosida izlanish xarakteridagi о‘quv vazifalarini qо‘yish.
Yuqoridagi bosqichlar asosida о‘quv materiali tushuntirilganda о‘quvchilar
о‘zlari darrov tushunib yetmaydigan fakt va tushunchalarga duch keladilar.
Natijada о‘rganilayotgan mavzu materiali bilan о‘quvchilar orasida muammoli
vaziyat hosil bо‘ladi.
О‘rganilayotgan obyekt (bilishga doir nazariy material yoki misol va masalalar)
bilan о‘rganuvchi subyekt (о‘quvchi) orasidagi о‘zaro xarakatlarining о‘ziga xos
bо‘lgan turiga muammoli vaziyat deyiladi.
Muammoli vaziyatning roli va ahamiyatini aniqlash о‘quvchilarning aktiv
fikrlash
faoliyatini psihologik, pedagogik qonuniyatlarini hisobga olish asosida
о‘quv jarayonini qayta qurish muammoli ta’limning asosiy g‘oyasini belgilab
beradi.
Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida hosil
qilingan dars jarayoni
muammoli ta’lim deyiladi.
Muammoli ta’limda о‘qituvchi faoliyati shundan iboratki, u zarur hollarda eng
murakkab tushunchalar mazmunni tushuntira borib о‘rganilayotgan tema materiali
bilan о‘quvchilar orasidagi muntazam ravishda muammoli vaziyatlar vujudga
keltirildi, о‘quvchilarni faktlardan xabardor qiladi, natijada о‘quvchilar bu faktlarni
analiz qilish asosida mustaqil ravishda xulosa chiqaradilar va umumlashtiradilar.