MAC tarkibini quyidagi asosiy tushunchalar tashkil etadi: – Media va Axborot savodxonlik;
– O’z fikrini erkin bayon etish savodxonligi
– Kutubxona va Yangiliklar savodxonligi;
– Kompyuter va Internet savodxonligi;
– Raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonlik;
– Kinosavodxonlik;
– Elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi;
MACning afzalliklaridan to’la- qonli foydalanish uchun quyidagi shart-sharoitlarni ta’minlash zarur: 1. Media va axborot savodxonligi yaxlit butunlik sifatida qabul qilinishi va o’z mazmunida kompetensiya(bilimlar, ko’nikmalar va malakalar)lar majmuini qamrab olishi;
2. MAS talaba-jurnalistlarni media va axborot kanallari bilan o’zaro hamkorlik qilishi uchun kasbiy savodxonlikni shakllantirishga maqsadli ravishda yo’naltirishi;
3. Bo’lajak jurnalistlar axborotni izlash, saralash, baholash va tarqatish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
“Axborot madaniyati” tushunchasi ikkita fundamental tushuncha: axborot va madaniyat tushunchalariga asoslanadi. Bundan kelib chiqib, bu tushunchani talqin qilishning “madaniyat” va “axborot” yondashuvlariga ajratib qarashlar mavjud.
Axborotlashgan jamiyat deganda – barcha faoliyat sohalariga intellektual mehnat quroli sifatida dunyoviy bilim manbalariga, kutubxonalariga kirish, ulardan samarali foydalanish, ixtiyoriy (qogozdagi, matn yoki tasvir ko’rinishidagi) axborotni juda qisqa muddat ichida qayta ishlash, jarayonlarni, voqealarni va hodisalarni modellashtirish imkonini beruvchi kompyuterlar va boshqa axborot texnika va texnologiyalar kiritilgan jamiyatni tushunamiz.
Axborot madaniyati – axborotlar bilan maqsadga intilib ishlashni bilish va axborotlarni olish uchun, qayta ishlash, kompyuterli informatsion texnologiyani va zamonaviy texnik vositalarni va usullarni qo’llashni anglatadi.
Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o’tgan yo’li. Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o’rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan.