Mavzu: media maydonda axborot tarqatish madaniyati



Yüklə 79,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix13.12.2023
ölçüsü79,01 Kb.
#175933
  1   2   3   4
Mavzu media maydonda axborot tarqatish madaniyati



4-MAVZU: MEDIA MAYDONDA AXBOROT TARQATISH 
MADANIYATI. 
Reja: 
1.
 
Axborotning ong va tafakkurga ruhiy ta`sir muammolari. 
2.
 
Vizual olamning ommaviyligi va jozibadorligi. 
3.
 
Axborot almashinuvining mexanizmlari v ava ilmiy nazariy asoslari. 
4.
 
Muloqot olamida muloqot, sevgi va nikoh munosabatlari. 
 
 
Bugungi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodning axborot madaniyatini 
shakllantirish kechiktirib bo’lmaydigan masalalardan biri hisoblanadi. Jamiyatni 
axborotlashtirish jarayonining o’zi, ko’pincha, sof texnologik jarayon sifatida 
baholanishiga qaramay, mazmun-mohiyatiga ko’ra chuqur ijtimoiy jarayon ham 
hisoblanadi. Chunki axborotlashtirish jamiyatning bir shakldan boshqa, ijtimoiy 
taraqqiyotning yanada yuqoriroq darajasiga ega bo’lgan shakliga o’tishni anglatadi 
hamda jamiyatning istiqboldagi xususiyatlarini belgilab beradi. 
Tashviqot, feyk axboroti, pranking, raqamli tajovuz, trolling va h.k. hodisalar 
oqibatida mediamakondagi buzilishlar tufayli jurnalistika sohasida hozirgi paytda 
inqiroz kuchayib bormoqda. “Ortiqcha axborot” “axborot mavhumligi”ni keltirib 
chiqarmoqda. Ushbu vositalar yordamida ong bilan manipulyatsiya qilish shunga 
olib keladiki, auditoriyaning “tanqidiy avtonomiyasi” mavjud emasligi tufayli 
dunyoda har qanday ma’lumotlarni “yutib yuborish” kuchaymoqda. 
1982 yilda YUNESKO Xalqaro Simpoziumida qabul qilingan Mediata’lim 
bo’yicha Gryunvald Deklaratsiyasida 19 ta a’zo mamlakat vakillari shunday deb 
ta’kidladi: “Axborot vositalarining muqarrar kuchini muhokama qilish yoki 
ma’qullash o’rniga biz uning hayotning barcha jabhalariga jiddiy ta’sir ko’rsatishi va 
singib borishini mavjud fakt sifatida tan olishimiz, shuningdek, ularning zamonaviy 
31 madaniyatning ajralmas elementi sifatidagi ahamiyatini hisobga olishimiz zarur. 
Siyosiy va ta’limiy dasturlar shuni tan olishi kerakki, fuqarolar tomonidan 
kommunikatsiya hodisasini tanqidiy anglashga ko’maklashish ularning majburiya- 
tini tashkil etadi... mediata’lim bo’yicha dalillar ongli fuqarolikni tayyorlash vositasi 
sifatida hozir muayyan ikkilanishlarga sabab bo’lsa, eng yaqin kelajakda, 
kommunikatsion texnologiyalarda sakrash ro’y bergach, ushbu dalillar muqarrar 
bo’lib qoladi”. Mediasavodxonlik konsepsiyalari rivojlanishi va zarurati munosabati 
bilan OAV vajurnalistikaning mediata’lim funksiyasi faol rivojlanmoqda. Bu 
ommaviy auditoriyaning 
mediakompetentligini 
oshirish, uning OAVdagi 
ma’lumotlarni mos ravishda qabul qilish, uni tahlil etish hamda axborot madaniyati 
me’yorlari va tamoyillariga mos keladigan ijtimoiy ahamiyatga ega mediamatnlarni 
yaratish layoqatini rivojlantirishdan iborat. Shu narsa oydinki, faqat boshqalar 
tomonidan yaratilgan ma’lumotlar va axborotlarni topish, tahlil qilish, ushbu 
ma’lumotlar va axborotlardan voqealar yaratish ko’nikmalariga ega jurnalistlargina 


o’z funksiyalarini bajara oladi. Ijtimoiy voqealar nimani anglatishini va o’quvchilar 
bunga tayyor bo’lish uchun nimalar qila olishini tahlil etadigan va bundan so’ng 
nimalar bo’lishini tushuntira oladigan jurnalistlargina auditoriyaga bilimli, hammaga 
tushunarli bo’lgan ma’lumotlarni yetkazishi mumkin. 
Har qanday jarayonning yaxshi va yomon tomonlari bo’lganidek, jamiyatni 
axborotlashtirishning ham ijobiy hamda salbiy jihatlari mavjud. Xususan, 
axborotlashtirish 
va 
istiqbolli 
axborot 
texnologiyalari 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligini hamda mehnat tejamkorligini oshirishni, ilmiy bilimlar va ilg’or 
texnologiyalar jamiyatda jadal tarqalishini, jamiyat intellektuallashuvi umumiy 
darajasini oshirishni ta’minlashi kabi ijobiy tomonlar bilan bir 


qatorda axborot makoni uchun kurash va insonga axborot-psixologik ta’sir 
ko’rsatishning avj olishi kabi alohida xavfni ham yuzaga keltiradi. 
Hozirgi kunda shaxs axborot psixologik xavfsizlikni ta’minlanganlik darajasini 
sotsiologik o’rganish, yangi konsepsiyalar bilan boyitish bugungi ijtimoiy 
taraqqiyot bosqichi uchun o’ta muhim vazifa hisoblanadi. Demak, hozirda har bir 
axborot chegara bilmaslik xususiyatiga ega ekan, ongi va dunyoqarashi 
shakllanayotgan yosh avlodning ma’naviy olami daxlsizligini asrash ko’pchilikni 
o’ylantirishi darkor. Internetni cheklab qo’yish yoki axborot olishni ta’qiqlash 
bilan muammo hal bo’lmaydi. 
Ma’lumki, hozirgi zamon yoshlarining hayotiy tushuncha va tasavvurlarini, 
asosan, internet shakllantirmoqda. Bu esa ta’lim-tarbiya muassasalarining ish 
faoliyatini qiyinlashtirib qo’ymoqda. Axborotning katta oqimi sharoitida inson 
o’zini erkin his eta olishi uchun axborot madaniyatiga ega bo’lishi kerak. Bu 
o’rinda axborot madaniyati deyilganda ta’lim, ilmiy bilish va faoliyatning boshqa 
turlari davomida yuzaga keladigan axborotga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga qa-
ratilgan bilimlar, o’quv va ko’nikmalarning tizimlashtirilgan yig’indisi tushuniladi. 
SHuning uchun ham mazkur muammo faqatgina ma’lum bir davlat chegaralaridan 
chiqib, global xarakterga ega bo’ldi. 
Axborotni tanlash va undan unumli, to’g’ri foydalanish esa insonning ong darajasi 
bilan bog’liq. Ong darajasi bilim darajasiga, bilim darajasi esa, o’z navbatida, 
borliqdagi voqea-hodisalar mazmun-mohiyati bilan mutanosib bo’lishi darkor. 
SHuning 
uchun, 
birinchi 
navbatda, 
axborot 
olayotgan 
kishi 
uni 
mutlaqlashtirmasdan, o’z shuuri darajasida tahlil qilib, so’ng qabul qilishi lozim. 
Zamonaviy jamiyatning farqli belgilaridan biri – bu o’sib kelayotgan yosh 
avlodni tevarak atrofda bo’layotgan o’zgarishlarga doimiy moslashtirib borish 
hisoblanadi. sivilizatsiyaning rivojlanishida uning asl mohiyatini oldin qanday 
bo’lganligi bilan taqqoslaymiz. Uning o’ziga xoslik belgilari uzluksizlik, 
shiddatlilik, global xarakterlilikdir. Axborotlashtirish asrida axborot xurujining avj 
olishi, ayniqsa, yoshlarda axborot olish madaniyati, o’qish madaniyatini 
shakllantirishni taqozo etadi. 
Mutaxassislarning ta’kidlashicha,1 bugun axborot shiddat bilan yangilanib, hajmi 
oshib bormoqda. Natijada, bilimning o’sish sur’ati ilgarilab ketmoqda. Amerikalik 
muhandis, matematik va birinchilardan bo’lib axborot nazariyasini yaratgan olim 
Klod Shennon axborotni 
«oydinlashtirilgan mavhumlik», – deya ta’riflagan. Buning ma’nosi shundan 
iboratki, axborotni qabul qilib inson yangi bilimlar bilan tanishadi, ilgari mavhum 
bo’lgan narsalarni anglaydi, savollariga javob topadi. Bu tugamas va doimiy 
jarayondir. 
Bugun kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ulkan hajmdagi axborot resurslaridan 
oqilona foydalanishda jamiyat va inson uchun axborot madaniyati fenomenining 
global ahamiyatini anglash talab etiladi. Axborot madaniyati fenomenining paydo 


bo’lishining asosiy faktorlari bu axborotlashtirish asriga o’tishning universal 
ijtimoiy muhim kategoriyalari, ya’ni axborot hajmining o’sishi, jamiyatni 
axborotlashtirish, texnika va texnologiyaning rivojlanishi, axborot jamiyatining 
shakllanishi kabilar. Axborot olish madaniyatiga ega bo’lish – bu har bir inson 
o’zligini anglashida o’z o’rni va vazifasini bilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan 
fazilatlarini keng ko’lamda ochib berishdagi jarayondir. 
Axborotlashgan 
jamiyatda 
kishilarning, 
xususan, 
yoshlarning 
axborot 
madaniyatiga, demakki, axborot almashinuvi madaniyatiga erishuvida axborot 
savodxonligi bosqichi borligini ham nazardan qochirmaslik zarur. Axborot 
savodxonligi «Axborotga bo’lgan ehtiyojni his qilish, uni topish, unga baho berish 
va undan samarali tarzda foydalanish» uchun kerak bo’ladigan malakalar to’plami 
sifatida ta’riflanadi. 


«Axborot savodxonligi» tushunchasini birinchi marta P.Zurkovskiy XX asrning 
70-yillarida ish va kundalik hayotdagi muammolarni hal qilishda axborot 
resurslaridan to’g’ri foydalana olgan insonga nisbatan ishlatgan. «Axborot 
resurslarini o’z hayot faoliyatida to’g’ri tatbiq qila olgan odamlarni axboriy-
savodxon deb atash mumkin» deydi. Keyingi o’n yilliklar davomida axborot 
savodxonligi AQSHning kundalik hayotida, maktabda, ish joylarida eng faol 
tushunchaga aylandi. Ushbu tushuncha evolyutsiyasiga rasmiy asos AQSH 
Prezidenti ma’muriyatining axborot savodxonligi to’g’risidagi hisoboti bo’ldi. 
Unga ko’ra «axboriy-savodxon inson deb axborotga talabni his qilgan, axborotni 
qidirish, baholash va to’g’ri qo’llay olishni bilgan shaxsni atash mumkin. Hozirgi 
kunda optimal qaror qila oladigan va demokratik jamiyatda to’liq qatnasha 
oladigan har qanday zamonaviy shaxs axboriy-savodxon inson bo’lishi kerak»5 
deyilgan. 
Axborot savodxonligi bo’yicha xorij mamlakatlariga nazar solinsa, AQSH 
kutubxonalar uyushmasida axborot savodxonligi masalasiga 1989 yildan buyon 
jiddiy etibor qaratib kelinadi. Bu yo’lda AQSH prezidenti huzurida maxsus ishchi 
guruh tuzilgan bo’lib, «Axborot savodxonligi» atamasi aynan mana shu ishchi 
guruh faoliyati natijasida paydo bo’lgan. Bundan tashqari, guruh axborot 
savodxonligi bo’yicha milliy forumning yaratilishiga sabab bo’lib, u o’z ichiga 
yigirma beshtadan ziyod turli tashkilot va muassasalarni birlashtirgan. 
Oxirgi bir necha yillar mobaynida umumiy axborot savodxonligini rivojlantirish 
lozimligi jamiyatimizda yoshlar bilan ishlashning asosiy tamoyillaridan biri bo’lib 
kelmoqda. Fikr yuritish va axborotni baholash yangi mazmundagi axborot 
savodxonligining markazidan o’rin olgan. 
Axborot savodxonligi bo’yicha xorijiy mamlakatlarda standartlar ishlab chiqilgan. 
Ushbu standartlarni 1998 yili Amerika maktab kutubxonalari uyushmasi va 
Ta’limiy kommunikatsiya vositalari va texnologiyalari uyushmasi joriy etilgan. 
Bular 
jumlasiga 
«Talabalarning ta’lim olishdagi axborot savodxonligi 
standartlari»ni kiritish mumkin. Unda 12 yillik ta’lim tizimida tahsil olayotgan 
o’quvchilar uchun o’rnatilgan axborot savodxonligi standartlari belgilab berilgan. 
Mazkur standartlar o’rniga «O’quvchilarni qo’llab-quvvatlash: maktab 
kutubxonalari dasturlari uchun yo’riqnomalar» deb nomlangan hujjat amalga 
kiritilgan bo’lib, unda kutubxonaning texnologiyalar, amaliy o’rganish va bilim 
olish dargohi sifatidagi ahamiyatiga alohida urg’u berilgan. Amerika Qo’shma 
SHtatlarida qabul qilingan «XXI asr talabasi uchun standartlar» deb nomlangan 
yo’riqnomada esa, talabalar malaka, manba va bilim olish vositalarini quyidagi 
maqsadlarga yo’naltirishi lozimligi belgilgan. Bular: ma’lumot izlash, tanqidiy 
o’ylash, bilim olish, xulosalar yasash, tegishli ma’lumotga asoslangan holda qaror 
qabul qilish, bilimni yangi vaziyatlarga yo’naltirish, yangi bilimlarni yaratish, bilim 
almashish va shaxsiy kamolot hamda estetik jihatdan o’sishga intilishdir. Mazkur 
standartlar oliy ta’lim sohasidagi axborot savodxonligi masalalariga bag’ishlangan 


bahs-munozalarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. 
Mazkur standartlar axborot savodxonligiga ega bo’lgan insonni quyidagicha 
ta’riflaydi: 

Yüklə 79,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin