Mehmonxonalarni tasniflash tartibi va loyihalanishi kurs ishi
1.2Dunyo yirik mexmonxonalari tasniflanishi Mehmonxona turli-tuman muhandislik uskunalari bilan jihozlanadi. Ularni ishlaydigan holatda saqlash tegishli texnologiyalar yordamida ta’minlanadi. Bunda xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilinishi kerak. Har xil shovqinlar, tebranishlar, etarli bo’lmagan yoki keragidan ortiq yoritish, issiqlik, namlik, binoda zararli moddalarning mavjudligi xodimlar va mijozlar sog’lig’iga ziyon etkazadi. Vodoprovod tarmog’i mehmonxona binosini ichimlik suvi va xo’jalik-maishiy ehtiyojlar uchun suv bilan ta’minlaydi. Ifloslangan suv kanalizatsiya sistemasiga tushib, oqib ketadi. Mehmonxonalar sovuq suv, issiq suv va yong’inni o’chirish uchun suv bilan ta’minlanadi. Mehmonxonalarga keluvchi suvning sifati va harorati mamlakat standarti talablariga mos kelishi kerak.
Suv sarfi sovuq va issiq suv bilan ta’minlash sistemalari uchun alohida hisoblanadi. Bitta mijozga bir kunda 300 litrgacha suv sarfi to’g’ri kelishi mumkin. Amaldagi suv sarfi shuningdek suv olish joylari (nomer fondi, kirxona, sauna, basseyn va b.)dagi suv sarfi bilan ham tavsiflanadi.
5Mehmonxonalarni isitish uchun suv, bug’ yoki havo bilan isitish har xil sistemalari qo’llanadi. Tabiiy va mexanik ventilyatsiya yo’li bilan mehmonxona xonalaridagi ifloslangan havo chiqarib yuboriladi va toza havo kiritiladi. Mehmonxonalarda havoni allergenlar va iflosliklardan tozalash, ichki iqlimni tartibga solish texnologiyalari qo’llaniladi.
Yoritish, isitish va boshqa shunga o’xshash maqsadlarda elektr energiya sarflanadi. Elektr ta’minoti tizimida ikkita alohida sxema – asosiy manbadan va zaxira manbadan tok bilan ta’minlash sxemalari nazarda tutiladi.
Yong’in signalizatsiyasi sistemasi harajatlari tunash qiymatining 1% ni tashkil qiladi. Mehmonxonada yong’in chiqishi sabablari xilma-xil: chekuvchilar (22, 5%), elektr jihozlarning nosozligi (19, 7%), texnikaning nosozligi (18%), oshxonada yong’in chiqishi (16, 3%). Chet elda o’tkazilgan tadqiqotlar yirik mehmonxonalarning atigi 26% da xonalarni yong’indan himoyalash tadbirlari to’la, 25% da esa - qisman bajarilishini ko’rsatdi. O’rtacha sig’imli mehmonxonalar uchun ushbu ko’rsatkich tegishincha 11 va 12% ni tashkil etadi. Yirik va o’rta mehmonxonalar uchun yong’in signalizatsiyasi avtomatlashtirilgan sistemasi yong’in haqida ogoh etuvchi birdan-bir ishonchli vosita hisoblanadi.
Mehmonxonaning yong’in signalizatsiyasi sistemasini yarim avtonom tarzda tashkil qilish tavsiya etiladi. Markazlashtirilgan qo’riqlash pultiga naqd pullarni vaqtinchalik saqlash xonalari, kassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalarida o’rnatilgan signalizatsiya kichik sistemasi haqida axborot keladi. qolgan barcha xonalar uchun avtonom signalizatsiya sistemasi amal qiladi.
Mehmonxonaga xabar berish sistemasi ko’p maqsadli audiosistema shaklida bo’ladi. Sistema funktsiyalariga quyidagilar kiradi: yuzaga kelgan favqulodda vaziyat haqida xodimlarga xabar berish; mikrofon orqali axborot berish yoki oldindan yozilgan axborotni eshittirish; yangiliklar va radiodasturlarni translyatsiya qilish. Mehmonxonalarning televizion sistemalari vazifasiga qarab kuzatish, qo’riqlash, axborot sistemalariga tasniflanadi. Televizion kuzatish sistemasi mehmonxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlarini nazorat qilish imkonini beradi. Mehmonxonaning mahalliy hisoblash tarmog’i biznes markazi va alohida xizmatlarni (ayniqsa, joylashtirish xizmatini) qo’llab-quvvatlash hisoblash tarmog’idan tashkil topadi. Mehmonxonaning hisoblash tarmog’i nomerlarni rezervlash va chiptalarni bronlash uchun mehmonxonalarning tarmoqlariga chiqish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Hozirgi zamon mehmonxonalarining me’morchilik echimi juda rang-barang: bir qavatli motellardan 88 qavatli osmon o’par binogacha, polineziyaliklarning turar joyi uslubida qurilgan kulbalardan hozirgi zamon me’morchiligining oynavand - beton majmualarigacha. Ayni paytda, zamirida iqtisodiy mulohazalar yotuvchi bir nechta asosiy texnik echimlarni qayd etish mumkin. O’rtasida lift joylashgan to’g’ri to’rburchak bino eng sodda echim hisoblanadi. Har bir qavatdagi lift maydonchalaridan binoning ikki tomoniga qarab uzun yo’lak ketgan, yo’lakning ikkala tomonida nomerlar joylashgan. Shahar markazida er maydoni qimmat turgan holda mehmonxona binosi yuqoriga qarab minora shaklida yuksalib boradi, bunda yo’lak uzunligi qisqaradi. Ba’zan u halqa shaklida bo’lib, uning ichida lift shaxtasi joylashadi.
Eski mehmonxonalarning binolari ko’pincha ichki hovlili «quduq» shaklida bo’lgan. Hovlida mehmonlarning ekipajlari turgan. Binoning bunday shaklida nomerlar bir qismining derazasi ichki hovliga qaragan. Bunday mehmonxonalarni keyinchalik rekonstruktsiya qilish jarayonida ichki hovli ko’pincha shaffof tom bilan to’silgan va atrium hosil qilingan.Kurort mehmonxonalari binosi o’ziga xos hususiyatga ega. Bunda derazasi dengizga qaragan nomerlarga mumkin qadar ko’proq ega bo’lishga harakat qilinadi. Shu maqsadda, agar joy relefi imkon bersa, mehmonxona binosi tog’ yon bag’ri bo’ylab dengizga tushib boradigan katta «pillapoyalar» shaklida quriladi. Shunda barcha nomerlar derazasi dengizga qaraydi. Tekis qirg’oqlarda uch qirrali yulduz shaklidagi (rejada) binolar ayniqsa ko’p quriladi. Har bir qirra bo’ylab yo’lak o’tadi, yo’lakning ikki tomonida nomerlar joylashadi. Bunday echimda nomerlarning uchdan ikki qismi dengizga qaraydi. Shuningdek saroy me’morchiligi namunalarini, chunonchi, Evropadagi ayrim hashamatli mehmonxonalarni ham qayd etish mumkin. Ular dastlab haqiqatda ham zodagonlarning saroyi bo’lgan va keyinchalik mehmonxonalarga aylantirilgan.Motellar ham o’z xususiyatlariga ega. Ularning aksariyati ikki qavatli bo’ladi. Bu juda qulay, chunki qimmatga tushadigan liftlar qurish talab etilmaydi. Ammo binoning o’zi ancha katta maydonni egallaydiki, bu ayni holda ahamiyatsiz, chunki motellar odatda er nisbatan arzon turadigan shahar tashqarisida joylashadi.
Mehmonxonalar qurilishi ko’p yillik amaliyotida bir nechta foydali tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ularning ayrimlarini sanab o’tamiz.
Mehmonxona o’z harajtlarini maqbul muddatlarda oqlashi uchun qurilish qiymatini nomerlar soniga bo’lganda ushbu nomer tarifidan ming baravardan ko’proq son chiqishi kerak. Bunda mehmonxonaning to’lish koeffitsienti kamida 75%, bank krediti uchun to’lanadigan foiz stavkasi esa – 12% gacha deb mo’ljallanadi. Mehmonxona ostidagi er qiymati qurilish qiymatining 20% dan oshmasligi kerak.Mehmonxona butun maydonining kamida 50% nomerlar fondiga to’g’ri kelishi lozim.Bir o’rinli nomerning minimal maydoni 10 m2 ni, ikki o’rinli nomerniki esa – 15 m2 ni tashkil etadi. Hozirda mehmonxona (uch-to’rt yulduzli) namunaviy nomerining maydoni 20-30 m2 ni, besh yulduzli mehmonxonalarda – 40 m2 va undan ko’proqni tashkil etadi. Nomerning ma’qul geometriyasi – minimal kengligi 3 m, tomonlarining o’zaro nisbati 2 1 bo’lgan to’g’ri to’rtburchak.
Hozirda nomerlarga qo’yiladigan karavotlar mo’’tadil ravishda qattiq va oyoqsiz bo’lgani ma’qul, chunki bu nomerni tozalash vaqtini qisqartiradi va pol usti qoplamasini tejash imkonini beradi. Restoran maydoni har o’ringa 1, 5-1, 8 m2 hisobidan, bar maydoni – har o’ringa 1, 3 m2 hisobidan, banket zalining maydoni – har o’ringa 1 m2 gacha, restoran oshxonasining maydoni – restorandagi har o’ringa 0, 9-1 m2 hisobidan belgilanadi. Oshxona maydonining taxminan yarmini omborxonalar egallaydi. Ma’muriyat egallaydigan maydon har nomerga 0, 3-0, 5 m2 hisobidan, nomer fondi xizmatining omborxonalari maydoni – har nomerga 1 m2 hisobidan, xodimlar uchun xonalar (oshxona, dushxona, garderob) maydoni – har nomerga 4 m2 hisobidan belgilanadi.
6Uch yulduzli mehmonxonada har 100 nomerga taxminan 80 xizmatchi bo’lishi kerak (to’rt va besh yulduzli mehmonxonalarda xizmatchilar soni nomerlar miqdoridan ikki baravar ko’p bo’lishi mumkin). Umumiy ovqatlanish xizmati daromadlariga nomer fondi daromadlarining nisbati 7020 dan (qo’shimcha xizmatlar yana 10% daromad beradi) 4060 gacha atrofida bo’ladi. Agar bir nomer boshqasidan qimmat tursa, birinchi nomer ikkinchisidan kamida 2-3 m2 katta bo’lishi kerak, aks holda mijoz farqni sezmasligi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, so’nggi paytda iqtisod (ekonom) toifali mehmonxonalar ancha keng tarqaldi. Ularda harajatlar (va, tegishincha, yashash uchun haq) mumkin qadar kamaytirilgan. Tabiiyki, mazkur mehmonxonalarda yuqorida keltirilgan barcha raqamlar ancha kamaytirilgan. Mehmonxonani loyihalashda, qoida tariqasida, bir nechta o’ziga xos muammolar vujudga keladi.
Mehmonxonaning oqilona hajmi. Bu masala hanuzgacha bahsli bo’lib qolayotir. Ayrim tadqiqotchilar 100-150 nomerli mehmonxonani, ayrimlar esa – 200-230 nomerli mehmonxonani oqilona deb ko’rsatadilar. Aksariyat mualliflarning fikricha, nomerlarning oqilona miqdori 400 tadan oshmaydi.
Nomer fondining tuzilishi, ya’ni bir o’rinli, ikki o’rinli nomerlar va lyukslar qancha bo’lishi kerakligi masalasi. O’z-o’zidan ravshanki, nomer fondining tuzilishi mehmonxona tipiga, uning darajasiga va u ishlayotgan bozor segmentiga bog’liq bo’ladi. Hozirda bir o’rinli nomerlar o’zini oqlamaydi – kichikroq maydonli nomerga bir kishilik emas, balki ikki kishilik karavot qo’yilgani ma’qul. Bu holat shu bilan izohlanadiki, nomer jihozlari qiymatining asosiy qismini hojatxona va vanna tashkil etadi. Ikki kishilik karavot bir kishilik karavotga solishtirganda jihozlar qiymatini uncha oshirmaydi, lekin ushbu nomerlarga nafaqat yakka mijozlarni, balki er-xotinlarni ham joylashtirish imkonini beradi. Bunda yashash uchun haq odatda 25% ga oshiriladi. Hatto past darajali kichik mehmonxonalarga ham o’ta shinam va qulay bo’lgan bir nechta nomer («lyuks», «prezident»)ga ega bo’lish tavsiya etiladi. Garchi bu nomerlarga talab uncha katta bo’lmasa-da, ular mazkur nomerlarda to’xtashi mumkin bo’lgan mashhur shaxslar hisobiga mehmonxona obro’sini oshirish imkonini beradi. qavatlilik va liftlarning o’tkazish qobiliyati. Ko’p qavatli konstruktsiyalar er maydonini (va, tegishincha, uning qiymatini) tejaydi, lekin qurilish qiymatini asosan liftlar hisobiga oshiradi. Liftlar – juda qimmat qurilma. Ammo ularda mablag’ni tejash navbatlar hosil bo’lishiga va mijozlar noroziligiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, shunday mijozlar ham borki, ular yong’in chiqqudek bo’lsa, pastga tushishga ulgurmay qolishidan qo’rqib, oltinchi qavatdan yuqoriga joylashishga ko’nmaydi.
Xavfsizlikni ta’minlash muammosi. Agar mijoz mehmonxonada o’zini xavfsiz his qilmasa, u bu erga boshqa kelmaydi. Mijoz nomerda o’zini xavfsiz his qilishi uchun mazkur nomer eshigi mustahkam va ishonchli bo’lishi (hech bo’lmasa shunday ko’rinishga ega bo’lishi), zanjirga qulflanishi, «ko’zcha» va ishonchli qulf bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Hozirda uch xil kalitli: mexanik, magnitli va elektron qulflar qo’llanadi. Ularning barchasi o’z yutuq va kamchiliklariga ega. Mexanik qulflar nisbatan arzon. Magnitli qulflar ularning kaliti yo’qolgan taqdirda qulfni qayta dasturlashtirish imkonini beradi (bunday holda mexanik qulfni almashtirishga to’g’ri keladi). Bundan tashqari, magnitli va elektron kalitli sistema nomerga kirgan barcha odamlarni qayd etish imkonini beradi (mehmonxona xodimlari tegishli kodli o’z kalitlariga ega bo’ladi). Magnitli kalitlarning kamchiligi shundaki, ular tasodifan magnitsizlanishi va natijada mijoz o’z nomeriga kirolmay qolishi mumkin. Bundan tashqari, qulf ishlashi uchun magnitli kartochka-kalitni qulf tirqishidan o’tkazish kerakki, bu yoshi o’tgan mijozlar uchun muayyan qiyinchilik tug’diradi.
Magnitli va elektron qulflar mehmonxonada qizg’in foydalanish hususiyatlaridan kelib chiqib yasalgan standart mexanik qismdan va qulf mexanizmini boshqaradigan elektron qismdan tashkil topadi. qulfning o’zi sifatli materialdan yasaladi. qulf qopqog’ini maxsus asbobsiz ochib bo’lmaydi.
Bunday qulflar kalitlarining quyidagi turlari farqlanadi:«smart» - karta;perforatsiya yoki shtrix - kodli karta;magnit chiziqli plastik kartochka (eng ko’p tarqalgan variant).
Magnitli yoki elektron qulflar o’rnatilgan mehmonxonaning ish jarayonini sodda qilib quyidagicha tavsiflash mumkin: mehmon joylashayotganida unga kodli kartochka beriladi. Ushbu kartochka yordamida mehmon o’ziga ajratilgan nomer eshigini faqat muayyan vaqt oralig’ida (mehmonxonada yashash vaqti mobaynida) ochib kira oladi. Ma’mur mehmonni ro’yxatga olishi jarayonida kodni dasturlashtirish amalga oshiriladi. Bunday karta ko’p marta qo’llaniladigan bo’lishi mumkin. Shunda u kodni ko’p karra qayta yozish imkonini beradi.
Elektron qulflarning maxfiylik darajasi ham ancha yuqori bo’ladi. Elektron qulfni yasama kalit bilan ochib bo’lmaydi, kodni yozib olish va undan nusxa ko’chirish esa – juda qiyin ish. Buning ustiga, kartochkada mehmonxona nomi va nomer raqami odatda ko’rsatilmaydi. Binobarin, elektron kalit yo’qolgan taqdirda ham mehmon o’z nomeriga birov ruxsatsiz kirishidan himoyalangan bo’ladi.
Bundan tashqari, elektron (magnitli) qulflar quyidagilarni ta’minlaydi:muayyan belgi (zona, qavat)ga ko’ra birlashtirilgan bir necha nomer eshigini bir karta bilan ochish;nomerga kirish uchun bir necha kartani dasturlashtirish (masalan, nomerga oila joylashganida);nomerdagi seyfni ochish uchun ayni shu kartadan foydalanish;nomerga kirishni nazorat qilish. qulf eshikning oxirgi 300 ochilishini eslab qoladi. Bu juda muhim, masalan, nomerdan o’g’rilik sodir etilgan taqdirda qonunbuzarni aniqlash uchun;ruxsatsiz joylashish ustidan nazorat. Agar mijoz mehmonlarni qabul qilish va joylashtirish dasturida ro’yxatga olingan bo’lmasa, uni dasturlashtirish mumkin emas;nomerda elektr energiyasi sarfi ustidan nazorat. Nomerda asosiy ulab-uzgich yoniga maxsus moslama o’rnatilgan bo’lib, nomerda chiroqlarni yoqishdan oldin kalitni ana shu moslama tirqishidan o’tkazish talab etiladi. Nomerdan ketayotganda mijoz kalitni o’zi bilan olib ketadi va oradan ma’lum vaqt o’tgach, nomerdagi chiroq o’z-o’zidan o’chadi;krediti tugagan mehmon uchun nomerga kirishni blokirovka qilish.
Ayni vaqtda keng tarqalgan qulflarning notarmoq turini o’rnatish yuqorida zikr etilgan imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi. Ushbu variantda har bir qulf individual moslama hisoblanadi va boshqa qulflarga yoki markaziy kompyuterga ulanmaydi. Ular o’rtasidagi aloqa ko’chma programmator orqali amalga oshiriladi.