Mavzu: media maydonda axborot tarqatish madaniyati


Oldingi an’anaviy jamiyatlarda, shuningdek



Yüklə 79,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü79,01 Kb.
#175933
1   2   3   4
Mavzu media maydonda axborot tarqatish madaniyati

Oldingi an’anaviy jamiyatlarda, shuningdek 
industrial jamiyatda ham mutolaa madaniyati axborot madaniyatiga nisbatan 
ustun mavqeda edi. Lekin postindustrial jamiyatning hosilasi bo’lgan 
axborotlashgan jamiyatga o’tilishi bilan axborot jamiyat va inson hayotining 
hamma sohalarida asosiy resursga aylangach, axborot madaniyatining 
ko’lami va mavqei ortgani aniq bo’lib qoldi. Endi axborot madaniyati tizim 
yasovchi kategoriya maqomiga ko’tarildi, mutolaa madaniyati esa shu 
tizimning ajralmas qismi sifatida jamiyat va inson hayotida o’rin tuta 
boshladi». 
Bugungi kunda axborot madaniyatini shakllantirish eng dolzarb 
masalalardan biri hisoblanadi, chunki, axborot oqimining jadal o’sib borishi, 
taqdim etilayotgan axborotlar orasidan kerakli, zaruriy va foydalilarini ajratib olish 
murakkab jarayondir. Buning uchun har bir shaxs mustaqil fikrga ega, 
dunyoqarashi keng, axborotlar ummonidan o’zi uchun kerakligini ajratib olish 
salohiyatiga ega bo’lishi lozim. Axborot madaniyatini shakllantirishning bir nechta 
bosqichlari mavjud bo’lib, ular orasida yuqorida ko’rib o’tganimiz «axborot 
savodxonligi»dan keyin eng muhimi bu kishilarning kitobxonlik madaniyatini 
yuksaltirishdir. 
Inernet bu – hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter 
tarmog’i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya’ni ongimizga 
mavhum bo’lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma’lumot 
beruvchi axborot manbaidir. 
Tabiyki, hozrgi kunda ushbu omilga bo’lgan 
ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo 
miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi 
matinlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada 
katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo’lsa-da, ammo ikkinchi tomondan 
insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda. Ayniqsa bu ta’sir 
doirasidan o’smir yoshlar ham yo’q emas. 
Bu borada mutahasislarning so’zlari quydagi natijalarni


isbotlamoqda: internet tarmog’idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga 
bog’liq muhim aniq dalillarga ega bo’lishida har tomonlama qulayligi va tegishli 
vaqt miqdorining tejalishiga olib kelishi kundek ravshan, lekin qiziquvchanlik 
sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma’lumotlarga haddan ziyod berilib 
ketishlaridir. Izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushoxada, taxlil qilish qobilyati 
va xotiraning o’tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo’lmoqda. Ma’lumki, 
Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo’lmagan va insonning o’z 
tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo’lishi kerakligi hamda undagi 
me’yor talablari, ya’ni Internet tarmog’idan axborotlarni to’g’ri tanlash har 
jihatdan o’rinlidir. Bundan ko’rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o’z ichiga 
qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko’p ekanligi gohida 
o’zimizga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik 
tug’dirmoqda. 
Barchamzga ma’lumki, Internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining 
o’rni beqiyos. 


O’zingizga kerakli barcha ma’lumotlarni shu kabi biron bir saytning “izlash” 
katakchasiga yozib, chiqarilgan ko’pgina ma’lumotlar ichidan o’zingizga 
keraklisini tanlab olaverasiz yoki ma’lum bir saytning manzili yodingizdan 
ko’tarildimi, yana o’sha qidiruv sistemalari yordamga keladigan saytga aloqador 
kalit so’zlarini terasiz va qarabsizki o’sha sayt qarshingizda namayon bo’ladi. 
Internet tarmog’ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan 
ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud. Yuqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil 
va umumiy ta’rif berishda ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini 
tushuntirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu kompaniya Internetdagi yetakchi 
qidiruv tizimi hisoblanadi, dunyo bo’ylab tarmoq foydalanuvchilarning o’ntadan 
yettitasi u yoki bu ma’lumotlarni topish ilinjida aynan mana shu saytga murojat 
qilishadi. Tizim har kuni 50 mlionga yaqin so’rovlarni qabul qiladi, sakkiz 
milyardlab veb-sahifalarni ideksatsiya qiladi. U 101 tildagi axborotni izlab topishi 
mumkin. Keyingi yillarda butun dunyo internet foydalanuvchilari orasida keng 
ommalashib borayotgan Google tizimi 1998 – yil sentyabrda ishga tushgan. 
Hozirda bu kompaniyaning qidiruv tizimlaridan tashqari yana bir qator foydali va 
qulay hizmatlari mavjud va ular soni ortib bormoqda. Darhaqiqat, hozirda nafaqat 
Internet tarmog’i vujudga kelganligi, bundan tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib 
keayotgan turli – tuman axborot texnologiyalar yosh avlodga ijobiy ta’sir 
kuchini o’tkazayotganligini bir tomondan quvonarli bo’lsa – da, ikkinchi 
tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni 
kuchaytirishga undaydi. Bugungi kunda xarbiy hizmatchilar radio–televideniye, 
matbuot Internet kabi vositalar orqali rang barang axborot va ma’lumotlarni 
olmoqda. Jaxon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir 
sharoitda xarbiylarimiz ongini o’rab – chirmab, uni o’qima, buni ko’rma deb bir 
tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan orab olish hech 
shubhasiz zamonning talabiga ham bizning ezgu 
maqsad 
– 
muddaolarimizga
xam to’g’ri 
kelmaydi. Nega deganda 
biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga 
qat’iy maqsad qilib qo’yganmiz va
bu 
yo’ldan hech qachon
qaytmaymiz. Binobarin, biz davlatimiz kelajagi o’z qobig’imizga o’ralib 
qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur 
o’zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan
mamlakatlar tajribasidan foydalanib, 
davlat va 
jamiyat 
boshqaruvini erkinlashtirish inson huquqi va erkinliklarini fikrlar rang – 
barangligini o’z hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz. Biz butun 
ma’rifatli xalqaro hamjamiyat bilan tinch – totuv, erkin va farovon hayot 
kechirish o’zaro manfaatli xamkorlik qilish tarafdorimiz. Xozirgi zamon axborot 
tizimi uning, juda keng imkoniyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, 
O’zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishning umumiy 
manfaat va umumiy taraqqiyot nuqtai nazaridan boshqaruv mexanizmini 


yaratish, uning moxiyati va unsurlarini chuqur anglash zarur bo’lib qolmoqda. 
Ana shu hayotiy extiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni 
ta’minlash tizimini yaratishning quydagi usullarini qo’llash 
madaniyatini zarur deb hisoblaymiz: 

Yüklə 79,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin