Mavzu: Matematika fanini о‘qitishning metodlari
va ularning klassifikatsiyasi
Reja:
1. Matematika fanini о‘rganish metodlari
2. Tajriba va kuzatish metodlari.
Matematika fanini о‘rganish metodlari
Metod sо‘zi grekcha sо‘z bо‘lib, ―yо‘l kо‘rsatish demakdir. Ta’lim metodi
tushunchasi esa xozirgi zamon metodiga va didaktik fanlardagi asosiy
tushunchalaridan biridir, ammo bu tushuncha yaqin vaqtlarga
qadar turli metodik
adabiyotlarda turli mazmunda qо‘llanib kelinar edi.
Hozirgi zamon didaktikasida, jumladan matematika о‘qitish
metodikasi
fanidan ta’lim metodning muammolari umumiy holda hal qilingan bо‘lib, u
о‘zining quyidagi ikki tomoni bilan xarakterlanadi.
A) о‘qitish (о‘qituvchining faoliyati);
V) о‘rganish (о‘qituvchilarning ongi bilan faoliyati);
Maktab
matematika
kursdagi
ta’lim
metodlarini
quyidagicha
klassifikatsiyalash mumkin.
1. Ilmiy izlanish metodlari (kо‘zatish, tajriba taqqoslash,
analiz va sintez,
umumlashtirish, abstraksiyalash konkretlashtirish va klassifikatsiyalash).
2. О‘qitish metodlari (evristik metod, dasturlashtirilgan ta’lim metodi,
muammoli ta’lim metodi, ma’ruza va suhbat metodlari).
3. Xulosa chiqarish metodlari (induksiya deduksiya va analiz).
Matematika о‘qitishda ilmiy izlanish va tadqiqot metodlari.
Bizga ma’lumki, matematika fanining о‘rganadigan obyekti materiyadagi
narsalarning fazoviy shakllari va ular orasidagi
miqdoriy munosabatlardan
iboratdir. Ana shu shakllar orasidagi miqdoriy munosabatlarni aniqlash jarayonida
matematiklar izlanishning ilmiy metodlaridan vosita sifatida foydalanadilar.
Matematikadagi izlanish uning ilmiy metodlari bir vaqtning о‘zida matematikani
о‘qitishdagi ilmiy izlanish metodlari vazifasini ham bajaradi. О‘qitishdagi
ilmiy
izlanish metodlari quyidagilardan iborat:
1. Tajriba va kuzatish.
2. Taqqoslash
3. Analiz va sintez
4. Umumlashtirish
5. Abstraksiyalash
6. Konkretlashtirish.
7. Klassifikatsiyalash.